OTMlarning birinchi bosqich talabalari uchun mashg‘ulotlar 2 oktyabrdan boshlanadi. Ta’lim shakli haqida hozircha xabar qilinmadi.
O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 131 davlat orasida 93-o‘rinni egalladi. So‘nggi besh yilda mamlakat ma’lumotlar yetishmagani sababli reytingga kiritilmagan edi.
Sentyabr oyi davomida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan soliq to‘lovlari ro‘yxati e’lon qilindi.
O‘qituvchilar maktablar uchun dezinfeksiya vositalarini sotib olmasliklari kerak, ular mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib beriladi.
Respublika bo‘yicha 260 ta eski ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash hamda 193 ta avariya holatidagi ko‘p qavatli uylarni buzib, ular o‘rniga yangi uy-joylarni qurish taklif etilmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qishloq hokimlarini (akim) saylov o‘tkazish yo‘li bilan tayinlashni taklif qildi.
Rossiyada epidemiya boshlanganidan beri 1 mln dan ortiq COVID-19 holatlari ro‘yxatga olingan. Dunyo bo‘yicha esa ushbu ko‘rsatkich 25,7 mln dan oshgan. Rossiya ro‘yxatga olingan holatlar bo‘yicha AQSH, Braziliya va Hindiston mamlakatlaridan keyin to‘rtinchi o‘rinda turibdi.
AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 7 so‘mga qimmatlab, jami 10 270 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari arzonlashdi.
Toshkent, Samarqand va Qarshida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, parlament va hukumat vakillari poytaxtdagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Respublika OTMlarining magistratura bosqichiga kirish imtihonlari 8−20 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Imtihonlar test sinovi tarzida kompyuterda onlayn olinadi.
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Oybek Xodjayev 44 yoshida koronavirusdan vafot etdi.
O‘zbekistonda 134 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda COVID-19 dan tuzalganlar ulushi 93 foizni va davolanayotganlar soni 2380 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda kun davomida 343 ta koronavirus holati aniqlandi.
O‘zbekistonlik harbiylar Xalqaro armiya o‘yinlarining ikki yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Rossiya ikkinchi, Belarus harbiylari esa uchinchi o‘rinni egalladi.
5 sentyabrdan boshlab umumiy ovqatlanish obyektlari, teatr va kinoteatrlar, parklar, istirohat bog‘lari hamda yo‘nalishli taksilar faoliyatiga ruxsat beriladi.
Xorijiy malakatlar bilan muzokaralar o‘tkazilgan holda barcha turdagi xalqaro qatnovlar bosqichma-bosqich tiklanadi. Shuningdek, qo‘shni davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan va respublikaga vaqtinchalik olib kirilgan avtotransport vositalarini respublika hududidan olib chiqishga ruxsat berildi.
1 sentyabrdan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlari ochiladi. Oxirgi 14 kun Qirg‘izistonda bo‘lib turgan yoki so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirus testi (PZR) manfiy chiqqanlar karantinga olinmaydi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, 5 sentyabrdan boshlab diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat beriladi. Bunda ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lish va boshqa sanitariya qoidalariga rioya etish talab etiladi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni kun davomida 365 taga ko‘payib, 41893 taga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilgan o‘lim holatlari soni esa 320 (+5) nafarga yetdi.
31 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat rahbari mamlakat mustaqilligining 29 yillik bayrami munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting