Daniyaning Bavarian Nordic A/S kompaniyasining MVA-BN vaksinasi dastlabki kvalifikatsiyadan o‘tdi va maymunchechakka qarshi birinchi dori bo‘ldi, deb xabar qildi JSST.
O‘zbekiston va Qozog‘iston HHK havo hududini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar doirasida havo mudofaasi vositalaridan birgalikda foydalanish, shuningdek, jangovar ekipajlarning qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘mondonlik va boshqaruv punktlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqdi.
Prezident Parij paralimpiadasi sovrindorlari bilan uchrashuvda 2028-yilgi o‘yinlarga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish kerakligini aytdi. “Kelgusi Paralimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi”, — dedi u.
Avgustda O‘zbekiston aholisiga sezilgan inflyatsiya 13,6 foizgacha o‘sdi, deb xabar berdi MB. Go‘sht va sut, benzin, metan va propan, neft narxlari keskin oshganini aytgan respondentlarning ulushi sezilarli darajada ortdi. Iyuldagi so‘rovnomada narxlar yuqorilashi bo‘yicha elektr va gaz birinchi o‘rinni egallagandi.
O‘zbekiston aholisi va biznesining yonilg‘i hamda energoresurslar narxlari oshishidan xavotirlari kuchaydi. Markaziy bankning inflyatsion kutilmalar bo‘yicha so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, ular, shuningdek, kommunal xizmatlar narxining o‘sishi va valyuta kursining o‘zgarishini kutmoqda.
Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida tashqi reklama konstruksiyalari orqali bukmekerlik tovar belgisi ko‘rsatilgani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi reklamani joylashtirgan agentlikka nisbatan moliyaviy jarima qo‘lladi.
O‘zbekiston terma jamoasi Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida medallar hisobi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Jamoa 11 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza — jami 34 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Futzal bo‘yicha FIFA-2024 jahon chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan Humo Arena yonidagi ko‘chalarda transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.
Andijon shahridagi maktabda darsga kech qolgan qizlar jismoniy mashq qilishga majburlandi. O‘quvchilarni shu tarzda “jazolagan” maktabning mas’ul xodimiga intizomiy chora qo‘llandi.
Oltita kinopremyera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlari, Koreya madaniyatining “Chxusok 2024” festivali, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkalari, Rayhonning bepul konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, bolalar uchun mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Toshkentda 3−12-sentabr kunlari kreativ yoshlarning RE/Generation birinchi art-festivali o‘tkazildi. 6000 kvadrat metrdan ziyod maydonda yuzlab san’at namunalari namoyish etildi. “Gazeta.uz” ko‘rgazmadan fotoreportaj tayyorladi.
O‘zbekiston JSTga kirish doirasida 18 davlat bilan muzokaralarni yakunladi, ulardan 14 tasi bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzoladi. 12-sentabr kuni Braziliya va Shri-Lanka bilan protokol imzolangan bo‘lsa, 13-sentabr kuni Argentina bilan muzokaralar yakunlandi.
Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi. Bunda chegaraga daryo o‘zanlari, ularning sohilbo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi Olimpiadaning ikkinchi turida Misr terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Ayollar terma jamoasi Angola vakillarini mag‘lub etdi.
Raqobat qo‘mitasi UzAuto Motors va PSM-Avtosavdo dileriga qarshi ish qo‘zg‘atdi. Avvalroq Chevrolet Lacetti egasi avtomobil xarid qilinganidan 5 oy o‘tib, nosozlik tufayli yonib ketgani haqida xabar bergan. Ishlab chiqaruvchiga ushbu rusumdagi 38 ta mashinani qaytarib olish yuklatildi.
Markaziy bank United Payment Solution to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi. Sababi u litsenziya olgan kundan boshlab bir yil davomida faoliyat yuritmagan.
Transport, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari va ularning tizim tashkilotlarida 107 nafar boshqaruv xodimlari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi aniqlandi.
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Omonboyevaga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud 18-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. U juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik bola Toshkentga olib kelinib, buvisiga topshirildi. Bolaga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp demokratlardan raqibi Kamala Harris bilan bo‘lgan debatda g‘olib chiqqanini aytib, u bilan boshqa debat o‘tkazmasligini ma’lum qildi. “Harris o‘tgan 4 yilda qilishi kerak bo‘lgan ishlarga e’tibor qaratishi kerak”, degan Tramp “Uchinchi debat bo‘lmaydi!” — deb ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting