Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
16 sentabr 2020, 13:41

Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Prezident Administratsiyasida sho‘’ba yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Qurbanmurat Taparov moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Yosixide Suga Yaponiyaning yangi bosh vaziri etib saylandi
16 sentabr 2020, 12:48

Yosixide Suga Yaponiyaning yangi bosh vaziri etib saylandi

Yosixide Suga Yaponiyaning yangi bosh vaziri etib saylandi. U sobiq bosh vazir Sindzo Abening siyosatini ham iqtisodiy, ham diplomatik yo‘nalishda davom ettirishga va’da berdi.

Marg‘ilon tibbiyot birlashmasi rahbari Avazbek G‘aniyev vafot etdi
16 sentabr 2020, 12:27

Marg‘ilon tibbiyot birlashmasi rahbari Avazbek G‘aniyev vafot etdi

Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi rahbari, Farg‘ona viloyati hokimining akasi Avazbek G‘aniyev miyaga qon quyilishi tashxisi bilan olamdan o‘tdi.

Qashqadaryoda xorijiy kompaniyalarning soxta aksiyalarini sotgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16 sentabr 2020, 12:10

Qashqadaryoda xorijiy kompaniyalarning soxta aksiyalarini sotgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryoda 17 ta xorijiy kompaniyaning soxta aksiyalarini sotish evaziga 2 ming nafarga yaqin fuqaroni jami 9 mln dollarga chuv tushirgan shaxslarga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Abu-Bakir Ibragimov Qonliko‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlandi
16 sentabr 2020, 11:47

Abu-Bakir Ibragimov Qonliko‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlandi

Abu-Bakir Ibragimov Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Daulet Tolibayev koronavirus oqibatida olamdan o‘tgan edi.

Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi
16 sentabr 2020, 11:12

Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumaniga yangi hokim etib Abdurasul Abdullayev tayinlandi.

Vanihoyat dezinfeksion tunnellar taqiqlandi
16 sentabr 2020, 10:26

Vanihoyat dezinfeksion tunnellar taqiqlandi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra dezinfeksiya tunnellari taqiqlanmoqda. Sentyabr oyining boshida Sog‘liqni saqlash vazirligi tunnellarni foydasiz degan edi. JSST bu haqda bahordayoq ta’kidlagan.

Kun davomida 570 kishida koronavirus aniqlandi (bir kun avval — 572 ta)
15 sentabr 2020, 23:50

Kun davomida 570 kishida koronavirus aniqlandi (bir kun avval — 572 ta)

O‘zbekistonda 15 sentyabr kuni 570 kishining koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani tasdiqlandi. Bir kun muqaddam bu ko‘rsatkich 572 tani tashkil etgan edi. Jami holatlar soni esa 48,5 mingdan oshdi.

Samara yaqinida minglab o‘zbekistonliklar uylariga qaytishga harakat qilmoqda
15 sentabr 2020, 23:42

Samara yaqinida minglab o‘zbekistonliklar uylariga qaytishga harakat qilmoqda

Rossiyaning turli mintaqalaridan kelgan 4500 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Samara yaqinidagi vaqtinchalik chodir lageridan uylariga qaytish uchun imkoniyat kutmoqda, deya xabar qildi «Novaya gazeta». O‘zbekiston parvozlarni qayta tiklashga urinmoqda, ammo masalaning yechimi ko‘proq Rossiyaga bog‘liq, deya ta’kidladi Transport vazirligi vakili.

Qashqadaryoda 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga gumon qilinmoqda
15 sentabr 2020, 22:48

Qashqadaryoda 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga gumon qilinmoqda

Qashqadaryoda koronavirusga test topshirgan 855 nafar o‘qituvchi infeksiyani yuqtirganlikda gumonlanmoqda. Ularda koronavirus alomatlari mavjud emasligi va yana bir bor tekshiruvdan o‘tishi ma’lum qilindi.

FVV koronavirusdan vafot etdi deb bergan ikki xodimidan birida infeksiya tasdiqlanmagan — SSV
15 sentabr 2020, 22:29

FVV koronavirusdan vafot etdi deb bergan ikki xodimidan birida infeksiya tasdiqlanmagan — SSV

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etgani aytilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan birida koronavirusni keltirib chiqaruvchi «SARS CoV-2» virusi aniqlanmaganini ma’lum qildi.

Uchko‘prikda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit rulda uxlab qolib, piyodani urib yubordi
15 sentabr 2020, 22:06

Uchko‘prikda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit rulda uxlab qolib, piyodani urib yubordi

Uchko‘prik tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqaruv vaqtida uxlab qolib, yo‘l chetida to‘xtab turgan piyodani urib yubordi. YTH natijasida 44 yoshli fuqaro shifoxonada vafot etdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
15 sentabr 2020, 19:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko muzokaralari, rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining qulashi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari bilan qator hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi
15 sentabr 2020, 19:17

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari bilan qator hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchuk boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar hamkorlik doirasidagi bir qator loyihalarni muhokama qilishdi. Xususan, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha harakatlar rejasi ko‘rib chiqishdi.

Bolalar kutubxonasi binosi rekonstruksiya qilinadi
15 sentabr 2020, 19:04

Bolalar kutubxonasi binosi rekonstruksiya qilinadi

Respublika bolalar kutubxonasi metsenatlar mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya qilinadi. Kutubxonada kovorking uchun xonalar, laboratoriyalar va studiya barpo etiladi. Loyihaga binoan, binoning tarixiy ko‘rinishi saqlab qolinadi. Ish 2021 yilning bahorigacha yakunlanishi ko‘zda tutilmoqda.

1700 ga yaqin o‘zbekistonliklar Rossiyadan olib kelindi
15 sentabr 2020, 16:49

1700 ga yaqin o‘zbekistonliklar Rossiyadan olib kelindi

Rossiyaning Samara viloyati va Yekaterinburg shahridan temir yo‘l reyslari orqali deyarli 1700 fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi. Kelganlarning barchasi karantinga yuborildi.

Xalq deputatlari kengashlarining o‘z kotibiyatlari bo‘ladi
15 sentabr 2020, 16:42

Xalq deputatlari kengashlarining o‘z kotibiyatlari bo‘ladi

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy-texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat ko‘rsatish vazifasi hokimliklar apparatidan tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati zimmasiga o‘tkazildi. Senat raisi Tanzila Narbayevaning ta’kidlashicha, deputatlar ushbu o‘zgarishlarni uzoq yillar orzu qilishgan.

Guljahon Yo‘ldoshevaning qo‘lga olinishiga reanimatolog Farrux Rustamovning o‘limi sabab bo‘lgan
15 sentabr 2020, 16:23

Guljahon Yo‘ldoshevaning qo‘lga olinishiga reanimatolog Farrux Rustamovning o‘limi sabab bo‘lgan

Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaning hibsga olinishiga reanimatolog Farrux Rustamovning koronavirusdan vafot etgani sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Marhum vafotidan so‘ng «Jasorat» medali bilan taqdirlangan.

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yanada pasayishi kutilmoqda — OTB
15 sentabr 2020, 14:15

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yanada pasayishi kutilmoqda — OTB

Osiyo taraqqiyot banki 2020 yilda O‘zbekiston YAIM hajmi o‘sishi bo‘yicha prognozini 0,5%gacha pasaytirdi. Tashkilotning yangi hisobotiga ko‘ra, bunga COVID-19 pandemiyasi, talabning sustligi, sanoat ishlab chiqarishi va xizmatlar sohasidagi pasayish sabab bo‘lmoqda. Biroq, 2021 yilda YAIM 6,5% gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Fuqarolarning diniy huquq va erkinliklari kengaytirilmoqda
15 sentabr 2020, 13:21

Fuqarolarning diniy huquq va erkinliklari kengaytirilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunni qabul qildi. Unga ko‘ra, ota-onalarga farzandlariga uy sharoitida din asoslarini o‘qitishga ruxsat berilmoqda. Shuningdek, fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik talabi bekor qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting