«Dori-darmon» Rossiyaning grippga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilari bilan o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari uchun 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaksinani harid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Hozirda 250 ming doza vaksina hududlarga yetkazib berildi.
Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh spikeri va bosh vazir o‘zgardi. Muxolifatchi deputat Miktibek Abdildayev parlament spikeri etib saylandi, yaqinda qamoqdan ozod qilingan Sadir Japarov esa hukumat rahbari v. b. bo‘ldi. Prezident Sooronbay Jeenbekov qonuniy prezident ekanligini ma’lum qildi.
Qirg‘izistonda yuzaga kelgan keskin vaziyat va voqealar rivoji O‘zbekistonda jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. O‘zbekiston vaziyat tez orada barqarorlashuviga umid qilmoqda.
2022 yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam bo‘lmagan ma’lumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi.
Davlat test markazi harbiy tavsiyanomalarga ega abituriyentlar ro‘yxati qaytadan ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Avvalroq test natijalaridan norozi bo‘lgan yoshlar markaz binosi oldiga yig‘ilgan edi.
2021 yil 1 avgustdan davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Uzbekistan Airways raqobat muhiti yo‘qligi sababli kompaniya samaradorligini oshirishni xohlamayapti. So‘nggi 10 yil davomida aviatashuvchi parvozlar sonini atigi 15 foizga oshirdi.
Hokim Shukrulla Hakimov Shofirkon tumani ko‘rsatkichlari «qoniqarsiz» deb baholangani sababli xalqdan uzr so‘radi va yil oxirigacha vaziyatni to‘g‘irlab, kelasi yil tumanni «yaxshi» deb baholanuvchi darajaga olib chiqishga va’da berdi. Daryo nashri uning nutqi vaqtida ayrim tinglovchilarning mudrayotganiga e’tibor qaratdi.
O‘zbekistonda yangi KIA modellari — Seltos va K5 taqdimoti bo‘lib o‘tdi (foto). Roodell bosh direktori Doniyor Davlatyorov O‘zbekiston uchun eksklyuziv taqdim etilayotgan modellar safini kengaytirish, shuningdek, «O‘zavtosanoat» bilan hamkorlikning murakkabliklari haqida so‘zlab berdi.
Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi tomonidan fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Rojer Penrouz, Reynxard Gensel va Andrea Gezga qora tuynuklar borasida olib borgan tadqiqotlari uchun topshirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Parkent tumani hokimligi Captiva avtomashinasini hokimning o‘g‘li muassislar ro‘yxatida bo‘lgan kompaniyadan sotib olib, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun talablarini buzganini ma’lum qildi. Avtomobil sotib olish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi. Toshkent viloyati prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
6 oktayabrdan boshlab Bishkekdagi tartibsizliklar manzarasida O‘zbekiston Qirg‘izistondan kirishga cheklovlar qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari. Yuk tashish cheklovlarsiz amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tomoni esa cheklovlar yo‘qligini e’lon qildi.
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 4 oktyabrda bo‘lib o‘tgan Jogorku kenesh saylovlaridagi ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topdi. 5 oktyabrda minglab fuqarolar norozilik namoyishiga chiqib, natijalarni bekor qilishni talab qilgan edi.
6 oktyabr kuni Qirg‘izistonda 4,5 magnitudalik zilzila sodir bo‘lib, uning ta’siri Namangan, Andijon va Farg‘ona hududlarida ham sezildi.
«Sardoba ishi» bo‘yicha bugungi kunda 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchilarning 7 nafariga qamoqqa olish, 6 nafariga garov, 4 nafariga munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qashqadaryo viloyatida Nexia avtomashinasining yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.
Bishkekda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan minglab fuqarolar namoyish o‘tkazdi. Ular Oq uy, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binolarini egallab oldi va sobiq prezident Almazbek Atambayevni ozod qildi. Davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov siyosiy kuchlarni aql bilan ish ko‘rishga chaqirdi va ovoz berish natijalari bekor qilinishi mumkinligi haqida aytdi.
Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar Davlat test markazi binosi oldida to‘planishdi. Natijalar hisoblanganda, ularning harbiy xizmat imtiyozlari hisobga olinmagan.
Senat rahbari Tanzila Narbayeva Namanganga safari vaqtida tuman hokimlarini «yaxshi» reyting baholarini olgan hududlardan o‘rnak olishga, deputatlarni esa yanada talabchan bo‘lishga chaqirdi.
Tumanlarda yakuniy manzilga yetkazish tizimi tajribadan o‘tkazilib, 2021 yil 1 martdan viloyat markazlarida, 1 iyuldan mamlakat bo‘yicha joriy etiladi. Prezident buning uchun jo‘natmalarni qabul qilish, saralash va onlayn kuzatuvchi avtomatlashgan axborot tizimini ishga tushirish kerakligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting