AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp demokratlardan raqibi Kamala Harris bilan bo‘lgan debatda g‘olib chiqqanini aytib, u bilan boshqa debat o‘tkazmasligini ma’lum qildi. “Harris o‘tgan 4 yilda qilishi kerak bo‘lgan ishlarga e’tibor qaratishi kerak”, degan Tramp “Uchinchi debat bo‘lmaydi!” — deb ta’kidladi.
Prezident qarori bilan, bu yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi. Qomusiy olim sharafiga qurilgan yodgorlik majmualari mukammal ta’mirlanadi, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qayta nashr qilinadi, Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
SpaceX’ning Crew Dragon kemasi ekipajining ikki a’zosi ochiq koinotga chiqdi — tarixda ilk bor bu ishni professional bo‘lmagan astronavtlar tijorat missiyasi doirasida amalga oshirdi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida boshqaruv yo‘qotilishi oqibatida MAN yuk mashinasi ag‘darildi va pachoqlanib ketdi. Haydovchiga birinchi yordam ko‘rsatildi, jarohatlanganlar yo‘q.
Apreldan buyon propan birja narxlari ikki baravar — tonnasi deyarli 9,3 mln so‘mgacha oshdi, bir litr yonilg‘i esa — 4500 dan 6000−7000 so‘mgacha. Raqobat qo‘mitasi kutilayotgan narx oshishi haqida Energovazirlikni xabardor qilgan. “Gazeta.uz” suyultirilgan tabiiy gaz narxining oshishi sabablarini tushunishga urindi.
Xorazm viloyatida 12−13-sentabr kunlari MO davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 5 ta davlat parlamentlari vakillari o‘zaro aloqalarni faollashtirish, do‘stlik guruhlari va hamkorlik komissiyalari samaradorligini oshirishga kelishib oldi, bu bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiya TIV, IIV va razvedka xizmati rahbarlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi. Tomonlar siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirish, shuningdek, davlat idoralari shtatlarini kengaytirishga ikki yillik moratoriy kiritdi. Qaror davlat budjetining “xarajatlarini optimallashtirish"ga qaratilgan.
O‘zbekiston DXX va Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbarlari terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.
Rossiya Davlat dumasida mehnat muhojirlariga o‘z oilalarini mamlakatga olib kelishni taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlanmoqda. “Odam o‘zi ishlash uchun kelarkan, oila a’zolarini ham yetaklab kelishi mumkin emas”, — dedi duma spikeri Vyacheslav Volodin.
Mirzaoboddagi xususiy bog‘chada 2 yoshli bola nafas yo‘llari berkilib qolishi oqibatida vafot etgandi. Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, bolada tug‘ilganida aniqlangan kamqonlik kasalligini davolash choralari ko‘rilmagan. Holat bo‘yicha tibbiyot birlashmasi, shifokorlik punkti va bog‘cha mas’ullariga jinoyat ishi ochildi.
O‘zbekiston suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari tomonidan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu mablag‘larning 405 mln so‘miga federatsiya bosh kotibi oila a’zolari Turkiyaga dam olish uchun jo‘natilgani aniqlandi.
Mirobod tuman sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va yana 49 kishining ishini yopiq rejimga o‘tkazdi, biroq bir necha advokatlar va sudlanuvchilar bunga qarshi chiqdi. Sudya bunga sabab sifatida sudda “xizmat doirasidan foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar yangrashini” aytdi.
Germaniyaning STO fasad va interer yechimlari ishlab chiqaruvchisi Toshkentdagi yangi shourumida 10 foizlik chegirma bilan innovatsion materiallarni taklif etadi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Qirg‘iziston ustidan haqli ravishda g‘alabaga erishilgani, shu bilan birga, futbolchilarning “ayrim xatolari” haqida gapirdi.
Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida natijalarga erishgan sportchi hamda murabbiylardan bir guruhini orden va faxriy unvonlar bilan mukofotladi. Ro‘yxat.
Yil oxirigacha Yandex Uzbekistan Yandex Go xizmatlarini rivojlantirish va yangilarini ishga tushirish uchun 33 mln dollardan ortiq mablag‘ sarflamoqchi, dedi kompaniya rahbari. Sayohatlar, ovqat buyurtma qilish va 16 ta shaharga buyum hamda tovarlarni yetkazish bo‘yicha xizmatlar qamrovini oshirish reja qilinmoqda.
15−19-sentabr kunlari o‘tishi reja qilingan Toshkent xalqaro kinofestivali keyinga qoldirildi. Tashkilotchilarga ko‘ra, bu O‘zbekistonda kuzda xalqaro tadbirlarning ko‘p bo‘lishi va ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish davom etayotgani bilan bog‘liq. Festivalning yangi sanalari noma’lum.
Payshanba kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi ikkinchi chegara bojxona posti “Uchqo‘rg‘on” (qirg‘iz tomondan “Kensay”) ochildi. Mazkur nazorat-o‘tkazish punkti kuniga o‘rtacha 10 ming kishini, 500 dan ortiq yuk va 300 dan ortiq yengil avtomobilni o‘tkaza oladi.
Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida saqlab qoldi. Qayd etilishicha, iqtisodiyotdagi yuqori talab hamda ayrim turdagi oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxida kuzatilgan o‘sish sur’atlari pul-kredit sharoitlari qat’iyligini joriy darajada saqlab qolishni taqozo etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting