O‘zbekistonlik haydovchilar Eron-Turkmaniston chegarasida qolib ketdi
9 mart 2020, 12:34

O‘zbekistonlik haydovchilar Eron-Turkmaniston chegarasida qolib ketdi

Eron-Turkmaniston chegarasi yopilgani sababli 11 nafar o‘zbekistonlik haydovchi «Lutfobod» (Eron) chegara postida qolib ketdi. TIV vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.

«Hokimlar yerto‘lani tozalash bilan shug‘ullanadigan vaqt o‘tdi» — prezident
8 mart 2020, 16:12

«Hokimlar yerto‘lani tozalash bilan shug‘ullanadigan vaqt o‘tdi» — prezident

«Toshkentda juda katta resurslar bor. Hozircha ularning yarmidan ham foydalanilmayapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident hokimlar yerto‘la tozalashni bas qilib, tadbirkorlikni rivojlantirish bilan shug‘ullanish vaqti kelganini ta’kidladi.

Toshkent viloyatidagi bozorda yirik yong‘in sodir bo‘ldi
8 mart 2020, 10:30

Toshkent viloyatidagi bozorda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Parkent dehqon bozorida yirik yong‘in kelib chiqdi. Olovni bartaraf etishga 11 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 10 dan ortiq yordamchi texnika jalb qilindi.

«Ayollar ishtiroki institutlar samaradorligini oshiradi» — BMT bosh kotibi
8 mart 2020, 10:16

«Ayollar ishtiroki institutlar samaradorligini oshiradi» — BMT bosh kotibi

XXI asr ayollar tengligi asri bo‘lishi kerak, dedi BMT bosh kotibi. U bugun ayollar hali ham bid’at va xurofotlardan aziyat chekayotganini ta’kidlab, kuchlar muvozanatini o‘zgartirishga chaqirdi.

2021-yildan boshlab pasport o‘rniga ID-kartalar beriladi
7 mart 2020, 21:06 1

2021-yildan boshlab pasport o‘rniga ID-kartalar beriladi

2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, O‘zbekiston fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga biometrik pasport o‘rniga 10 yil muddatga ID-karta beriladi.

Bosh prokuraturaga daraxtlar kesilishi masalasida hokimlarni nazorat qilish topshirildi
7 mart 2020, 13:54

Bosh prokuraturaga daraxtlar kesilishi masalasida hokimlarni nazorat qilish topshirildi

Prezident Bosh prokuraturaga daraxtlar kesilishi masalasida hokimlar faoliyatini qat’iy nazorat qilish va javobgarlik muqarrarligini ta’minlashni topshirdi.

Toshkentda yana bir elektrobus sinovdan o‘tkazilmoqda
7 mart 2020, 13:39

Toshkentda yana bir elektrobus sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkentdagi 51-avtobus yo‘nalishida Xitoyning Yutong elektrobusini sinovdan o‘tkazish boshlandi. U bir martalik quvvat bilan 300 km dan ziyod masofani bosib o‘ta oladi.

Koronavirusning O‘zbekiston turizmiga ta’sirlari muhokama qilindi
7 mart 2020, 13:18

Koronavirusning O‘zbekiston turizmiga ta’sirlari muhokama qilindi

Vazirlar Mahkamasida koronavirus epidemiyasining O‘zbekiston turizmiga ta’sirlari muhokama qilindi. Sayyohlik operatorlariga soliq ta’tillari berish va ichki yo‘nalishlarda aviaqatnovlar sonini oshirish taklif qilindi.

O‘zbekiston YeOII bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilmoqchi
7 mart 2020, 07:57

O‘zbekiston YeOII bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilmoqchi

Vazirlar Mahkamasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilish taklifini ma’qulladi. Ushbu taklif Oliy Majlisga kiritiladi.

Peugeot Citroën bilan qilinayotgan loyiha yopildi — «O‘zavtosanoat»
6 mart 2020, 20:55

Peugeot Citroën bilan qilinayotgan loyiha yopildi — «O‘zavtosanoat»

«O‘zavtosanoat» Jizzaxda Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive avtozavodi loyihasi yopilganini tasdiqladi. Bu yerda Volkswagen to‘rtinchi va beshinchi avlod Caddy avtomobillarini yig‘adi.

Prezident 83 nafar ayollarni afv etdi
6 mart 2020, 20:40

Prezident 83 nafar ayollarni afv etdi

Prezident farmoni bilan Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan jazo muddatini o‘tayotgan 83 nafar ayollar afv etildi.

O‘zbekiston Xitoyga gaz yetkazib berishni to‘xtatmadi
6 mart 2020, 19:42

O‘zbekiston Xitoyga gaz yetkazib berishni to‘xtatmadi

O‘zbekiston hozircha Xitoyga gaz yetkazib berishni to‘xtatmadi, ammo ogohlantirish xatini qabul qilgan. Avvalroq PetroChina gaz importini koronavirus tufayli qisqartishi haqida xabar berilgandi.

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi
6 mart 2020, 16:29

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

Dam olish kunlari havo salqin bo‘lib, kechki harorat −1…−2 darajagacha tushadi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi
6 mart 2020, 16:19

Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi

«O‘zagrokimyohimoya» boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan Olimjon Isayev Namangan shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

«O‘zbekiston pochtasi» koronavirus sababli jo‘natmalarni yetkazib berish kechikayotganini ma’lum qildi
6 mart 2020, 14:15

«O‘zbekiston pochtasi» koronavirus sababli jo‘natmalarni yetkazib berish kechikayotganini ma’lum qildi

«O‘zbekiston pochtasi» koronavirus tarqalgani sababli Xitoydan pochta jo‘natmalarini yetkazib berish kechikayotganini ma’lum qildi.

Yosh olimlarning 29 ta g‘oyasi startap-akselerator uchun tanlab olindi
6 mart 2020, 13:33

Yosh olimlarning 29 ta g‘oyasi startap-akselerator uchun tanlab olindi

C.A.T. Science Accelerator ilmiy loyihalar startap-akseleratoriga kelib tushgan 253 ta arizadan 29 tasi tanlab olindi. O‘tgan yilgi akseleratorda ishtirok etgan uchta startap loyiha umumiy hisobda 200 ming dollar miqdoridagi investitsiyani qo‘lga kiritgan edi.

OAV — Xitoy tabiiy gaz importini qisman to‘xtatdi
6 mart 2020, 13:27

OAV — Xitoy tabiiy gaz importini qisman to‘xtatdi

Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi tabiiy gaz sotib olish bo‘yicha shartnomalarni to‘xtatgani xabar qilindi. O‘zbekiston tomoni bu xabarga hozircha munosabat bildirgani yo‘q.

Maktablar koronavirus tufayli yopilishi inkor etildi
6 mart 2020, 11:50

Maktablar koronavirus tufayli yopilishi inkor etildi

XTV ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus tufayli maktab o‘quvchilari 15 martdan ta’tilga chiqarilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. O‘quvchilar har doimgidek 21 martdan yetti kunlik ta’tilga chiqariladi.

Propiskaning kelajagi qanday bo‘ladi?
6 mart 2020, 11:34

Propiskaning kelajagi qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonliklar uzoq payt kutgan yangilik yangradi — propiska tizimi bekor qilinadi. Ammo uning o‘rnini nima egallaydi? Yangi tizimning propiskadan farqi bormi?

Avtokredit taklif qilayotgan banklar xatarlarni anglab yetgani yo‘q — MB rahbari
6 mart 2020, 11:29

Avtokredit taklif qilayotgan banklar xatarlarni anglab yetgani yo‘q — MB rahbari

Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov avtokreditlash bilan faol shug‘ullanayotgan banklar hozircha xatarlarni anglab yetmayotganini ta’kidladi. MB foiz stavkasi 28−32 foizni tashkil etayotgan avtokreditlash bozorini barqarorlashtirish uchun choralar ko‘radi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting