Prezident qarori bilan 2021 yil 1 martdan Elektron retsept berish tizimi Toshkent shahridagi barcha tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarida tashkil etiladigan bo‘ldi.
Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 1 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, Olmazor tumanida yosh bolalarning olov bilan o‘ynashi oqibatida xonadonning 3 kv.m. maydoni yongan.
Qarshi shahrida yangidan barpo etilgan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Qashqadaryoda yashovchi erkak sobiq turmush o‘rtog‘i bilan aliment pullari nizosi bo‘yicha o‘zaro janjallashib, sobiq turmush o‘rtog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Dilbar G‘ulomova Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi «Agrobank» binosiga kelib, mast holda hech bir sababsiz uch xodimga pichoq bilan jarohat yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Orfan va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilash to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Nogironlar uyushmasi va «Gazeta.uz» kolumnisti Dilmurod Yusupov nogironlikni belgilash uchun tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari oldiga kirib borish uchun odamlar qanday jismoniy to‘siqlarni yengib o‘tishi kerakligini o‘rgandi.
2022 yilgi SHHT sammitiga tayyorgarlik doirasida Samarqandda Ro‘dakiy va Bo‘stonsaroy ko‘chalari chorrahasida avtomobil transporti va tramvaylar uchun tunnel qurilishi boshlandi.
O‘zbekistonning to‘rtta viloyatidan Xitoyga qovun eksport qilinadi.
Belarus elektrobusi Toshkentda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ilk qatnovni amalga oshirdi. Sinov uch oy davom etadi.
Timur Azamatov yetti oy o‘tib Mirzo Ulugbek Innovation Center direktori lavozimini tark etdi. Uning o‘rnini Doniyor Junaydullayev egalladi.
Oktyabrda Toshkentda ilk bor chek asosidagi yutuqli o‘yinlar o‘tkaziladi. Uning o‘tkazilishi uchun 1 mlrd so‘m ajratiladi.
Mo‘ynoq tumanida noqonuniy ov bilan shug‘ullanishda gumon qilingan besh kishini qo‘lga olish vaqtida ekoinspektorlar mashinasiga o‘q uzildi.
Atom elektr stansiyasi qurilishi uchun tanlangan Tuzkondagi maydoncha MAGATEning qurilishni so‘roq ostida qoldirishi mumkin bo‘lgan 15 ta noqulay omildan 14 tasidan holi ekani aniqlandi.
Toshkent hokimi G‘afur G‘ulom bog‘i rekonstruksiyadan keyin ham bepulligicha qolishi, tadbirkorlar faoliyatini davom ettirishi va birorta ham daraxt kesilmasligini ma’lum qildi.
Musulmonlar idorasida bezorilik qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingan blogerlar Rustam Karim va To‘lqin Astanov ustidan ochiq sud boshlandi.
Yangi o‘quv yilidan texnikumlar bitiruvchilari o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting