Prezident hududlar rahbarlariga barcha qishloq xo‘jaligi tumanlari bo‘yicha yer kadastr hujjatlarini tayyorlab, Milliy geoaxborot tizimiga kiritish yuzasidan ko‘rsatma berdi. Endi hokimlarning yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlari mazkur geoaxborot tizimiga kiritilmagunicha haqiqiy hisoblanmaydi.
Germaniya kanslerining koronavirus ikkinchi to‘lqiniga munosabati, XVJ direktorining jahon iqtisodiyoti zarar ko‘rishi haqidagi bayonoti, Xiaomi`ning yangi Apple smartfoniga kulgili izohi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Farg‘ona viloyatida 17 oktyabrdan niqob taqmagan shaxslar kamera orqali aniqlanadi. Ushbu shaxslarga nisbatan bayonnoma tuzilib, jarima pochta orqali jo‘natiladi.
Rossiyaning «Gruppa GAZ» kompaniyasi O‘zbekistonda tijorat transport vositalarini yig‘ish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qiladi. Birinchi bosqichda yiliga 3000 tagacha avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Yevropa Ittifoqi muxolifatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishiga aloqador deb hisoblagan rossiyaliklarga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Sanksiyalar Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga sayohat qilishni taqiqlash va Yevropa banklaridagi moliyaviy aktivlarni muzlatish kabi cheklovlarni o‘z ichiga oladi.
DXM qaysi ma’lumotnomalar ko‘p so‘ralayotgani va qaysi davlat idoralari ularni talab etayotganini o‘rgandi. Monitoring natijasida ushbu hujjatlar asosan sog‘liqni saqlash, ichki ishlar organlariga ishga kirish hamda kredit olish uchun uchun so‘ralayotgani ma’lum bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Oqoltin tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan aholi o‘rtasida yurish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tajriba to‘g‘risida so‘zlab berdi. U sog‘lom turmush tarzi koronavirusga qarshi kurashda eng samarali yo‘l ekanini ma’lum qildi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Sadir Japarovni Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi.
«Men hokimiyatni ushlab turmayapman. Men Qirg‘iziston tarixida o‘z fuqarolari qonini to‘kib, ularga o‘q uzgan prezident sifatida qolishni istamayman». Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishini e’lon qildi.
Davlat statistika qo‘mitasi saytida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning rahbari va ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Qo‘mita saytning yangilanayotganligi va nosozliklar tuzatilganligini ma’lum qildi.
Prezident eksport bo‘yicha tashabbus va takliflar yetishmayotgani uchun viloyatlar va tarmoqlar rahbarlarini tanqid qildi. «Uch oy vaqt qoldi yil yakunigacha. Eksport kerak. Qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham mahsulotlarni jo‘natishimiz kerak», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Transport vazirligi Toshkent shahri uchun 300 dona elektrobus sotib olishni taklif qildi. 3 yil davomida xarid qilinadigan transportlarning umumiy qiymati 1 trln so‘m atrofida bo‘ladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘z xodimlarining poytaxtdagi «Interkontinental» mehmonxonasida yashashi uchun 2 mlrd so‘m to‘ladi. Vazirning birinchi o‘rinbosari to‘lov byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmaganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 62 mingdan, sog‘aygan bemorlar soni 59 mingdan oshdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar bo‘yicha rasmiy ko‘rsatkich esa 514 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda XXR raisi Si Szinpinning bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Yil oxiriga qadar Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreya prezidenti bilan onlayn sammit o‘tkazilishi ham rejalashtirilmoqda.
TDPU rektori Alisher Umarov sud qarori ijrosini ta’minlamagani uchun BHMning 10 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Unga noqonuniy ishdan bo‘shatilgan kafedra mudirini lavozimiga qayta tiklash yuklatilgan edi.
Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tgani, Xitoy iqtisodiyotining yangi rekordi, Nursultonda yangi karantin choralari va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkent kengaygani sari zavod va fabrikalarni chekka hududlarga ko‘chirish zarurati paydo bo‘ladi. Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayevning fikricha, Sirdaryo ushbu korxonalarni qabul qilish uchun eng qulay joy. Shuningdek, u Sirdaryoni «ikkinchi Amerika» deb atash bilan nimani nazarda tutganini aytib o‘tdi.
O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘qitish sifatini baholashga muqobil shakllarni tatbiq etish maqsadida «Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi» nodavlat ta’lim tashkiloti tashkil etiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha izoh berar ekan, o‘z harakatlarini tan oldi. U audioyozuvdagi gaplar tadbirkorga ortiqcha to‘langan QQS o‘z vaqtida to‘lanmagani va asossiz ravishda xisob raqami band qilinib, undagi mablag‘lar undirilmoqchi bo‘lgani uchun aytilganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting