TikTok ijtimoy tarmog‘iga egalik qiluvchi Xitoy ByteDance kompaniyasi AQSH hukumati ustidan sudga shikoyat qildi. Kompaniya AQSHdagi foydalanuvchilari shaxsiy ma’lumoti va xavfsizligini ta’minlash uchun choralar ko‘rganini, lekin hukumat bu ishlarni e’tiborsiz qoldirayotganini aytmoqda.
Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekistonda 3 kun ketma-ket dam olinadi. 29 avgust — shanba dam olish kuni 31 avgust — dushanba ish kuniga ko‘chiriladi.
O‘zbekiston JSSTning COVAX (koronavirusga qarshi vaksina qilish) dasturiga qo‘shildi. Hozirda JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda.
Bosh prokuratura 31 may kuni So‘x tumanidagi «Chashma» bulog‘i bo‘yida Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 6 kishi qamoqqa olinganini ma’lum qildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yetti nafar Rospotrebnadzor mutaxassisi — epidemiolog, virusolog va infeksionistlar — hamkasblariga yordamlashish uchun O‘zbekistonga keldi. Ular onlayn maslahatlar berib, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda Rossiyaning muvaffaqiyatli tajribalarini joriy etish imkoniyatlarini o‘rganadi.
«Har bir ota-ona farzandini maktabga yuborishi yoki uyda onlayn shaklda o‘qitishi yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi kerak» — xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov. Bu uchun ota-onalardan so‘rovnoma to‘ldirilishi so‘raldi. Vazir maktablarda yangi o‘quv yilini 14 sentyabrdan boshlash taklifi kiritilganligini ham ma’lum qildi. Sinov tariqasida virus tarqalmagan, havfsiz hududlardagi ba’zi kichik maktablarni 7 sentyabrdan ochish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda 158 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlar soni 3673 kishini tashkil etib, ularning 282 nafari og‘ir ahvolda, 132 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda kun davomida 404 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 39,3 mingtadan oshdi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab 70 ta litsenziya va 35 ta ruxsatnoma bekor qilinib, 115 ta litsenziya va ruxsatnomani olish tartib-taomillari soddalashtiriladi. Vakolatli organlarga litsenziya berishda ayrim harakatlarni amalga oshirish taqiqlandi.
Toshkent IIBBning sobiq xodimi mast holda mashina boshqarar ekan, piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan bolani urib yubordi. Boshqarma uning voqeadan bir necha kun avval ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.
Poytaxtning Bektemir tumani hududini Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari hisobidan kengaytirish rejalashtirilmoqda. Eng kamida 50−60 ming kishi uchun ko‘p qavatli uylar qurish mo‘ljallangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturidagi shaharda 5 yilda 500 ta uy qurish bo‘yicha va’dasini 2,5 yilda bajarganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyatida yoz oylari davomida 70 km/s tezlik cheklovi o‘rnatilgan joylarda 170 km/s gacha tezlikda harakatlangan 65 nafar mototsikl haydovchisi jarimaga tortildi.
Yakshanba kuni yuz minglab ishtirokchilarni jamlagan “Yangi Belorussiya marshi” prezident saylovidan keyin tinch namoyishlar boshlanganidan beri eng katta tadbirlardan biriga aylandi. Namoyishchilar Mustaqillik saroyi va Davlat bayrog‘i maydoniga bordilar, Aleksandr Lukashenko ham u yerga uchib keldi — u vertolyotdan bronejilet va avtomat bilan tushdi.
O‘zbekistonda Szyansi an’anaviy xitoy tabobati universiteti filiali tashkil etiladi. Filialda tayyorlanadigan mutaxassislarning xitoy xalq tabobati ilmini zamonaviy tibbiyot yutuqlari bilan uyg‘unlashtirgan holda amalga joriy etishlari ko‘zda tutilmoqda.
Koronavirus pandemiyasi sababli masofaviy tarzda o‘tkazilgan IBO2020 Challenge — Xalqaro biologiya olimpiadasida bir nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi mamlakat tarixida ilk bor oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi kumush medallar sohibiga aylandi.
Andijon va Xorazmda fuqarolarni 4 ming AQSH dollariga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil bilan ushlandi. Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkentning Bektemir tumani sektor rahbarlari, jumladan, hokim Shohrux Mamajonov lavozimidan ozod qilindi. Prezident tumanga tashrifi vaqtida ular faoliyatini qoniqarsiz deb baholadi. Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxov ham lavozimini tark etdi.
Elektron tanlovlar va elektron tenderlarni tashkil etish bo‘yicha yana bir muqobil elektron platforma — tender.mf.uz yaratildi. Endilikda buyurtmachilar elektron saytni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy niqob taqish shart emas, deya xulosa qildi JSST ekspertlari. 6−11 yoshda vaziyatga qarab niqoblar taqish kerak, masalan, yashash joyida infeksiyaning ommaviy tarqalishi yoki xavf ostida bo‘lgan odamlar bilan doimiy aloqada bo‘lganda. 12 yoshdan boshlab niqoblarni muntazam ravishda taqish tavsiya etiladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 noyabrdan xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar va xizmatlar davlat xaridlarida ishtirok etishi vaqtinchalik taqiqlanadi va chegaralanadi. Shuningdek, 5236 ta amaldagi standartlar bekor qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting