Koronavirus bemorlari soni 8300 nafarga yaqinlashdi
30 iyun 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 8300 nafarga yaqinlashdi

Koronavirus bemorlari soni 76 nafarga ortib, jami 8298 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 23 nafari Toshkent viloyatida va 9 nafari Toshkent shahrida aniqlandi. Shundan 8 nafari aholi orasida qayd etildi.

Kun davomida 274 kishida koronavirus aniqlandi
29 iyun 2020, 23:54

Kun davomida 274 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni kun davomida 274 taga oshdi va jami 8222 taga yetdi. Toshkent shahri, Buxoro va Jizzax viloyatlarida 30 ta holatda infeksiya aholi orasida qayd etildi.

Yana bir koronavirus bemori vafot etdi
29 iyun 2020, 23:18

Yana bir koronavirus bemori vafot etdi

Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan 72 yoshli bemor vafot etdi. Bu kun davomidagi ikkinchi o‘lim holati bo‘lib, jami olamdan o‘tganlar 24 nafarga yetdi.

Toshkentni rivojlantirish loyihalariga 1 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda
29 iyun 2020, 18:56

Toshkentni rivojlantirish loyihalariga 1 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihasiga 1 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda. Xususan, poytaxtda 656 km piyodalar va velosiped yo‘llarini qurish, Ishbilarmonlik markazlari va biznes-inkubatorlari tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi
29 iyun 2020, 17:59 3

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun alohida organ tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi prezidentga bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisob beradi.

Seshanba kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
29 iyun 2020, 17:45

Seshanba kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Seshanba kuni tog‘ va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Hafta o‘rtasida ko‘tarilgan harorat dam olish kunlariga borib bir oz pastlaydi.

Buxoroda 58 yoshli ayol koronavirus asoratlaridan vafot etdi
29 iyun 2020, 17:20

Buxoroda 58 yoshli ayol koronavirus asoratlaridan vafot etdi

Buxorolik koronavirus infeksiyasiga chalingan 58 yoshli ayol o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda ushbu infeksiya asoratlaridan vafot etganlar soni 23 nafarga yetdi.

Koronavirus holatlari 168 taga oshdi (jami — 8199)
29 iyun 2020, 17:03

Koronavirus holatlari 168 taga oshdi (jami — 8199)

O‘zbekistonda yana 168 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 8199 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining 151 tasi karantin markazida qayd etildi. Jizzax viloyatida ham COVID-19 holatlari soni oshdi.

Ozodbek Nazarbekov “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi
29 iyun 2020, 16:50

Ozodbek Nazarbekov “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va gumanitar hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni berildi.

Toshkent shahri bo‘yicha 87 ta hudud “sariq”, 99 ta hudud “qizil”ga kiritilgan
29 iyun 2020, 16:23

Toshkent shahri bo‘yicha 87 ta hudud “sariq”, 99 ta hudud “qizil"ga kiritilgan

Toshkent shahri bo‘yicha 333 ta “yashil”, 87 ta “sariq” va 99 ta “qizil” mahalla, mavze va daha hududlari bo‘ylab karantin va profilaktik tadbirlar belgilangan.

Boykot sababli Facebook rahbari Sukerberg $7 mlrd yo‘qotdi
29 iyun 2020, 14:40

Boykot sababli Facebook rahbari Sukerberg $7 mlrd yo‘qotdi

Dunyodagi bir qator yirik kompaniyalar Facebook ijtimoiy tarmog‘iga qarshi uyushtirgan boykotdan so‘ng kompaniya aksiyalari 8,3 foizga tushib ketdi. Mark Sukerberg esa 7,2 mlrd dollar yo‘qotdi.

Surxondaryoda ikki kishi YTH oqibatida vafot etdi
29 iyun 2020, 14:22

Surxondaryoda ikki kishi YTH oqibatida vafot etdi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida Matiz va VAZ-2101 rusumli avtomobillar to‘qnashishi oqibatida ikki kishi, shu qatorida voyaga yetmagan shaxs vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Buxoroda 1 iyuldan karantin choralari kuchaytiriladi
29 iyun 2020, 13:41

Buxoroda 1 iyuldan karantin choralari kuchaytiriladi

Buxoro viloyatda aholi orasida koronavirus infeksiyasi ko‘payib borayotgani sababli Buxoroda 1 iyuldan noma’lum muddatga qadar jamoat transportlari soni va harakatlanish vaqti vaqtincha cheklanadi hamda buyum bozorlari faoliyati to‘xtatiladi.

Markaziy bank ikkita bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi
29 iyun 2020, 12:34

Markaziy bank ikkita bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi

Markaziy bank 2020 yilning birinchi yarim yilligida «Agrobank» va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilish holatlarini aniqladi. Shu sababli ushbu banklarga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Rossiyada patent olish uchun koronavirusga test topshirish talabi qo‘yildi
29 iyun 2020, 11:51

Rossiyada patent olish uchun koronavirusga test topshirish talabi qo‘yildi

Endilikda xorij fuqarolari Rossiyada patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishga ariza berishda COVID-19 uchun tekshiruvdan o‘tishlari shart qilib qo‘yildi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
29 iyun 2020, 11:36

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi deyarli 1 so‘mga qimmatlab, jami 10 173 so‘m etib belgilandi.

Tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi
29 iyun 2020, 10:21

Tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi

Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent «sariq» hududda qoldi.

Koronavirus bemorlari soni 8000 nafardan oshdi
29 iyun 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 8000 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 83 nafarga ortib, jami 8031 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 47 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 32 nafari Toshkent shahrida va 4 nafari Jizzax viloyatida aniqlandi. Shundan 18 nafari aholi orasida qayd etildi.

Ohangarondagi do‘konlarning birida kelib chiqqan yong‘in bartaraf etildi
29 iyun 2020, 09:52

Ohangarondagi do‘konlarning birida kelib chiqqan yong‘in bartaraf etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ohangaronda ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi do‘konda kelib chiqqan yong‘in bartaraf etilganini ma’lum qildi. Kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlangan fuqarolar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.

Toshkentda koronavirusga chalingan shifokor vafot etdi
28 iyun 2020, 19:42 1

Toshkentda koronavirusga chalingan shifokor vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan shifokor miokard infarktidan vafot etdi. U Yuqorichirchiq karantin markazida faoliyat ko‘rsatayotgan edi. Bu mamlakatda COVID-19 ga chalingan tibbiyot xodimlari orasidagi birinchi o‘lim holatidir.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting