Istanbulda bo‘lib qaytgan namanganlik fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ayni paytda u Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Koronavirus bemorlari soni 60 kishiga yetdi.
26 martdan Namangan shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi. Ikki oy davomida kommunal xizmatlar va telefon aloqasi uchun qarzdorlar xizmatlardan uzilmaydi.
Xorijda bo‘lib qaytgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yana uch fuqaroda COVID-19 aniqlanib, holatlar soni 59 taga yetdi. 25 mart kuni jami 9 kishining virus yuqtirgani tasdiqlandi.
«Gazeta.uz» karantin davomida unumli vaqt o‘tkazishingiz uchun «Mazmunli karantin» loyihasini boshladi. Loyiha davomida o‘zbek tiliga tarjima qilingan TED chiqishlari va TED-Ed darslari taqdim etib boriladi.
Markaziy bank rubl va tengening qadrsizlanayotgani so‘mning almashinuv kursiga ta’sir ko‘rsatmayotgani sabablarini sanab o‘tdi. Xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning pasaygani, bank kreditlariga bo‘lgan talabning sezilarli darajada kamayishi shular jumlasidan.
Davlat mulki obyektlarini ijaraga olgan tadbirkorlar karantin sababli foydalanilmagan davr uchun ijara to‘lovidan ozod qilindi.
«Ijtimoiy fikr» so‘rov o‘tkazgan 54 foiz respondentlar oziq-ovqat mahsulotlari narxlari koronavirus sababli oshganini ma’lum qildi. Ayniqsa, Buxoro, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlari aholisi narx oshganini qayd etgan.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi Ai-92 markali benzin narxini 200 so‘mga pasaytirdi. Neft mahsulotlari narxi bosqichma-bosqich arzonlashishi kutilmoqda
Xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Jami bemorlar soni 56 nafarga yetdi.
Hozirda 55 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Ular orasida Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari va poytaxtdan bo‘lgan fuqarolar bor.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati chiqindi to‘kish joyidan tibbiy niqoblar yig‘ayotgan kishi bilan bog‘liq videoni o‘rganib chiqdi va tibbiy mahsulotlar qayta sotilmaganini ma’lum qildi. Vazirlik fuqarolardan foydalanilgan tibbiy niqoblarni imkon qadar yo‘q qilish yoki yaroqsiz holga keltirishni so‘radi.
Surxondaryo viloyatida ikki fuqaroning uyidan Qizil kitobga kiritilgan Buxoro qo‘yi va bo‘ri topildi. Jonivorlar Termiz hayvonot bog‘iga jo‘natildi.
Koronavirus sababli tadbirkorlarga Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish boshlandi. Sertifikatni bir kunda olish mumkin.
O‘zbekistonda karantin qoidalariga rioya qilmagan 64 kishi ma’muriy, 3 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi.
Toshkent IIBB markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari binolarida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining qabullari vaqtinchalik to‘xtatildi. Barcha murojaatlar elektron tarzda yoki telefon orqali qabul qilinadi.
«Ijtimoiy fikr» so‘rovi respondentlarining 75 foizdan ziyodi koronavirus to‘g‘risida to‘la darajada xabardor, qariyb 94 foizi infeksiya yuqish yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotga ega.
Prezident qarori bilan polkovnik Saidkarim Nishanbayev ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
24 martdan boshlab Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish idoralari fuqarolar qabulini to‘xtatdi. Avtomobilni texnik ko‘rikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan vaqtincha ma’muriy choralar ko‘rilmaydi.
Hindiston hukumati butun mamlakat bo‘ylab «mutlaq» karantin e’lon qildi, butun aholiga — qariyb 1,4 mlrd kishiga — har qanday sabab bilan uyni tark etish taqiqlandi.
Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, koronavirus bilan og‘rigan 13 nafar bemorda o‘pka yallig‘lanishi — pnevmoniya alomatlari kuzatilayapti, bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir. U bu kasallikdan hech kim kafolatlangan emasligini ta’kidlab o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting