Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi.
Koronavirus bemorlari soni 51 nafarga ortib, jami 7228 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 22 nafari Xorazm viloyatida, 7 nafari Sirdaryo viloyatida va 1 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi. Shulardan 11 nafari aholi orasida aniqlangan.
Liverpul muddatdan avval Angliya chempioni bo‘ldi. Chempionatning 31-turidan o‘rin olgan Chelsi-Manchester Siti o‘yinida londonliklar 2−1 hisobida g‘alaba qozonganligi sababli, Liverpul 23 ochkoga o‘zib ketdi. Mersisaydliklar uchun chempionatdagi g‘alaba 1990 yildan birinchisi bo‘ldi.
O‘zbekistonda kun davomida 276 kishida koronavirus aniqlanib, yana bir rekord qayd etildi. Jami holatlar 7177 taga yetdi. 6 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.
O‘zbekistonda kun davomida 192 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Jami tuzalganlar soni 4877 nafarga yetdi.
Toshkentdagi bir qator xususiy klinikalar koronavirus uchun test o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Ularning shu haftadan mazkur xizmatni ko‘rsatishni boshlashi kutilmoqda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi dunyo YAIM pasayishi avval prognoz qilingan 3 foizdan 4,9 foizigacha pasayishini ma’lum qildi. Koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyotiga kutilganidan ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatgani bildirildi.
Yangiyo‘l tumanidagi Global Comsco Daewoo qog‘oz ishlab chiqarish zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Korxona ichidagi 5 ming kv. m maydonda yong‘in kelib chiqqan, jabrlangan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot kelib tushgani yo‘q.
O‘zini o‘zi band qiluvchilarni ro‘yxatga olish osonlashadi, ko‘p qavatli bino quruvchilariga bojxona imtiyozlari beriladi, tug‘ilish va o‘lim haqidagi ma’lumotlarning elektron almashivi majburiy bo‘ladi, noshirlik uchun litsenziya bekor qilinadi — 1 iyuldan kuchga kiradigan o‘zgarishlar.
O‘zbekistonda yana 97 kishida koronavirus aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 7087 taga yetdi. Kasallanish holatlarining 65 tasi karantin markazlarida, 26 tasi Toshkentda aniqlandi.
Sergelida qurilayotgan metro ko‘prigidan tushgan beton bo‘lagi Afrosiyob oynasiga zarar yetkazdi. Maxsus nasos orqali quyilgan beton qotmagani sababli uning bir bo‘lagi poyezd ustiga tushgan.
Xotin-qizlarga ajratilgan to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Unga ko‘ra, xotin-qizlarga oliy ta’lim muassalariga tavsiyanoma asosida kirish uchun Respublika bo‘ylab qo‘shimcha 940 ta grant joyi ajratildi.
24 iyun kuni aholi orasida 31 kishida koronavirus tasdiqlanib, shundan 18 nafari Toshkentda aniqlandi. Jumladan, obodonlashtirish muassasasi xodimi, bojxonachi, uy bekasi va boshqalarning infeksiya yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi.
FVV respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjudligini ma’lum qildi.
Barcha IIO hududiy bo‘linmalarida uzluksiz video va ovozni yozib oluvchi jami 497 ta so‘rov xonalari tashkil etilishi belgilandi.
Marg‘ilonda Cobalt qatnov qismini kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubordi. Fuqaro tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 500 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha qarorni ma’qulladi. Ushbu mablag‘lar koronavirus pandemiyasi va global inqirozning mamlakat iqtisodiyotiga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Surxondaryo viloyati Denov shahrida vafot etgan bemorda koronavirus infeksiyasi bo‘lganligi tasdiklandi. Tuman hokimligi bemor koronavirusdan 20 iyun kuni vafot etganini ma’lum qilgandi, biroq keyinroq xabarni o‘chirib tashlagan. SSV bemorning koronavirus bilan og‘riganini faqat 5 kundan keyin tasdiqladi.
O‘zbekiston biofizikasining asoschilaridan biri, Fanlar akademiyasi akademigi Bekjon Toshmuhamedov 85 yoshida olamdan o‘tdi.
Qurilish vazirligi Qarshidagi binoning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar qulashi bo‘yicha munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, “Nasaf-Travel” kompaniyasiga tegishli ob’ektidagi qurilish ishlari ro‘yxatga olinmasdan, noqonuniy olib borilgani ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting