Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi
18 sentabr 2024, 10:15

Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi

Chorshanba kuni soat 10:00 dan Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi. Yo‘lda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida burg‘ilash va portlatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Toshkentdagi mebel korxonasida yong‘in chiqdi (video)
18 sentabr 2024, 09:32

Toshkentdagi mebel korxonasida yong‘in chiqdi (video)

Olmazor tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in ro‘y berdi. Jarayon poytaxt FVB boshlig‘i nazoratida salkam 1,5 soatda bartaraf etildi.

Mobiuz ICT Expo 2024`da 5G Calling va VoWiFi`ni namoyish etmoqda
18 sentabr 2024, 09:00

Mobiuz ICT Expo 2024`da 5G Calling va VoWiFi`ni namoyish etmoqda

Mobiuz mobil operatori barchani 17−20-sentabr kunlari AKT haftaligi, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma bo‘lib o‘tayotgan CAEx majmuasiga taklif qilmoqda.

Futzal JCH: O‘zbekiston Paragvayga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
17 sentabr 2024, 23:18

Futzal JCH: O‘zbekiston Paragvayga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston termasi o‘zi mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Paragvayga yirik — 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, mundial pley-offga chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi. Paragvaydan tashqari Tailand va Braziliya ham nimchorak finalga chiqib bo‘ldi.

Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasi o‘zbekistonliklarni ishga jalb qila boshlaydi
17 sentabr 2024, 23:12

Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasi o‘zbekistonliklarni ishga jalb qila boshlaydi

Germaniya temiryo‘llarida (Deutsche Bahn) ishlamoqchi bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonning o‘zida nemis standartlari asosida germaniyaliklar tomonidan kasb va tilga o‘qitiladi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tganlar ishga joylashtiriladi.

Toshkentda hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi
17 sentabr 2024, 22:58

Toshkentda hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi

Toshkent shahrida nemis tibbiy-ta'lim dasturlari asosida “Hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi” tashkil etiladi. Muassasa bir yil davomida kasb va tilga o‘qitib, diplom va Germaniyada ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikat beradi.

Londondagi Oksford-strit piyodalar hududiga aylantiriladi
17 sentabr 2024, 21:38

Londondagi Oksford-strit piyodalar hududiga aylantiriladi

London meri Sodiq Xon shaharning asosiy savdo ko‘chasi hisoblanadigan Oksford-stritni piyodalar hududiga aylantirish rejasini e’lon qildi. Shu yo‘l bilan rasmiylar aholi va sayyohlar uchun sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, iqtisodiy faollikni oshirishni istamoqda.

Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismi 18 kunga yopiladi
17 sentabr 2024, 21:24

Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismi 18 kunga yopiladi

Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli va Nukus ko‘chalari bilan kesishmalari oralig‘ida yerosti kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari olib boriladi. Shu sabab 18-sentabrdan 5-oktabrga qadar ushbu hudud avtomobillar uchun yopiladi.

USAID O‘zbekiston iqtisodiyotining to‘rtta tarmog‘idagi loyihalarga grantlar ajratadi
17 sentabr 2024, 20:46

USAID O‘zbekiston iqtisodiyotining to‘rtta tarmog‘idagi loyihalarga grantlar ajratadi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi to‘qimachilik, turizm, yashil iqtisodiyot va AKT sohalaridagi loyihalarni grantlar bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Xotin-qizlar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga doir loyihalarga alohida e’tibor qaratiladi.

Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida YTH yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi uxlab qolgan
17 sentabr 2024, 20:28

Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida YTH yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi uxlab qolgan

Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt avtomashinasi katta tezlikda temir to‘siqqa borib urildi. IIBBning ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi rulda uxlab qolgan. Kameralar yo‘qligi haqidagi xabarlarga javoban ko‘chada ko‘chma radarlardan foydalanilayotgani aytildi.

23-sentabrdan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun arizalar qabul qilish boshlanadi
17 sentabr 2024, 18:14

23-sentabrdan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun arizalar qabul qilish boshlanadi

23-sentabr kuni soat 09:00 dan maqsadli parametrlari doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Shuningdek, endi ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritish mumkin bo‘ladi.

Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 mln kishiga yetdi — WSJ
17 sentabr 2024, 17:01

Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 mln kishiga yetdi — WSJ

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi 2,5 yillik keng masshtabli urush davomida frontda halok bo‘lgan yoki yaralanganlar soni million kishiga yetdi, deb ma’lum qildi The Wall Street Journal.

O‘zbekistonga oq tovus va qirg‘ovullarni noqonuniy olib kirayotgan fuqaro to‘xtatib qolindi
17 sentabr 2024, 15:37

O‘zbekistonga oq tovus va qirg‘ovullarni noqonuniy olib kirayotgan fuqaro to‘xtatib qolindi

“G‘ishtko‘prik” chegara postida 22 dona qirg‘ovul va 5 dona Hindiston oq tovusini tegishli hujjatlarsiz olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi. Qushlar holatga aniqlik kiritilguncha Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.

O‘zbekiston va AQSh muhim foydali qazilmalar sohasida memorandum imzoladi
17 sentabr 2024, 15:28

O‘zbekiston va AQSh muhim foydali qazilmalar sohasida memorandum imzoladi

Toshkentda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Qayd etilishicha, ushbu hujjat geologiya-qidiruv va yuqori qiymatli mahsulotlar zanjirini yaratish yo‘lida ikki davlat muloqotini davom ettirishda muhim qadamdir.

O‘zbekistonda avgust oyida elektromobillar savdosi 2 baravar kamaydi
17 sentabr 2024, 15:17

O‘zbekistonda avgust oyida elektromobillar savdosi 2 baravar kamaydi

Avgust oyida yengil elektromobillar bozorida sotuvlar hajmi 1,7 ming donani tashkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan deyarli ikki baravar kam. Umumiy pasayishning 90 foizdan ortig‘i poytaxt ulushiga to‘g‘ri keldi, Toshkentda sotuvlar 66 foizga kamaydi. Umumiy avtomobil bozorida yillik pasayish davom etmoqda.

“O‘zbekiston Germaniya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor” — Shavkat Mirziyoyev
17 sentabr 2024, 14:51

“O‘zbekiston Germaniya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida mintaqa va Germaniya o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini qabul qilish, Yevropa bilan transport yo‘laklarini rivojlantirish, energetika bo‘yicha muloqotni yo‘lga qo‘yish kabilarni taklif qildi.

O‘zbekistonda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish rejalashtirilmoqda
17 sentabr 2024, 14:13

O‘zbekistonda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish rejalashtirilmoqda

Deputatlar chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish ko‘zda tutilgan qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun bilan hayvonlarni hisobini yuritish, hayvonlarning nasli bilan bog‘liq va ularning sog‘ligi to‘g‘risidagi yagona elektron tizim yaratilishi belgilanmoqda.

“Germaniya O‘zbekistondan 800 nafar hamshirani qabul qilmoqda, ulardagi ish haqi kamida 2200 yevro” — bandlik vaziri
17 sentabr 2024, 13:16

“Germaniya O‘zbekistondan 800 nafar hamshirani qabul qilmoqda, ulardagi ish haqi kamida 2200 yevro” — bandlik vaziri

Bandlik vaziri Behzod Musayev O‘zbekiston va Germaniya temiryo‘l transporti, avtobuslar uchun haydovchilarni, shuningdek, hamshiralarni tayyorlab berishga kelishib olgani haqida so‘zladi. Uning ta’kidlashicha, bu yil Germaniyaga 800 nafar o‘zbekistonlik hamshira yuborilmoqda, ularning ish haqi — kamida 2200 yevro.

Kontrafakt Imudon dorisini ishlab chiqargan korxona jarimaga tortildi
17 sentabr 2024, 12:57

Kontrafakt Imudon dorisini ishlab chiqargan korxona jarimaga tortildi

Anestpharma kompaniyasi kontrafakt Nest Imudon dori vositasini ishlab chiqargani aniqlandi. Uning nomi va qadoqlanishi asl Imudon`ga o‘xshaydi. Avvalroq kompaniya soxta Magne B6 ishlab chiqargani uchun javobgarlikka tortilgandi.

Shaxmat Olimpiadasida o‘zbekistonlik erkaklar jamoasi yana yutdi, ayollar durang o‘ynadi
17 sentabr 2024, 12:49

Shaxmat Olimpiadasida o‘zbekistonlik erkaklar jamoasi yana yutdi, ayollar durang o‘ynadi

Budapeshtdagi Olimpiadaning oltinchi turida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Isroilni mag‘lub etib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. Endi ular Ukrainaga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa Gollandiya bilan durang o‘ynadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting