Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Jahon oziq-ovqat dasturiga berildi
9 oktabr 2020, 16:21

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Jahon oziq-ovqat dasturiga berildi

Tinchlik bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti BMTning Jahon oziq-ovqat dasturiga ochlik bilan kurashish borasidagi sa’y-harakatlari uchun berildi.

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Qirg‘iziston bo‘yicha bayonot berdi
9 oktabr 2020, 16:05

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Qirg‘iziston bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari qo‘shma bayonotida Qirg‘iziston xalqini mamlakatda tinchlikni saqlash va barqarorlikni tiklash uchun o‘ziga xos donolikni namoyon etishga chaqirib, barcha siyosiy partiyalari va jamoatchilik doiralari tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash uchun zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirishiga umid bildirdilar.

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi
9 oktabr 2020, 15:37

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

Dam olish kunlari salqin havo saqlanib turadi, 10 oktyabr kuni kunduz havo harorati 13−17 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Farg‘ona vodiysi joylarda, tog‘ va tog‘oldi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi.

Qirg‘iziston hukumati va bosh vaziri iste’foga chiqarildi
9 oktabr 2020, 14:18

Qirg‘iziston hukumati va bosh vaziri iste’foga chiqarildi

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bosh vazir Kubatbek Boronovning iste’fosini qabul qildi. Bu hukumatning ham iste’foga chiqarilganini anglatadi, ammo hukumat yangi bosh vazir jamoa shakllantirmaguncha ishlashda davom etadi.

Akademik Tursunboy Rashidov vafot etdi
9 oktabr 2020, 13:44

Akademik Tursunboy Rashidov vafot etdi

Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi sohasidagi atoqli olim, Fanlar akademiyasi akademigi Tursunboy Rashidov 86 yoshida vafot etdi.

TATU va TMIga yangi rektorlar tayinlandi
9 oktabr 2020, 13:27

TATU va TMIga yangi rektorlar tayinlandi

Prezident va maxsus maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Sarvar Boboxo‘jayev Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga rektor etib tayinlandi. TATUning sobiq rektori To‘lqin Teshaboyev esa Toshkent moliya instituti rektori lavozimini egalladi.

Ayollar va yoshlarning kasbiy ta’limiga davlat tomonidan mablag‘ ajratiladi
9 oktabr 2020, 11:49

Ayollar va yoshlarning kasbiy ta’limiga davlat tomonidan mablag‘ ajratiladi

«Ijtimoiy shartnoma» orqali nodavlat kasb-hunar o‘quv kurslarini bitiradigan yoshlar va ayollarga ta’lim xarajatlari uchun 1 million so‘mgacha subsidiya beriladi. O‘quv kurslarini tamomlab, sertifikat olganlarga imtiyozli kreditlar ajratish uchun 90 mln dollar ajratiladi.

Shahlo Turdiqulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
9 oktabr 2020, 11:40

Shahlo Turdiqulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori lavozimida ishlab kelgan Shahlo Turdiqulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Sooronbay Jeenbekov mamlakat qonuniylik yo‘liga qaytishi bilanoq iste’foga chiqishga tayyor
9 oktabr 2020, 11:33

Sooronbay Jeenbekov mamlakat qonuniylik yo‘liga qaytishi bilanoq iste’foga chiqishga tayyor

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov qirg‘iz xalqiga navbatdagi murojaatida ijro hokimiyatining qonuniy rahbarlari tasdiqlanib, mamlakat qonuniylik yo‘liga qaytishi bilanoq iste’foga chiqishga tayyorligini bildirdi.

Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi
9 oktabr 2020, 10:21

Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Namangan viloyati prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi. Namangan viloyati prokuraturasini esa endilikda Jahongir Hotamov boshqaradi.

«Remdesevir» va «Inflyuvak» dorilarining chakana narxlari e’lon qilindi
8 oktabr 2020, 23:57

«Remdesevir» va «Inflyuvak» dorilarining chakana narxlari e’lon qilindi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi virusga qarshi «Remdesevir» va grippga qarshi «Inflyuvak» dorilarining eng past, o‘rtacha va eng baland chakana narxlarini e’lon qildi.

Kanada kompaniyasi Gazli konlariga 1 mlrd dollardan ortiq investitsiya ajratadi
8 oktabr 2020, 23:29

Kanada kompaniyasi Gazli konlariga 1 mlrd dollardan ortiq investitsiya ajratadi

Kanadaning Condor Petroleum kompaniyasi Buxoro viloyatidagi gaz konlari ekspluatatsiyasi uchun 1 mlrd dollardan ortiq miqdorda investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.

Oliy ma’lumot talab qilinadigan kasblar soni qisqartiriladi
8 oktabr 2020, 23:26

Oliy ma’lumot talab qilinadigan kasblar soni qisqartiriladi

Prezident Kasb va lavozimlar klassifikatorida oliy ma’lumot talab qiladigan mutaxassisliklar va lavozimlarni qisqartirish vazifasini qo‘ydi. Hozirda 2484 ta xizmatchi lavozimi bo‘yicha oliy ma’lumot talab etiladi.

Toshkentda zo‘ravon er xotiniga bolasining najosatini majburlab yedirdi
8 oktabr 2020, 20:14

Toshkentda zo‘ravon er xotiniga bolasining najosatini majburlab yedirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 46 yoshli er xotiniga bolasining najosatini majburlab yedirgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent IIBB erkakning qo‘lga olingani va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
8 oktabr 2020, 19:15

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali muloqotda Qirg‘iz Respublikasidagi voqealar rivojiga to‘xtalib, ushbu mamlakatdagi vaziyat tez fursatda barqarorlashishi zarurligini qayd etdi.

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojsiz me’yor 200 dollargacha kamayishi mumkin
8 oktabr 2020, 18:11

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojsiz me’yor 200 dollargacha kamayishi mumkin

Moliya vazirligi 2021 yil yanvaridan boshlab fuqarolar uchun kuryerlik jo‘natmalarini bojsiz olib kirish me’yorini har chorakda 1000 dollardan 200 dollargacha va 10 kg gacha kamaytirishni taklif qildi.

Samarqandda 15 kishi ehtiborsizlik oqibatida ovqatdan zaharlandi
8 oktabr 2020, 18:02

Samarqandda 15 kishi ehtiborsizlik oqibatida ovqatdan zaharlandi

Samarqandda xonadonlardan birida tuz o‘rniga natriy nitrat sepilgan tovuq kabobni iste’mol qilgan 15 kishi zaharlandi.

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati e’lon qilindi
8 oktabr 2020, 16:57

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati e’lon qilindi

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik shoira Luiza Glyukka topshirildi.

Jismoniy shaxslarga taksi xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berish taklif qilindi
8 oktabr 2020, 16:35

Jismoniy shaxslarga taksi xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berish taklif qilindi

Moliya vazirligi 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida taksi xizmatini ko‘rsatishga ruxsat berishni taklif qildi. Mobil ilovalardan foydalanilganda daromad solig‘i stavkasi 50% ga kamayishi mumkin.

Tergov departamenti Navoiydagi «samosud» yuzasidan ma’lumot berdi
8 oktabr 2020, 16:30

Tergov departamenti Navoiydagi «samosud» yuzasidan ma’lumot berdi

IIV huzuridagi Tergov departamenti fuqaroni arqon bilan bog‘lagan holda traktor tirkamasida majburiy ravishda olib ketayotganligi aks etgan, Navoiydagi «samosud» videosi haqida ma’lumot berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting