Ob-havo tufayli Crew Dragon kosmik kemasining parvozi 30 mayga qoldirildi. Amerikalik astronavtlar 2011 yildan beri ilk marotaba Rossiyaning «Soyuz» raketasida emas, Amerikaning SpaceX kompaniyasiga tegishli Crew Dragon kosmik kemasida Xalqaro kosmik stansiyaga otlanayotgan edi. Ushbu parvoz xususiy kompaniya tomonidan amalga oshirilgan birinchi uchuvchili parvoz bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda yana 14 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 3369 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining 7 tasi Buxoro viloyatida aholi orasida (Shofirkon tumanidagi bitta oila a’zolari) aniqlangan.
Prezident samarasiz ishlayotgan 711 ta korxonani tugatish, 262 ta korxonani qayta tashkil etish, shuningdek, 500 dan ziyod bozorlarni xususiylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Prezidentga “O‘zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan” loyihasi taqdim etildi. U birinchi bosqichda “yashil” hududlar o‘rtasida ichki turizmga ruxsat berish zarurligini ta’kidladi. Keyinchalik koronavirus jilovlangan davlatlar bilan turizm aloqalari tiklash rejalashtirilmoqda.
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida 23 yoshli ona ikki yashar o‘g‘lini boshqa bir ayolga 7700 dollarga sotayotganda ushlandi.
Farg‘ona viloyatida yuk mashinasi ikki yo‘lovchi — ota va bola minib ketayotgan eshak aravani bosib ketdi. Ota hodisa joyida halok bo‘ldi, o‘smir esa shifoxonaga yotqizildi.
26 may kuni havo harorati 40, cho‘l hududlarida esa 44 darajagacha ko‘tarilib, O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida ushbu kun uchun meteokuzatuvlar tarixidagi rekord daraja qayd etildi.
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida fuqaro daraxtlar kesilishiga moratoriy joriy etilishiga qaramasdan, avtoservis qurish maqsadida 35 tup qarag‘ay daraxtini kesib tashladi. Unga nisbatan jami 165,5 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima tayinlash haqida qaror qabul qilindi.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari 22 taga ko‘payib, jami 3355 taga yetdi. Yangi holatlar xorijdan kirib kelgan fuqarolar (16) va koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar (6) orasida aniqlangan. Kun davomida 65 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
O‘zbekistonda “Salomatlik” ordeni, “Sog‘lom turmush” medali va “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Ular koronavirus pandemiyasi davrida, tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat ko‘rsatganlarga, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga hissa qo‘shganlarga beriladi.
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida Lacetti haydovchisi mashinani orqaga boshqarayotib, 67 yoshli ayolni urib yubordi va hodisa joyidan qochib ketdi. Piyoda vafot etdi.
O‘zbekistonda birinchi chorakda ishsizlik 9,4 foizni tashkil qildi. Eng yuqori ishsizlik darajasi Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida — 9,8 foiz, eng past ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida — 7,8 foiz qayd etildi. Ishsizlar soni qariyb 1,4 mln kishini tashkil etmoqda.
Faqatgina xorijlik investorlarga berilayotgan preferensiyalar endilikda mahalliy xususiy sarmoyadorlarga ham taqdim etiladi. Ular o‘z hisoblaridan 25 mln dollarlik loyihani boshlasalar, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari byudjet hisobidan qilib beriladi.
May oyi o‘rtalarida Davlat moliyaviy nazorat departamenti koronavirusga chalingan bemorlarni davolayotgan yoki karantindagi shaxslarni kuzatayotgan tibbiyot xodimlariga 19,6 mlrd so‘mlik rag‘batlantirish pullarini to‘lash kechikkanini aniqladi. Bundan tashqari, ushbu ishda qatnashmayotgan xodimlarga ham pul to‘langani ma’lum bo‘ldi.
Donald Trampning Twitter dagi xabarlariga birinchi marotaba ishonchsiz bo‘lishi mumkinligi va qo‘shimcha tekshiruv kerakligi haqidagi maxsus belgi berildi. AQSH prezidenti Twitter ni so‘z erkinligini bo‘g‘ishda aybladi.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining hisobiga 7,44 trln so‘m kelib tushgan bo‘lsa, jamg‘arma xarajatlari esa 3,306 trln so‘mga teng bo‘ldi. Mablag‘larning katta qismi iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga va tibbiyot sohasiga yo‘naltirilgan. Suv ta’minoti va irrigatsiya tadbirlariga 504 mlrd so‘m sarflangan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan benzin mahsuloti importiga aksiz solig‘ini 5 foizdan 20 foizga oshirish yetarlicha iqtisodiy asoslantirilmagan va maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi.
Koronavirus bemorlari soni 43 nafarga ortib, jami 3333 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Navoiyda (35), Toshkent (6) va Namangan (2) viloyatlarida va Toshkent shahrida (4) qayd etildi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni kun davomida 75 taga o‘sib, 3290 taga yetdi. To‘qqizta yangi COVID-19 holati karantinga olinganlar orasida aniqlandi.
Samarqandda koronavirus infeksiyasiga chalingan 63 yoshli erkak o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 natijasida vafot etganlar soni 14 nafarga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting