Parlament quyi palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi Bobur Bekmurodov «Yuksalish» umummilliy harakati raisi etib saylandi.
27−29 iyul kunlari Respublikaning katta qismida issiq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi havo harorati 35−38 darajaga yetishi, ayrim joylarda esa 40 darajaga ko‘tarilishi mumkin.
O‘zbekistonda birinchi Volkswagen dilerlik markazi ochildi va Caddy yengil tijorat transporti modeli sotila boshlandi. Konfiguratsiyaga qarab, avtomobilning narxi 172 mln so‘mdan 222 million so‘mgachani tashkil qiladi.
O‘zbekiston aholisi 2020 yilning yanvar-iyun oylarida 286,5 ming kishiga o‘sgan. Mamlakatda bu vaqt oralig‘ida 365,2 ming nafar chaqaloq tug‘ilgan, 74,6 ming kishi esa vafot etgan.
AQSH milliy valyutasini rasmiy kursi deyarli 3 so‘mga arzonlab, jami 10 207 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.
Koronavirus bemorlari soni 289 nafarga ortib, jami 20820 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Buxoro, Sirdaryo, Namangan, Andijon, Jizzax va Navoiy viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazov o‘limi haqidagi xabar elon qilingani uchun Qoraqalpog‘istondagi uchta OAV Makan.uz, Kruz.uz va Kar24.uz bosh muharrirlari kechasi prokuraturaga chaqirilgan. Makan.uz rahbari Lolagul Qallixanovani uyidan huquqni muhofaza qilish organlari olib ketishgan. Ikki nafar jurnalistning telefon va noutbuklari olib qo‘yilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani ichki ishlar organlari xodimlarining majlisidan yozib olingan audioyozuv ichki ishlar mulozimiga tegishliligi tasdiqlandi. Unda, IIO xodimi fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma kam tuzilayotganini qayd etib, buni bartaraf etish uchun har bir profilaktika inspektori turli moddalar bo‘yicha 5 tadan ma’muriy bayonnoma tuzishi bo‘yicha topshiriq bergan.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, O‘zbekistonda karantin choralari 15 avgustga qadar uzaytirildi. Qurbon hayiti kuni va dam olish kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi, aholining «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga rioya qilishi tavsiya etildi.
Uzbekistan Airways 26 iyul kuni Toshkent — Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter reysini amalga oshiradi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya sharoitida Qurbon hayitini nishonlash bo‘yicha bayonot berdi. Unda, jumladan, Iydul adha namozini o‘qish mo‘min-musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lishi ma’lum qilindi.
62 yoshida Chilonzor Sanitariya-epidemiologiya farovonligi markazining bakteriologik laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova vafot etdi, uning koronavirus yuqtirganligi aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu holat haqida xabar bermadi. Marhumaning opasi, 40 yilini tibbiyotga bag‘ishlagan Marhabo Ahmedova boshqa tibbiyot xodimlari singari tan olinishga loyiq, deb hisoblaydi.
Zira.uz sizga zefir, keyk-popslar, «Ptiche moloko», «Bashorat qiluvchi pechene» va yana boshqa noodatiy desertlar ro‘yxatini taqdim etadi.
O‘zbekistonda kun davomida 492 ta koronavirus holati rasman tasdiqlandi. Umumiy ko‘rsatkich 19360 taga yetdi. 40 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda.
Prezident farmoni bilan 1 yanvardan viloyatlardagi sudlar negizida umumyurisdiksiya sudlari tashkil etiladi. Tuman va shahar ma’muriy sudlari tugatiladi, ma’muriy sudlarni ko‘rib chiqish vakolati esa jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga beriladi. Sud tizimiga dastlabki eshituv instituti va «bir sud — bir instansiya» tamoyilini joriy etiladi, shuningdek, prokurorlarning sud ishlarini ko‘rib chiqishdagi ishtiroki tartiblari qayta ko‘rib chiqiladi.
Mo‘ynoqda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan «Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari» MCHJ tashkil etilib, qisqa vaqtda ming nafarga yaqin yoshlar ish bilan ta’minlandi.
Sardobada 18 yoshli fuqaro hech qanday hujjatlarsiz Captiva avtomobilini haydash vaqtida boshqaruvni yo‘qotdi va mashina ag‘darilib ketdi. Haydovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Koronavirusga chalingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev olamdan o‘tdi.
Ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi orasida nomutanosiblik vujudga kelgani sababli respublika bo‘yicha 1,5−2 mln kVt•soat yoki kunlik 0,8−1 foiz miqdorida cheklovlar kiritilishi ma’lum qilindi. Tojikistondan elektr energiyasi importi to‘xtagan, Turkmaniston bilan esa yangi shartnoma imzolandi.
Jizzax viloyatida kun davomida ikkita halokatli YTH sodir bo‘ldi. Ulardan birida Lacetti 5 yoshli qizchani urib yubordi. Ikkinchisida esa 18 yoshli yigit yurib ketayotgan yuk mashinasi zinasidan o‘zini tashlab, asfaltga boshi bilan yiqilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting