Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qarshi tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev tayinlandi. Uning o‘rnini Maqsuda Mustafoyeva egallashi mumkin.
Volkswagen «Jizzax» EIZda yengil tijoriy avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Birinchi bo‘lib Volkswagen Caddy modeli savdosi shu yildan boshlanishi kerak.
Andijonda Asaka va Bo‘ston tuman hokimlari o‘zgardi. Yangi hokimlar — Inomjon Mamadaliyev va Sadbarxon Mamitova.
Xalq ta’limi vaziri va Toshkent hokimi Sirg‘ali tumanida yangi 329 va 330-maktablarni ochib berdi. Ular shu vaqtgacha uzoq maktablarda o‘qishga qatnashga majbur bo‘lgan 3360 nafar o‘quvchini o‘z bag‘riga oladi. Maktablar mutlaqo yangicha dizaynda barpo etilgan bo‘lib, laboratoriyalar, elektron kutubxonalar, sport zallari va maydonchalar bilan ta’minlangan.
O‘zbekiston harbiy prokuroriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Buxoro hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Senatda voyaga yetmaganlarni profilaktika hisobiga qo‘yish bo‘yicha vakolatni boshqa organlar, masalan Mahalla va oila vazirligi, XTV yoki Yoshlar ittifoqiga o‘tkazish taklif qilindi. IIV ushbu taklifni qo‘llab-quvvaladi.
Koronavirus bilan bog‘liq iqtisodiy xatarlar sababli AQSH 2008 yildan buyon ilk bor qayta moliyalash stavkasini favqulodda pasaytirdi.
MDH davlatlarida yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolari respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishlari mumkin.
1 martdan Yaponiya diplomatlari uchun 90 kun muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilandi.
Talabalar o‘qish pulini to‘rtga bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldi. “Byudjet” o‘rinlari ikki martaga ko‘payadi va o‘quv dasturlaridagi mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni qisqaradi.
Xitoydan Dubay orqali Toshkentga parvoz qilgan xitoyliklar tibbiy nazoratga olindi. Mahalliy aholi esa ularning karantinga olinmaganidan norozi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev ish faoliyatining ko‘p qismi hokimlar va rahbarlarni tartibga chaqirish bilan o‘tib ketayotgani, Mirishkorning zo‘ravon hokimi esa o‘z hatti-harakati bilan viloyat nomiga dog‘ tushirganini ma’lum qildi.
Mart oyida Seuldan Toshkentga to‘rtta aviareys tashkil etiladi. Yo‘lovchilar O‘zbekistonga yetib kelishi bilan ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.
Samarqand viloyati hokimi qarori bilan maktab va bolalar bog‘chalari joylashgan ko‘chalarda transport vositalari tezligi 30−50 km/s etib belgilandi.
Bugun maktablardagi 683 ta fizika, 897 ta kimyo, 901 ta biologiya xonasida o‘quv laboratoriyalar yo‘q. Prezident xalq ta’limi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda maktab laboratoriyalarini jihozlash va ulardagi mashg‘ulotlar sonini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Qo‘yliq bozori qarshisidagi gril tayyorlash va sotish do‘konida yong‘in kelib chiqdi. Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q.
1 apreldan Toshkent va poytaxt viloyatida ko‘chmas mulk sotib olish uchun doimiy propiska talab qilinmaydi. Propiska mexanizmlarini «raqamlashtirish» rejalashtirilmoqda, u bilan bog‘liq xizmatlar «yagona oyna» tamoyili bo‘yicha taqdim etiladi.
Advokat Otabek O‘rinov Shayxontohur tumani ma’muriy sudining sudyasi Sardor Rahmuddinov ajrimidan norozi bo‘lib, sudyani rad qildi. Sudya advokatning ovoz yozib olish to‘g‘risidagi iltimosini qanoatlantirmagandi.
4 martdan Farg‘ona — Olmaota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Harakat vaqti 22 soatni tashkil etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting