Toshkentda elektr tarmog‘idan ommaviy uzilish holatlariga izoh berildi
17 sentabr 2020, 12:54

Toshkentda elektr tarmog‘idan ommaviy uzilish holatlariga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning ko‘plab tumanlarida yashovchi aholi elektr energiyasi o‘chirilganidan shikoyat qildi. Qarzdorlik uchun to‘lov amalga oshirilishiga qaramasdan, bir necha soat davomida tarmoqqa ulanmagan. «Hududiy elektr tarmoqlari» kompaniyasining «Gazeta.uz»ga izoh berishicha, bir vaqtning o‘zida ommaviy o‘chirish va qayta ulash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimiga yuklanish ortishi natijasida tizim qayta ulanishni 4−5 soatga kechikib amalga oshirgan.

Sevishganlar bir-birini pichoqladi, qiz shifoxonada vafot etdi
17 sentabr 2020, 12:35

Sevishganlar bir-birini pichoqladi, qiz shifoxonada vafot etdi

Namanganda 5 yildan buyon sevishib kelayotgan ikki yosh ota-onalarini o‘zaro turmush qurishlariga rozi qilish maqsadida bir-birini pichoqladi. Qiz vafot etdi, yigit shifoxonada.

1 trln so‘mni naqdlashtirib, 30 mln dollarni xorijga chiqargan jinoiy guruh fosh etildi
17 sentabr 2020, 12:30

1 trln so‘mni naqdlashtirib, 30 mln dollarni xorijga chiqargan jinoiy guruh fosh etildi

1 trln so‘m mablag‘ni naqdlashtirgan, 30 mln dollarni chet elga chiqarib yuborgan jinoiy guruh ishi sudga oshirildi. Aniqlanishicha, jinoiy guruh 300 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ni sohta rahbarlarning hisobiga tushirgan va keyinchalik ushbu mablag‘lar sherik banklarda naqdlashtirilgan. Har bitta operatsiyada o‘rtacha 500−600 ming dollardan naqdlashtirilgan.

IIB xodimlari kaltaklab o‘ldirgan fuqaroning xotini ayblanuvchilarni ozod qilishni so‘radi
17 sentabr 2020, 11:58

IIB xodimlari kaltaklab o‘ldirgan fuqaroning xotini ayblanuvchilarni ozod qilishni so‘radi

Chiroqchi tumanida IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgan fuqaroning turmush o‘rtog‘i sudlanuvchilarni kechirib, sud zalidan ozod qilishni so‘radi. «Bularni 50 yilga qamasangiz ham erim qaytib kelmaydi», — dedi marhumning xotini. Sud jarayoni davom etmoqda.

Jizzax viloyatida 9-sinf o‘quvchisi dars vaqtida to‘satdan vafot etdi
17 sentabr 2020, 10:54

Jizzax viloyatida 9-sinf o‘quvchisi dars vaqtida to‘satdan vafot etdi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida o‘quv yili boshlanishining birinchi kunida, 9-sinf o‘quvchisi (qiz bola) dars vaqtida to‘satdan vafot etdi. Holat sababi hozircha noma’lum.

Kun davomida 597 kishida koronavirus aniqlandi
16 sentabr 2020, 23:54

Kun davomida 597 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 597 ta koronavirus holati aniqlanib, jami holatlar soni 49 162 taga yetdi.

«Migratsiya, bu — eksport, ishchi kuchi eksporti» — Mehnat vazirligi
16 sentabr 2020, 23:51

«Migratsiya, bu — eksport, ishchi kuchi eksporti» — Mehnat vazirligi

Mehnat vazirligi nima uchun O‘zbekistonda fuqarolarni xorijga ishlashga jo‘natishdan avval majburiy o‘qitishga qaror qilingani, shuningdek, qonuniy va noqonuniy migrantlar o‘rtasidagi farqlarni tushuntirib berdi. Taqdim etilgan statistikaga ko‘ra, hozirda Rossiyada 600 ming o‘zbekistonlik hujjatlarsiz ishlamoqda, 421 ming kishi esa deportatsiya qilinib, RFga kirishga taqiq olgan.

Uchta hududda suv tejovchi uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etiladi
16 sentabr 2020, 21:05

Uchta hududda suv tejovchi uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etiladi

Prezident Samarqand, Toshkent va Namangan viloyatlarida suv tejovchi texnologiyalar uchun uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish vazifasini qo‘ydi. Shuningdek, suv sarfini kamaytirish maqsadida dalalarni lazer yordamida tekislash texnologiyasi joriy etiladi. Buning uchun 250 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratiladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 sentabr 2020, 19:33

Jahon yangiliklari dayjesti

Koronavirus infeksiyasining mavsumiyligi, Rossiyaga kirish uchun yangi qoidalar, Apple`dan yangi qurilmalar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi olamdan o‘tdi
16 sentabr 2020, 18:51

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi olamdan o‘tdi

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Mehmonxonalarda ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi joriy etildi
16 sentabr 2020, 18:28

Mehmonxonalarda ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi joriy etildi

Mehmonxonalar, sanatoriylar, dam olish maskanlari va boshqa shu kabi muassasalar xizmatlaridan foydalanadigan barcha fuqarolar joylashish vaqtidan boshlab, qancha muddat bo‘lishidan qat’i nazar E-Mehmon tizimida avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Toshkentdagi ikkita maktab faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16 sentabr 2020, 17:20

Toshkentdagi ikkita maktab faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Toshkentda 14 sentyadrdan o‘z faoliyatini boshlagan 139 ta maktabning 2 tasida darslar koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar to‘xtatildi.

Bizga Eynshteynlar kerakmi?
16 sentabr 2020, 16:06

Bizga Eynshteynlar kerakmi?

Hozirgi zerikarli va mafkuraga bo‘ysundirilgan ijtimoiy fanlar texnika fakultetlari talabalariga kerak emas. Ularni oliy ta’limning «qalbi va musiqasi»ga aylantirish orqali qanday jonlantirish mumkin? O‘quv jarayoniga zarar yetkazmasdan fanlarni 50 foizga qanday qilib qisqartirsa bo‘ladi? Faylasuf, sotsiolog va antropolog Valeriy Xan o‘z maqolasida mazkur savollarga javob beradi.

To‘rtta hududda universitetlarga kiritib qo‘yishga va’da berganlar hibsga olindi
16 sentabr 2020, 15:12

To‘rtta hududda universitetlarga kiritib qo‘yishga va’da berganlar hibsga olindi

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda oliy o‘quv yurtlariga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqarolar hibsga olindi.

Isroil BAA va Bahrayn bilan munosabatlarni tiklash to‘g‘risidagi kelishuvlarni imzoladi
16 sentabr 2020, 14:57

Isroil BAA va Bahrayn bilan munosabatlarni tiklash to‘g‘risidagi kelishuvlarni imzoladi

Oq uyda bo‘lib o‘tgan marosimda Isroil, BAA va Bahrayn davlatlari munosabatlarni tiklash bo‘yicha kelishuvlarni imzoladi. Bu Isroil va arab davlatlari o‘rtasida 1994 yildan buyon amalga oshirilgan ilk shunday kelishuvdir.

Arnasoy tumani hokimi o‘zgardi
16 sentabr 2020, 14:50

Arnasoy tumani hokimi o‘zgardi

Sharof Rashidov tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Xurshid Alimardonov Arnasoy tumani hokimi etib tayinlandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16 sentabr 2020, 14:30

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Geodezkadastr davlat qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Maqsud Ro‘zmetov, «Agrobank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev va Agrar universitet rektori Botirjon Sulaymonov qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Amaldagi vazir o‘rinbosari Saidkamol Xodjayev bir vaqtning o‘zida Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasini boshqaradi. Majlisni Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov olib bordi.

Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
16 sentabr 2020, 13:41

Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Prezident Administratsiyasida sho‘’ba yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Qurbanmurat Taparov moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Yosixide Suga Yaponiyaning yangi bosh vaziri etib saylandi
16 sentabr 2020, 12:48

Yosixide Suga Yaponiyaning yangi bosh vaziri etib saylandi

Yosixide Suga Yaponiyaning yangi bosh vaziri etib saylandi. U sobiq bosh vazir Sindzo Abening siyosatini ham iqtisodiy, ham diplomatik yo‘nalishda davom ettirishga va’da berdi.

Marg‘ilon tibbiyot birlashmasi rahbari Avazbek G‘aniyev vafot etdi
16 sentabr 2020, 12:27

Marg‘ilon tibbiyot birlashmasi rahbari Avazbek G‘aniyev vafot etdi

Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi rahbari, Farg‘ona viloyati hokimining akasi Avazbek G‘aniyev miyaga qon quyilishi tashxisi bilan olamdan o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting