IIV avtomobillarda juda baland ovozda musiqa qo‘yishni taqiqlashni taklif etmoqda
18 sentabr 2020, 13:15 1

IIV avtomobillarda juda baland ovozda musiqa qo‘yishni taqiqlashni taklif etmoqda

IIV aholi punktlarida avtomobillar audiotizimlaridan ovozni baland qilib foydalanishni taqiqlash hamda avtomobillarga ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatganlik uchun jarima miqdorini oshirishni taklif qilmoqda.

Hafta yakunida havo salqinlashadi
18 sentabr 2020, 12:32

Hafta yakunida havo salqinlashadi

Kelgusi kunlarda Volga mintaqasidagi sovuq havoning Markaziy Osiyo tomon yo‘nalishi sabab havoning biroz sovishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘zbekiston ilk marotaba Jahon bankining inson kapitali indeksida ishtirok etdi
18 sentabr 2020, 12:27

O‘zbekiston ilk marotaba Jahon bankining inson kapitali indeksida ishtirok etdi

Jahon bankining 2020 yil uchun e’lon qilingan inson kapitali indeksida ilk bor O‘zbekiston ham qatnashib, 62 foizlik natija bilan MDH davlatlari orasida Belarus (70 foiz), Rossiya (68 foiz) va Qozog‘istondan (63 foiz) keyingi o‘rinni egalladi.

Dunyo bo‘ylab koronavirus bemorlari soni 30 million kishidan oshdi
18 sentabr 2020, 11:05

Dunyo bo‘ylab koronavirus bemorlari soni 30 million kishidan oshdi

Dunyo mamlakatlari bo‘ylab koronavirus infeksiyasi ro‘yxatga olingan bemorlar soni 30 million kishidan oshdi. Eng ko‘p bemorlar AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan.

JIDU va Vestminster universitetining Toshkentdagi filialiga yangi rektorlar tayinlandi
18 sentabr 2020, 10:55

JIDU va Vestminster universitetining Toshkentdagi filialiga yangi rektorlar tayinlandi

Komiljon Karimov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga, Baxrom Mirkasimov esa Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga rektor etib tayinlandi.

Kun davomida 599 ta koronavirus holati aniqlandi
18 sentabr 2020, 00:04

Kun davomida 599 ta koronavirus holati aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 17 sentyabr kuni O‘zbekistonda 599 ta yangi koronavirus holati qayd etilgani, vafot etgan 6 kishidan birining yosh bola ekanini ma’lum qildi.

Hisob palatasi raisi o‘rinbosarlari tayinlandi
17 sentabr 2020, 23:23

Hisob palatasi raisi o‘rinbosarlari tayinlandi

Bahodir Turobov Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari, bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Saidlaziz Saidkarimov esa rais o‘rinbosari etib tayinlandi.

Xalqaro turizmni tashkil etishga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar bekor qilindi
17 sentabr 2020, 21:51

Xalqaro turizmni tashkil etishga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar bekor qilindi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan PZR test tekshiruvi natijasi manfiy bo‘lgan turistlar 14 kunlik karantinga olinmaydigan bo‘ldi.

O‘zbekiston 1 oktyabrdan chegaralarini ochadi
17 sentabr 2020, 21:41

O‘zbekiston 1 oktyabrdan chegaralarini ochadi

1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda havo, temir yo‘l va avtomobil transporti orqali mamlakatga kirish va chiqishda cheklovlarni bekor qilmoqda.

Urganchda xalqaro universitet filiali tashkil etildi
17 sentabr 2020, 20:54

Urganchda xalqaro universitet filiali tashkil etildi

Urganchda xalqaro Binary (Malayziya) universiteti filiali tashkil etildi. Filialda tadbirkorlik va boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hamda iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanadi.

Turkmanistonning ECO-93 benzini ilk bor O‘zbekiston birjasiga qo‘yila boshlandi
17 sentabr 2020, 20:22

Turkmanistonning ECO-93 benzini ilk bor O‘zbekiston birjasiga qo‘yila boshlandi

Turkmanistonda ishlab chiqarilgan ECO-93 import benzini ilk bor O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi savdolariga qo‘yila boshlandi. Boshlang‘ich narxi 100 kg uchun 600 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
17 sentabr 2020, 19:57

Jahon yangiliklari dayjesti

Jahon iqtisodiyotining tiklanish muddatlari, Bill Geytsning koronavirusga qarshi vaksina haqidagi izohi, «Yandeks.Dengi»dan rebrending va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga kirib kelgan fuqarolar karantinni o‘z uyida o‘tashadi
17 sentabr 2020, 18:32

Aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga kirib kelgan fuqarolar karantinni o‘z uyida o‘tashadi

Pandemiya davrida «qizil», «sariq» hudud mamlakatlaridan kirib kelgan yo‘lovchilar COVID-19 aniqlanmagani haqidagi test natijasini ko‘rsatishi va 14 kunlik majburiy uy karantiniga joylashishi shart qilib qo‘yildi. «Yashil» hudud mamlakatlaridan kelgan yo‘lovchilarga nisbatan karantin tartiblari qo‘llanilmaydi (kasallik alomatlari kuzatilgan yo‘lovchilar bundan mustasno).

Jizzaxda vafot etgan o‘quvchi qizning o‘lim sababi haqida ma’lumot berildi
17 sentabr 2020, 16:47

Jizzaxda vafot etgan o‘quvchi qizning o‘lim sababi haqida ma’lumot berildi

Jizzax viloyatida 9-sinf o‘quvchisining dars vaqtida to‘satdan vafot etgani bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, qizning o‘limiga o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.

«Ma’lum bir miqdorda jarima to‘lash bilan qutulishi yetarli emas» — senator artistlar haqida
17 sentabr 2020, 16:10

«Ma’lum bir miqdorda jarima to‘lash bilan qutulishi yetarli emas» — senator artistlar haqida

Senator Baxtiyor Sayfullayev to‘y o‘tkazishda karantin qoidalarini buzgan artistlar faqatgina jarima bilan qutulib ketmasliklari kerak, deb hisoblaydi. Madaniyat vazirligiga senator so‘rovi yuborildi.

O‘zbekistonda avgust oyida ko‘proq Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi
17 sentabr 2020, 15:51

O‘zbekistonda avgust oyida ko‘proq Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda avgust oyida 7301 dona, yil davomida esa 52202 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 144,9 foizlik o‘sish qayd etildi.

Qanday holatlarda fuqarolarni tasvirga tushirish va undan foydalanish mumkin: qoida va istisnolar
17 sentabr 2020, 14:52

Qanday holatlarda fuqarolarni tasvirga tushirish va undan foydalanish mumkin: qoida va istisnolar

Yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksiga fuqaroning o‘z tasviriga bo‘lgan huquqini himoya qilishga qaratilgan alohida modda kiritilishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, har qanday fuqaroning foto yoki video tasviridan foydalanish uchun uning roziligi kerak bo‘ladi. Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori A’zam Madaminov fuqaro tasviridan foydalanishga rozilik olish talab etilmaydigan istisno holatlar bo‘yicha izoh berdi.

Xonanda o‘z to‘yida niqob taqmagani uchun 1 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi
17 sentabr 2020, 14:47

Xonanda o‘z to‘yida niqob taqmagani uchun 1 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi

Tashkent City`da to‘y qilgan estrada xonandasi Voxidjon Isoqov MJTKning 54-moddasiga binoan BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Ushbu miqdor moddaning 1-qismi bo‘yicha, ya’ni jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgani uchun tayinlanadi. Pandemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzgani uchun 619 mingdan ortiq fuqaro javobgarlikka tortildi.

«Biz O‘zbekiston uchun tahdid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz» — «Tolibon» idorasi rahbari
17 sentabr 2020, 14:11

«Biz O‘zbekiston uchun tahdid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz» — «Tolibon» idorasi rahbari

«Kelgusida Afg‘oniston tomonidan O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarga xavf, tahdid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — deya ma’lum qildi «Tolibon» harakatining Doxadagi siyosiy idorasi rahbari Mulla Abdul G‘ani Baradar. Afg‘onlararo muzokaralarning navbatdagi raundlaridan birini Samarqandda o‘tkazish taklif qilindi.

Toshkentdagi ikkita kafeda deyarli bir vaqtda yong‘in sodir bo‘ldi
17 sentabr 2020, 13:10

Toshkentdagi ikkita kafeda deyarli bir vaqtda yong‘in sodir bo‘ldi

17 sentyabr kuni ertalab Toshkentning Mirobod va Chilonzor tumanlaridagi ikkita kafeda deyarli bir vaqtda yong‘in chiqdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting