Davlat rahbarining farmoni bilan 28 nafar iqtidorli yigitlar «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
2016 yil «Konstitutsion tuzumga tajovuz» aybi bilan 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan navoiyshunos olim, shoir va yozuvchi Akrom Malik O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bir guruh mahkumlar qatorida avf etildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi dizayner Nariman Grigoryanni o‘ldirishda ayblanayotgan shaxsni 18 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
TikTok bosh direktori Kevin Mayer to‘rt oylik faoliyatdan so‘ng, kompaniyani tark etdi. Mayerning ishdan ketishiga kompaniya va AQSH rasmiylari o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat va sotish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Tojikiston Mustaqil kasabalar uyushmasi federatsiyasi mamlakatning amaldagi prezidenti Emomali Rahmonni 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ilgari surdi. Yana 4 ta siyosiy partiyalar ham o‘z nomzodlarini ko‘rsatdi.
Markaziy Osiyoning beshta mamlakati birgalikda XXI asrda mintaqani rivojlantirish uchun do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risida davlatlararo hujjatni tayyorlamoqda, dedi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov.
Jizzax viloyatida joylashgan Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida noma’lum fuqarolar tomonidan qo‘yilgan qopqonga O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ayiq tushdi. Tegishli idoralar yordami orqali ayiq qutqarilib, hozirda unga davolash muolaja ishlari olib borilmoqda.
Crediton.uz smartfon va maishiy texnikalarni operator qo‘ng‘iroqlarisiz va shu kunning o‘zida yetkazib berish xizmati bilan 15 oygacha muddatga bo‘lib to‘lash imkoniyatini taklif qiladi.
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Cobalt avtomobil tezligini me’yoridan oshirgani sababli rul boshqaruvini yo‘qotib, Spark avtomobili bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Cobalt avtomobilining haydovchi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi, 3 kishi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.
O‘zbekistonda 141 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlar soni 3338 kishini tashkil etib, ularning 294 nafari og‘ir ahvolda, 139 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda kun davomida 390 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 40 mingtadan oshdi. Sog‘ayganlar soni esa 36,5 mingtadan ko‘proqni tashkil etmoqda.
Respublikadagi barcha boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim va tibbiyot muassasalarining 1,5 mln nafardan ortiq xodimlari bepul grippga qarshi emlanadi.
Prezident qarori bilan 810 mingdan ortiq bolani moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun 400 milliard so‘m (har bir bola uchun 500 ming so‘m) ajratiladi. Ushbu yordam kam ta’minlangan oilalar farzandlarini qishki kiyim-kechak, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlashga qaratilgan.
Transport vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda charter reyslari chiptalari juda qimmat narxlarda sotilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berib, ular tijoriy charter reyslariga oid ekanini ma’lum qildi. Respublika maxsus komissiyasi tasdiqlagan charter reyslar chiptalari 400 dollarga narxda sotilmoqda.
Koronavirus infeksiyasiga qayta chalinish mumkin, lekin bu ommaviy tendensiya emas, deya ta’kidladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarris. Bunday holatlar Gonkong, Belgiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda qayd etildi.
O‘zbekiston «Mehr-shafqat va Salomatlik» jamoat jamg‘armasi direktori va boshqalar tomonidan 2,8 mlrd so‘mlik mablag‘lar talon-toroj qilingani aniqlandi.
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahrida yangi aeroport ishga tushirildi. Unga birinchi bo‘lib Airbus A-320 samolyotida Toshkentdan yo‘lovchi parvozi amalga oshirildi.
O‘zbekistonda 1,2,3-darajali serjant harbiy unvonlari joriy etildi.
Markaziy bank O‘zbekistondagi ilk raqamli bankni — Anor Bank ro‘yxatdan o‘tkazib, unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi.
Oliy sud Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati avtomobil oynasiga parda o‘rnatish bo‘yicha IIV boshlagan ma’muriy huquqbuzarlik ishini tugatdi. Buxorolik fuqaroning harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari mavjud emas deb topildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting