Koronavirus infeksiyasiga qayta chalinish mumkin, lekin bu ommaviy tendensiya emas, deya ta’kidladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarris. Bunday holatlar Gonkong, Belgiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda qayd etildi.
O‘zbekiston «Mehr-shafqat va Salomatlik» jamoat jamg‘armasi direktori va boshqalar tomonidan 2,8 mlrd so‘mlik mablag‘lar talon-toroj qilingani aniqlandi.
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahrida yangi aeroport ishga tushirildi. Unga birinchi bo‘lib Airbus A-320 samolyotida Toshkentdan yo‘lovchi parvozi amalga oshirildi.
O‘zbekistonda 1,2,3-darajali serjant harbiy unvonlari joriy etildi.
Markaziy bank O‘zbekistondagi ilk raqamli bankni — Anor Bank ro‘yxatdan o‘tkazib, unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi.
Oliy sud Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati avtomobil oynasiga parda o‘rnatish bo‘yicha IIV boshlagan ma’muriy huquqbuzarlik ishini tugatdi. Buxorolik fuqaroning harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari mavjud emas deb topildi.
Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi.
Qamchiq dovonida Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, temir to‘siq bilan to‘qnashuv sodir etdi. Kelib chiqqan yong‘inda ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekistonlik tadbirkor Bobir Akilxanov Forbes jurnalining texnologiya bo‘yicha kengashi (FTC) tarkibiga kirdi. Tadbirkor ushbu kengashga a’zo bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘lib, bu unga taniqli jurnalda texnologiya bo‘yicha maqolalar joylashtirish imkoniyatini beradi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktablarda qat’iy forma talab qilinmasligini, lekin ma’lum tartiblarga rioya qilinishi kerakligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda 126 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlar soni 3518 kishini tashkil etib, ularning 294 nafari og‘ir ahvolda, 110 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) rektori Anatoliy Torkunovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.
Toshkent hokimi o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Baxtiyor Rahmonqulov Yashnobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekistonda kun davomida so‘nggi vaqtlardagi eng kam — 316 ta koronavirus holati aniqlandi (umumiy — 39 664 ta).
Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Jahongir Ibrohimov Toshkentning Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari pandemiya munosabati bilan maktablarda o‘quv jarayoni qanday tashkil etilishi mumkinligini so‘zlab berdi. Dars davomiyligini qisqartirish, ta’limni 2−3 smenali tashkil etish, qo‘llarni yuvish uchun sharoitlar yaratish va uch nafardan ortiq o‘quvchida koronavirus aniqlangan sinflarni onlaynga o‘tkazish taklif qilinmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Elbek Shukurov Toshkentning Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi.
Jizzax viloyatida vafot etgan bemorning qarindoshlari chaqiriq bo‘yicha yetib kelgan tez yordam feldsherini kaltaklab, unga tan jarohati yetkazdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jizzaxda avtobus va yuk avtomashinasi to‘qnashuvi yuz berdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi.
«Kelinlar qo‘zg‘aloni», «Chimildiq» va ko‘plab kino hamda teatr rollari bilan mashhur bo‘lgan O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 73 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Ma’lum qilinishicha, aktrisa COVID-19 infeksiyasidan davolanayotgan bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting