Namangan shahar kengashi deputati qamalmaganlargina gaz va elektr muammolaridan noliyotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, qamoqda bo‘lganlar erkinlik va tinchlikning qadriga ko‘proq yetadi, ular uchun «gaz-svet muammosi ahamiyatsiz». Bu post sabab ko‘tarilgan shov-shuvlar ortidan uning deputatlik vakolati tugatildi.
7 dekabr kuni BAAning Air Arabia kompaniyasi «Abu-Dabi — Toshkent — Abu-Dabi» yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni amalga oshirdi. Aviakompaniya parvozlarni yo‘lga qo‘yish uchun 2020 yilning sentabrida ruxsatnoma olgan edi. Mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar Airbus-320−214 havo kemalarida amalga oshiriladi.
Qozog‘istonga tegishli kompaniya Afg‘onistondagi Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘lini boshqarish huquqiga ega chiqdi. Uning boshqaruvi 2011 yildan beri «O‘zbekiston temir yo‘llari» sho‘ba korxonasida edi. Yangi kompaniya avvalgidan 5 baravar uzunroq liniyaga deyarli 4 baravar arzonroqqa xizmat qiladi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov elektr iste’moli oshishi hisobiga mamlakatda yana takroran «blekaut» bo‘lish xavfi bor-yo‘qligi haqida gapirdi. Vazir bunday xavf doim mavjudligini ta’kidlab, «agar cheklovlar kiritilmasa, bu energiya tizimi izdan chiqishiga olib kelishi» mumkinligi haqida ogohlantirdi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan prezident farmoniga ko‘ra mamlakat tarixida ilk bor 400 ga yaqin mahkum afv etildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.
Milliy turoperator Maldivdagi hamyonbop o‘yin-kulgilar, turpaketlar narxi haqida so‘zlab berdi va nima uchun orollar xavfsiz dam olish joyi ekanligini tushuntirdi.
O‘zbekistonda energiya resurslari tanqisligi tashqi omillar bilan emas, balki ichki iste’mol va iqtisodiyotning o‘sishi bilan bog‘liq, dedi energetika vaziri. Mamlakat qo‘shnilardan gazni «qandaydir alyans yoki ittifoq» orqali emas, balki tijorat shartnomasi doirasida import qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.
6 dekabrdan «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekat yana ishga tushdi. U 21 noyabr kuni «Qo‘yliq» dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning qolip konstruksiyalarini demontaj va montaj ishlari sabab yopilgandi.
Davlat xizmatiga qabul qilingan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Bu bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
6 dekabrdan boshlab mol-mulkni ijaraga berish, qarz shartnomalarini tasdiqlash, avtomobilni boshqarish uchun ishonchnoma olishda to‘lanadigan davlat boji miqdori kamaytirildi. Shuningdek, garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun tabaqalashgan davlat boji yagona stavka miqdorida belgilandi.
“O‘zgidromet” markazi 9−12-dekabr kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida anomal past harorati bo‘lishini ma’lum qildi. 9−10 dekabrda shimolda havo harorati -24 darajagacha pasayishi mumkin.
Toshkent, Andijon, Buxoro va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda jami narxi 200 mln so‘mdan ziyod pirotexnika vositalarining savdosi aniqlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan tegishli moddalar bilan ish ochildi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy gaz ehtiyoji ortgani bois gaz «zapravka»lar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Samarqandda IIB xodimi pogonini o‘zi yulib, ayol kishini qasddan ayblashga uringandi, sud ham buning uchun ayolga chora ko‘rgandi. IIV o‘z xodimiga nisbatan hujjatlarni prokuraturaga yuborgandi. «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, IIB xodimlarining harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmagan.
Qarshi shahrida Cobalt piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan voyaga yetmagan fuqaroni urib yubordi. Haydovchi yo‘lovchiga yordam ko‘rsatmay voqea joyidan qochib ketgani aytilmoqda. Jabrlanuvchi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Hozirda viloyat miqyosida avtomashinani qidirib topish ishlari olib borilmoqda.
Birja savdolaridagi benzin narxi o‘sishi 10 kundan keyin AYoQSHlardagi narxlarga ta’sir qilishi mumkin. Biroq ayrim hududlarda allaqachon Ai-80 benzini narxi oshmoqda. Antimonopoliya qo‘mitasi benzinga talab oshgan vaqtda narxni asossiz oshirayotgan AYoQSHlarga tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qildi.
6 dekabr, seshanba kuni O‘zbekistonda 157 (bir kun avval 120) kishida koronavirus aniqlanib, ularning 106 nafari Toshkent shahrida qayd etildi.
Tijorat banklari 7 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarni 11 250 − 11 310 so‘m oralig‘ida sotib olmoqda. Sotish kursi esa 11 330 − 11 340 so‘m.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonda energiya ta’minotidagi uzilishlarga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi ob-havo sharoitida rejali, tizimli cheklovlar kiritgan holda vaziyatdan chiqib ketilmasa, bundan-da jiddiyroq talofatlar ko‘rilishi mumkinligini ta’kidladi.
Toshkent IIBB xodimlari bir sutkada doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan 25 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatdi. Ular oziq-ovqat va issiqlik bilan ta’minlandi, ba’zilari tibbiy yordamga muhtoj edi. Fuqarolardan yordamga muhtoj odam aniqlansa, 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘raldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting