Migratsiya bitimi, Lufthansa qaytishi va yangi loyihalar. Mirziyoyev va Shols nima haqida gaplashdi?
15 sentabr 2024, 21:38

Migratsiya bitimi, Lufthansa qaytishi va yangi loyihalar. Mirziyoyev va Shols nima haqida gaplashdi?

Prezident va Germaniya kansleri muzokaralar o‘tkazdi. Unda tomonlar migratsiya bitimini imzoladi. Qolaversa, Boshqaruv kadrlarini tayyorlash qo‘shma maktabi ishga tushirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev Lufthansa aviakompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

Foto: Samarqandda Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi
15 sentabr 2024, 19:55

Foto: Samarqandda Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

Samarqand shahrida Germaniya federal kansleri Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Foto.

Germaniya kansleri Olaf Shols Samarqandga keldi
15 sentabr 2024, 17:28

Germaniya kansleri Olaf Shols Samarqandga keldi

Germaniya kansleri Olaf Shols yakshanba kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Samarqand shahri aeroportida uni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Registon maydonida esa prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Toshkentdagi Pushkin haykali atrofida zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etiladi (foto)
15 sentabr 2024, 15:46

Toshkentdagi Pushkin haykali atrofida zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etiladi (foto)

Yakkasaroy tumanidagi Pushkin haykali o‘rnatilgan xiyobonda zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etiladi. 2,5 gektardan iborat mazkur hududdagi haykal, favvora va barcha daraxtlar saqlab qolinadi. Shuningdek, Shota Rustaveli ko‘chasining 1,8 km qismi 24/7 rejimidagi gastronomik ko‘chaga aylantirilmoqda.

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi Olimpiadada ilk mag‘lubiyatga uchradi, qizlar esa g‘alabali yurishni davom ettirmoqda
15 sentabr 2024, 14:20

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi Olimpiadada ilk mag‘lubiyatga uchradi, qizlar esa g‘alabali yurishni davom ettirmoqda

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning to‘rtinchi turida Vetnam terma jamoasidan ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ayollar jamoasi yuqori baholangan Bolgariya termasini mag‘lub etib, g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda.

Taniqli shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi
15 sentabr 2024, 09:58

Taniqli shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi

Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi. Marhumaning 10 ga yaqin she’riy kitoblari nashr etilgan. Ayniqsa, 2011-yilda yozilgan “O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin” she’ri mashhur.

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumida yana 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi
15 sentabr 2024, 00:05

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumida yana 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

“Tashabbusli budjet”ning 2024-yildagi 2-mavsumida yuqori ovoz to‘plab, yuta olmagan yana 177 ta tashabbus g‘olib loyihalar ro‘yxatiga qo‘shildi (shu vaqtgacha 1772 ta loyiha g‘olib bo‘lgandi). Ularni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Futzal JCH: O‘zbekiston durang bilan boshladi va birinchi kunning boshqa natijalari
14 sentabr 2024, 23:29

Futzal JCH: O‘zbekiston durang bilan boshladi va birinchi kunning boshqa natijalari

O‘zbekiston tarixda ilk bor FIFA musobaqasiga mezbonlik qilmoqda — 14-sentabrda Toshkent va Buxoroda futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston 1-turda Niderlandiya bilan durang o‘ynadi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan musobaqada g‘olib bo‘ldi
14 sentabr 2024, 23:21

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan musobaqada g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi. Foto, video.

Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri bilan Samarqandda muzokaralar o‘tkazadi
14 sentabr 2024, 16:47

Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri bilan Samarqandda muzokaralar o‘tkazadi

15−16-sentabr kunlari Germaniya kansleri Olaf Shols rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Uning mamlakatga ilk tashrifi davomida Samarqandda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev va kansler ishtirokida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

Yangi Chery avtomobillarining taqdimoti: narxlar e’lon qilindi
14 sentabr 2024, 15:00

Yangi Chery avtomobillarining taqdimoti: narxlar e’lon qilindi

Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy ishlab chiqaruvchisi va distribyutori ADM Global 12-sentabr kuni yangi Tiggo 8 Pro Max, Tiggo 7 Pro va Arrizo 6 Pro avtomobillari taqdimotini tashkil qildi.

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida g‘alabali yurishini davom ettirmoqda
14 sentabr 2024, 14:11

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida g‘alabali yurishini davom ettirmoqda

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning uchinchi turida Xorvatiya terma jamoasini mag‘lub etdi. Ayollar terma jamoasi raqiblari reytingi yuqori bo‘lishiga qaramay, musobaqa mezboni Vengriya ustidan g‘alaba qozondi.

Hamkorbank o‘zining yangi logotipini taqdim etdi
14 sentabr 2024, 13:00

Hamkorbank o‘zining yangi logotipini taqdim etdi

Hamkorbank bankning transformatsiyasi va uning zamonaviy moliyaviy yechimlarga intilishini aks ettiruvchi yangi logotipni taqdim etdi.

Isroil Adxamov Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
14 sentabr 2024, 11:49

Isroil Adxamov Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Isroil Adxamov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi. U mazkur tizimga kiritilgan yangi lavozimda kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishiga mas’ul bo‘ladi.

O‘zbekistonga Rossiya, Tojikiston va Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kirishga uringanlar qo‘lga olindi
14 sentabr 2024, 11:22

O‘zbekistonga Rossiya, Tojikiston va Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kirishga uringanlar qo‘lga olindi

DXX chegara qo‘shinlari xizmatchilari Rossiya, Tojikiston va Qirg‘iziston mamlakatlaridan O‘zbekistonga olib kelingan giyohvand moddalarni to‘xtatib qoldi. Mazkur holatlarda qo‘lga olingan gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sheroboddagi hibsxonada mahbuslar uchun yetarli sharoitlar yaratilmagani aniqlandi
13 sentabr 2024, 23:54

Sheroboddagi hibsxonada mahbuslar uchun yetarli sharoitlar yaratilmagani aniqlandi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasida mahbuslarga yetarli sharoitlar yaratilmagan, deya ombudsman monitoring natijalarini e’lon qildi. Kameralarda qator jihozlar yetishmaydi, choyshab va yostiq jildlari ham monitoring kuni almashtirilgan, yuvinish xonalari gigiyenaga javob bermaydi.

Farg‘onadagi gaz “zapravka”da avtobus yonib ketdi
13 sentabr 2024, 23:36

Farg‘onadagi gaz “zapravka"da avtobus yonib ketdi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi gaz quyish shoxobchasida Isuzu avtobusining dvigatel qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi, jarohatlanganlar yo‘q.

Samarqandda “Omonqo‘ton” bog‘iga noqonuniy kirib, daraxtlarni kesganlar tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi
13 sentabr 2024, 22:27

Samarqandda “Omonqo‘ton” bog‘iga noqonuniy kirib, daraxtlarni kesganlar tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Samarqand viloyatidagi “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘iga ekskavator va buldozerlar bilan noqonuniy kirib, jami 64 ta daraxt va butaga zarar yetkazgan hamda Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni payhon qilgan shaxslar tabiatga 1 mlrd 115 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.

Toshkent hokimi qishga tayyorgarlik ko‘rishga oid farmoyishni imzoladi. Nimalar rejalashtirilyapti?
13 sentabr 2024, 21:31

Toshkent hokimi qishga tayyorgarlik ko‘rishga oid farmoyishni imzoladi. Nimalar rejalashtirilyapti?

Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlashga doir farmoyishni imzoladi. Gaz, elektr, suv va issiqlik tarmoqlari, uylar, qozonxonalarni ta’mirlash rejalashtirilmoqda. Bu maqsadlar uchun 732,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
13 sentabr 2024, 20:55

JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi

Daniyaning Bavarian Nordic A/S kompaniyasining MVA-BN vaksinasi dastlabki kvalifikatsiyadan o‘tdi va maymunchechakka qarshi birinchi dori bo‘ldi, deb xabar qildi JSST.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting