Koronavirusga chalingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev olamdan o‘tdi.
Ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi orasida nomutanosiblik vujudga kelgani sababli respublika bo‘yicha 1,5−2 mln kVt•soat yoki kunlik 0,8−1 foiz miqdorida cheklovlar kiritilishi ma’lum qilindi. Tojikistondan elektr energiyasi importi to‘xtagan, Turkmaniston bilan esa yangi shartnoma imzolandi.
Jizzax viloyatida kun davomida ikkita halokatli YTH sodir bo‘ldi. Ulardan birida Lacetti 5 yoshli qizchani urib yubordi. Ikkinchisida esa 18 yoshli yigit yurib ketayotgan yuk mashinasi zinasidan o‘zini tashlab, asfaltga boshi bilan yiqilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti bayramini 31 iyul, juma kuni nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjatda bayramning karantin talablariga rioya qilgan holda o‘tishi uchun zarur choralar ko‘rish topshirilgan.
Koronavirusdan davolanayotgan Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov Toshkentdagi shifoxonadan videoyozuv e’lon qildi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda uning o‘limi to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgandi.
Jizzax viloyati xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lida Traller rusumli yuk avtomashinasining haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yuk avtomashinasi ag‘darildi. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Yanvar-iyun oylari davomida 14−17 yoshli o‘smir qizlar orasida 84 ta tug‘ruqlar qayd etilgani ma’lum bo‘ldi.
Koronavirus bemorlari soni 193 nafarga ortib, jami 19179 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 106 nafari Toshkent shahrida, 52 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 35 nafari Andijon viloyatida aniqlandi.
Toshkentda 9 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan 73 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Birinchi yarim yillikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilishga oid 14 mingdan ortiq iqtisodiy ish ko‘rib chiqildi va ular foydasiga 824,7 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ undirib berildi.
Dam olish kunlari mamlakat hududiga Turkmanistondan yana issiq va quruq havo oqimi kirishni boshlaydi. Kunduzgi harorat 37−40 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Janubda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi.
Litsenziyaga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga 1 yanvarga qadar bir qator qulayliklar yaratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Markaziy bank O‘zbekiston rasmiy zaxira aktivlari hajmi 32,3 mlrd AQSH dollari tashkil etishini ma’lum qildi. Oltin-valyuta zaxirasi 2020 yil boshidan deyarli 11 foizga o‘sgan va taxminan 20 oy davomida importni moliyalashtirishga yetadi.
Guliston shahrida Neksiya va HOWO yuk avtomashinasi ishtirokidagi yo‘l transport hodisasi natijasida Neksiya haydovchisi vafot etdi va uning ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.
Toshkent shahri tumanlari hokimlari COVID-19 pandemiyasi oqibatlari va oxirgi paytda tumanda qilinayotgan harakatlar haqida ma’lumotlar berish, aholini hamjihatlikka chaqirish maqsadida efir orqali halqqa yuzlanishdi. Ayrim hokimlar COVID-19 oqibatlari uchun xalqdan uzr so‘rashdi.
O‘zbekistonda ilk bor «Banklar faollik indeksi» e’lon qilindi. Unga ko‘ra, may oyi uchun «Kapitalbank» mamlakatda faoliyat yurituvchi eng faol bank deb e’tirof etildi. Indeksning so‘nggi o‘rinlarini «Tenge bank», «O‘zKDB» va «Poytaxt bank» banklari egalladi.
O‘zbekistonda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Shu bilan birga, 1 avgustdan boshlab alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi.
Davlat xizmatlari agentligi 2020 yilning yakuniga qadar «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) yagona elektron arxivi» axborot tizimini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazadi. Bu tizim axborot xavfsizligi va shaffofligini ta’minlashi hamda firibgarliklar oldini olishga yordam berishi aytilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 258 kishini koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotladi. Mukofotlanganlar orasida 6 nafar vafot etgan tibbiyot va boshqa sohalar vakillari ham bor.
Koronavirus bemorlari soni 118 nafarga ortib, jami 18986 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Samarqand va Toshkent viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting