Germaniya kansleri Olaf Shols yakshanba kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Samarqand shahri aeroportida uni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Registon maydonida esa prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Yakkasaroy tumanidagi Pushkin haykali o‘rnatilgan xiyobonda zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etiladi. 2,5 gektardan iborat mazkur hududdagi haykal, favvora va barcha daraxtlar saqlab qolinadi. Shuningdek, Shota Rustaveli ko‘chasining 1,8 km qismi 24/7 rejimidagi gastronomik ko‘chaga aylantirilmoqda.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning to‘rtinchi turida Vetnam terma jamoasidan ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ayollar jamoasi yuqori baholangan Bolgariya termasini mag‘lub etib, g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda.
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi. Marhumaning 10 ga yaqin she’riy kitoblari nashr etilgan. Ayniqsa, 2011-yilda yozilgan “O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin” she’ri mashhur.
“Tashabbusli budjet”ning 2024-yildagi 2-mavsumida yuqori ovoz to‘plab, yuta olmagan yana 177 ta tashabbus g‘olib loyihalar ro‘yxatiga qo‘shildi (shu vaqtgacha 1772 ta loyiha g‘olib bo‘lgandi). Ularni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
O‘zbekiston tarixda ilk bor FIFA musobaqasiga mezbonlik qilmoqda — 14-sentabrda Toshkent va Buxoroda futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston 1-turda Niderlandiya bilan durang o‘ynadi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi. Foto, video.
15−16-sentabr kunlari Germaniya kansleri Olaf Shols rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Uning mamlakatga ilk tashrifi davomida Samarqandda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev va kansler ishtirokida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy ishlab chiqaruvchisi va distribyutori ADM Global 12-sentabr kuni yangi Tiggo 8 Pro Max, Tiggo 7 Pro va Arrizo 6 Pro avtomobillari taqdimotini tashkil qildi.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning uchinchi turida Xorvatiya terma jamoasini mag‘lub etdi. Ayollar terma jamoasi raqiblari reytingi yuqori bo‘lishiga qaramay, musobaqa mezboni Vengriya ustidan g‘alaba qozondi.
Hamkorbank bankning transformatsiyasi va uning zamonaviy moliyaviy yechimlarga intilishini aks ettiruvchi yangi logotipni taqdim etdi.
Isroil Adxamov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi. U mazkur tizimga kiritilgan yangi lavozimda kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishiga mas’ul bo‘ladi.
DXX chegara qo‘shinlari xizmatchilari Rossiya, Tojikiston va Qirg‘iziston mamlakatlaridan O‘zbekistonga olib kelingan giyohvand moddalarni to‘xtatib qoldi. Mazkur holatlarda qo‘lga olingan gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasida mahbuslarga yetarli sharoitlar yaratilmagan, deya ombudsman monitoring natijalarini e’lon qildi. Kameralarda qator jihozlar yetishmaydi, choyshab va yostiq jildlari ham monitoring kuni almashtirilgan, yuvinish xonalari gigiyenaga javob bermaydi.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi gaz quyish shoxobchasida Isuzu avtobusining dvigatel qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi, jarohatlanganlar yo‘q.
Samarqand viloyatidagi “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘iga ekskavator va buldozerlar bilan noqonuniy kirib, jami 64 ta daraxt va butaga zarar yetkazgan hamda Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni payhon qilgan shaxslar tabiatga 1 mlrd 115 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.
Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlashga doir farmoyishni imzoladi. Gaz, elektr, suv va issiqlik tarmoqlari, uylar, qozonxonalarni ta’mirlash rejalashtirilmoqda. Bu maqsadlar uchun 732,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Daniyaning Bavarian Nordic A/S kompaniyasining MVA-BN vaksinasi dastlabki kvalifikatsiyadan o‘tdi va maymunchechakka qarshi birinchi dori bo‘ldi, deb xabar qildi JSST.
O‘zbekiston va Qozog‘iston HHK havo hududini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar doirasida havo mudofaasi vositalaridan birgalikda foydalanish, shuningdek, jangovar ekipajlarning qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘mondonlik va boshqaruv punktlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqdi.
Prezident Parij paralimpiadasi sovrindorlari bilan uchrashuvda 2028-yilgi o‘yinlarga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish kerakligini aytdi. “Kelgusi Paralimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting