O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 545 taga yetdi.
26 nafar shofirkonlik Uchquduqdagi oltin konida noqonuniy qazish ishlarini o‘tkazayotganda ushlandi. Ular niqobsiz bo‘lgani uchun qo‘shimcha javobgarlikka tortildi.
Chiroqchi tumanida Nexia avtomobilining daraxtga borib urilishi oqibatida ikki kishi hodisa joyida vafot etdi, jarohatlanganlar ham bor.
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonga qaytishni istamagan shaxslar mamlakat fuqaroligidan mahrum qilinishi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
Kuzga qadar Gaz-transport tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish dasturining bosh rejasi hamda O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazning birja savdolari asosidagi ulgurji bozorini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Markaziy bank kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham foizlar hisoblanishda davom etishini ma’lum qildi. Moliyaviy imkoniyati bo‘lgan qarzdorlarga o‘z kreditlarini belgilangan muddatlarda so‘ndirish tavsiya etildi.
Forbes 2020 yilning eng boy ayollari ro‘yxatini e’lon qildi. Uni Walmart merosxo‘ri Elis Uolton boshqarmoqda. Ro‘yxatdan 22 yoshli model, Amazon asoschisining sobiq rafiqasi va boshqalar ham o‘rin olgan.
Toshkentda o‘tkazilgan reydlar davomida bir kunda 468 ta avtomobilning stikersiz harakatlangani aniqlandi, ularning 271 tasida avtoulovlar jarima maydonchasiga joylashtirildi.
YeTTB koronavirus pandemiyasining O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sirini yumshatishga 220 mln dollar ajratadi. Viloyatlardagi kommunal korxonalar aylanma mablag‘larini ko‘paytirish uchun yana 100 mln dollar ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekiston va Rossiya koronavirus pandemiyasi ta’sirini hisobga olgan holda yangi iqtisodiy hamkorlik dasturini tayyorlashni rejalashtirmoqda.
7 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda umumiy 61 666 kishi koronavirusga test topshirgan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 534 taga yetdi.
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan 40 yoshli bemor o‘pka va yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi.
O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 520 taga yetdi.
O‘zbekistonda jamoat salomatligi va sanitariya-epidemiologiya nazorati yo‘nalishida alohida OTM tashkil etiladi. Bundan tashqari, Rossiya va Turkiya universitetlarining filiallari va klinikalari ham ochiladi.
2020−2021 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot sohasidagi bakalavriatning «Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Kasbiy ta’lim (davolash ishi)» yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida qabul kvotalari tuman va shaharlar kesimida shakllantiriladi.
Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi xalqaro sertifikatga ega tibbiyot yo‘nalishi talabalarining stipendiyalariga qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Shuningdek, PhD yoki DSc darajasini olgan shifokorlar oylik maoshlariga har oy MHTEKMning 15 baravarigacha ustama qo‘shiladi.
47 ta tibbiyot kolleji negizida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari tashkil etiladi. Texnikum bitiruvchilari tibbiyot OTMlariga imtihonsiz qabul qilinadi va bakalavrning 2- bosqichidan o‘qishni davom ettiradi.
Toshkentda Amir Temur haykalidan koronavirus qachon ketishini so‘rab, o‘z harakatlarini videoga olgan bir qiz va ikki yigitga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Forbes jurnali dunyo bo‘ylab 2020 yilning eng boy insonlarini e’lon qildi. Amazon asoschisi Jeff Bezos ketma-ket uchinchi yil uchun eng yuqori o‘rinni egalladi. Bezos bir yil ichida 18 mlrd dollar yo‘qotgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting