O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 934 taga yetdi.
Namanganda koronavirusga chalingan kassirning 6 ta mahallaga pul tarqatgani haqidagi xabarlar rad etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda videoyozuv orqali bu haqda ma’lum qilgan IIB xodimi esa ishdan bo‘shatildi.
Pandemiya oqibatlarini yumshatishga yana 100 mln dollar jalb qilinadi. Ushbu mablag‘larning katta qismi nafaqa oluvchi kam ta’minlangan, 14 yoshgacha farzandi bo‘lgan kam ta’minlangan oilalar sonini oshirish hamda bandlik markazlaridan ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz fuqarolarga ishsizlik nafaqasini to‘lashga yo‘naltiriladi.
Tojikistonda vaqtincha bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza hamda ro‘yxatda turish muddatlari epidemiologik vaziyat barqarorlashgunicha uzaytiriladi.
Amsterdam teatridagi chiqishi paytida o‘n metr balandlikdan qulab tushgan o‘zbekistonlik havo gimnastikachisi Kristina Vorobyova sog‘aymoqda. Biroq salomatligining to‘liq tiklanishi uchun yana ikki yil kerak bo‘ladi.
O‘zbekistonda koronavirus sababli naqd pul muomalasini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, barcha turdagi korxona va tashkilotlarda oylik ish haqi hamda pensiyalarning to‘liq bank kartalari orqali to‘lanishi belgilandi.
Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 2 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasidan jami 70 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Qashqadaryoda ikki nafar koronavirus bemori, jumladan 8 yoshli bola to‘liq sog‘aydi. Respublika bo‘yicha jami tuzalish holatlari 68 taga yetdi.
10 apreldan boshlab xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida «Ishonch telefoni» xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani hokimligi tashkil etildi. Tumanning butun hududi uchun «Hazorasp» EIZ imtiyoz va preferensiyalari amal qiladi.
O‘zbekistonga jo‘natilgan pul o‘tkazmalari aprelning dastlabki 8 ish kunida mart oyining mos davriga nisbatan 3 barobarga qisqargan. Mart oyida eksport tushumlari 10 foizga kamaygan. Markaziy bank izohiga ko‘ra, shu va boshqa sabablar AQSH dollarining so‘mga nisbatan almashuv kursi oshishiga olib kelmoqda.
Yomg‘ir yog‘ishi hafta o‘rtasigacha davom etishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda kunduzgi harorat +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi.
OPEK tashkilotiga a’zo davlatlar hamda a’zo bo‘lmagan OPEK+ guruhi davlatlari tarixiy bitimga ko‘l qo‘ydi. 1 maydan 30 iyungacha neft qazib olish kuniga 9,7 mln barrelgacha kamaytiriladi. 2022 yilga qadar bu ko‘rsatkichni 5,8 mln barrelgacha qisqartirish rejalashtirilmoqda. Bu safar Meksika ham bitimga qo‘shildi.
IIV Yoshlar ittifoqi a’zolari, TATU talabalari va ko‘ngilli yoshlardan vatanparvar blogerlar virtual guruhini tashkil etishni taklif qildi. Bu guruh ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy fikrlarni aniqlab, ularga qarshi murosasizlik muhitini yaratish bilan shug‘ullanadi. Yoshlar ittifoqi ushbu loyihani ishlab chiqishga mutlaqo aloqasi yo‘qligi, va bu bandni loyihadan chiqarib tashlashni so‘ragan.
Samarqand davlat tibbiyot instituti negizida tibbiyot universiteti tashkil etilishi mumkin. Samarqand viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasi negizida Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilishi kutilmoqda.
13 aprel soat 10:00 holatiga yana 31 kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 896 taga yetdi.
12 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 865 nafarni tashkil qilmoqda.
13 aprel soat 06:00dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani hududida transport va fuqarolarning harakatlanishi butunlay to‘xtatiladi. Istisno tariqasida yashash uyidan 100 metr atrofidagi savdo nuqtalariga kuniga bir marotaba chiqib, hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilishiga ruxsat beriladi.
Buxoroda to‘rt nafar, Xorazmda esa bir nafar koronavirus aniqlangan bemor sog‘aydi. Jami tuzalgan soni 66 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda yana 19 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 61 nafarga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting