Senatning sakkizinchi yalpi majlisida Boriy Alixonov Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasiga, Narimon Umarov esa Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga rais bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov prezident taqdimnomasiga ko‘ra Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosarligiga saylandi.
Boriy Alixonov va Narimon Umarovning deputatlik vakolatlari tugatilib, prezident farmoniga asosan Senat a’zolari ro‘yxatiga kiritildi.
Qamchiq dovonida Toshkentga qarab harakatlanayotgan Damas va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Tan jarohati olgan ikki haydovchi ham shifoxonaga yetkazilgan.
Maktablarda ona tili soatlari ko‘paytiriladi hamda mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslardan o‘zbek tilini bilish sertifikati talab etiladi
BAA va Isroil o‘rtasidagi vizasiz rejim, koronavirusga qarshi antitanalarni ishlab chiqarishni to‘xtatadigan omillar, Gretsiya va Turkiya chegarasida devor qurilishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident farmoni bilan 2020−2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.
G‘allaorolda 21 yoshli yigit yarim tunda bankomatni tunamoqchi bo‘ldi. U bankomat xonasidan chiqmay turib Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Kennet Makkenzini qabul qildi
Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘z fuqarolari uchun vizasiz sayohat tizimini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishib olishdi.
Senat 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan sakkizinchi yalpi majlisda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunlarni, Ma’muriy kodeksga va ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida va boshqa qonun hujjatlarini ko‘rib chiqadi
Jinoyat-protsessual kodeksiga Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv instituti tashkil etilishi munosobati bilan yangi bob kiritilishi kutilmoqda. Dastlabki eshituv sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida o‘tkaziladi.
Shavkat Mirziyoyev mahalliy kengashlardan byudjet pullarining sarflanishi, korrupsiya, tenderlarning o‘tkazilishiga bee’tibor bo‘lmaslikni so‘radi. Prezident byudjetni shakllantirish uchun mahalliy kengash vakolatlarini «xalq pullarini boshqarish nuqtai nazaridan» kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ikkinchi oy ketma-ket kamayib, hozirda 33,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Agar avgust oyida zaxiradagi pasayish oltinni sotish bilan bog‘liq bo‘lsa, hozirda bu asosan valyutaga bog‘liq.
Navoiy viloyati Konimex tumanidagi bolalar bog‘chasining yorilgan devori 4 mlrd so‘mga qurilgan yangi binoning ichki qismi ekani tasdiqlandi. Viloyat hokimligining maxsus komissiyasi esa ochilishdan oldin binoni qabul qilib olgan.
Prezident administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, 20 ga yaqin vazirlik va idoralar ishtirokida Farg‘ona viloyati aholisi uchun sayyor qabullar tashkil etildi. Qabullar davomida ichki ishlar faoliyatiga oid, sud qarorlari yuzasidan va prokuratura organlariga eng ko‘p murojaat kelib tushdi.
Qish mavsumi yaqinlashgani sari yurtimizning turli hududlarida is gazidan zaharlanish, hattoki o‘lim holatlari ko‘payadi. Is gazi nima, undan qanday saqlanish mumkin, qish arafasida xonadonlarda qanday ehtiyot choralari ko‘rilishi kerak — «Gazeta.uz» yurtdoshlarimizni ogohlantiradi.
Yevropa mamlakatlarida COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘payib borayotgani sababli karantin cheklovlari kuchaytirilmoqda. Ispaniyada butun boshli viloyat ikki haftaga yopiladi, Fransiya va Belgiyada favqulodda holat joriy etildi.
E’tiqodiga ko‘ra ayol kishining qo‘lini siqib qo‘yishdan bosh tortgan livanlik erkakning Germaniya fuqaroligini olish arizasi rad etildi. Sud uning bunday harakatini mamlakatda yashash sharoitlariga moslasha olmasligi bilan izohladi.
Jomboy tumanida Lacetti yo‘ldan burilib olmoqchi bo‘lgan yuk mashinasiga borib urildi. Yengil mashina haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga tushdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting