Bu haftada haroratning pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
2 mart 2020, 14:05

Bu haftada haroratning pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda havo haroratining bir oz pasayishi kutilmoqda. 5 mart kuni mamlakatning katta qismida yomg‘ir yog‘adi.

Yetti bosh maymunning O‘zbekistondan yashirin ravishda olib chiqilishiga chek qo‘yildi
2 mart 2020, 13:54

Yetti bosh maymunning O‘zbekistondan yashirin ravishda olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Bojxonachilar «Oqpanja gibbon» va olti bosh «Yavana makkakasi» zotiga mansub maymunlarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi. Jonivorlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.

Afg‘oniston, Eron va Italiya bilan havo qatnovi to‘xtatildi
2 mart 2020, 13:44

Afg‘oniston, Eron va Italiya bilan havo qatnovi to‘xtatildi

O‘zbekiston Afg‘oniston, Eron va Italiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi. Fuqarolarga ushbu mamlakatlarga sayohat qilmaslik tavsiya etiladi.

O‘zbekiston Tokio va Rimga aviaqatnovlarni to‘xtatadi
1 mart 2020, 09:59

O‘zbekiston Tokio va Rimga aviaqatnovlarni to‘xtatadi

Uzbekistan Airways Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olgani munosabati bilan 1 martdan Tokio va Rimga aviaqatnovlarni to‘xtatadi.

669 mln so‘mlik tibbiy niqoblar yashiringan ombor aniqlandi
29 fevral 2020, 15:09

669 mln so‘mlik tibbiy niqoblar yashiringan ombor aniqlandi

Bojxonachilar xonadonlardan birining yerto‘lasiga sertifikati bo‘lmagan 669 million so‘mlik tibbiy niqoblar yashirib qo‘yilganini aniqladi. Mahsulotlarni chet elda qayta sotish rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

1 martdan ayrim tanga va pullar muomaladan chiqarilmoqda
29 fevral 2020, 14:42

1 martdan ayrim tanga va pullar muomaladan chiqarilmoqda

Markaziy bank eski namunadagi 25 so‘m va undan kichik bo‘lgan tanga va banknotlarni muomaladan chiqarishini e’lon qildi.

Buxoro viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
29 fevral 2020, 14:40

Buxoro viloyatiga yangi rahbar tayinlandi

Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan O‘ktam Barnoyev hokimlikdagi mehnat jamoasi bilan xayrlashdi. Karim Kamolov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Kamilov afg‘on masalasida katta intervyu berdi
29 fevral 2020, 13:23

Kamilov afg‘on masalasida katta intervyu berdi

Dohadagi Abdulaziz Kamilov prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va afg‘on muammosini hal etish masalalari yuzasidan strategik qarashini ma’lum qildi. U bu haqda «Xalq so‘zi»ga bergan intervyusida gapirib bergan.

Uzbekistan Airways Seulga parvozlarni vaqtincha to‘xtatmoqda
29 fevral 2020, 09:32

Uzbekistan Airways Seulga parvozlarni vaqtincha to‘xtatmoqda

Janubiy Koreyada koronavirus avj olgani munosabati bilan Uzbekistan Airways Seulga parvozlarni vaqtincha to‘xtatmoqda.

Senat eshiklarida teplovizor tutgan shifokorlar ishlamoqda
28 fevral 2020, 19:52

Senat eshiklarida teplovizor tutgan shifokorlar ishlamoqda

Senatda teplovizor tutgan shifokor tashrif buyuruvchilarning tana haroratini tekshirmoqda. «Gazeta.uz» ushbu holatga aniqlik kiritdi.

Janubiy Koreyaga parvozlar soni kamaytirilishi mumkin
28 fevral 2020, 19:47

Janubiy Koreyaga parvozlar soni kamaytirilishi mumkin

Koronavirus infeksiyasi tufayli O‘zbekiston va Janubiy Koreya aviatashuvi qisman cheklanishi kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, Uzbekistan Airways yo‘lovchilarga cheklangan xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilmoqda.

Davlat ulushi bo‘lgan 1100 dan ortiq kompaniyalar to‘liq xususiylashtiriladi
28 fevral 2020, 18:26

Davlat ulushi bo‘lgan 1100 dan ortiq kompaniyalar to‘liq xususiylashtiriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ulushi bo‘lgan korxonalar, jumladan, banklar, «Qo‘yliq», «O‘rikzor» va «Aviasozlar» kabi bozorlar, «Paxtakor» va «Neftchi» kabi futbol klublari, gazeta tahririyatlari va boshqalarni to‘liq xususiylashtirishni taklif qilmoqda.

Xitoy tashqi siyosati me’mori O‘zbekistonga keladi
28 fevral 2020, 18:11

Xitoy tashqi siyosati me’mori O‘zbekistonga keladi

Xitoyning AQSHdagi elchisi, tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan oliy martabali siyosatchi Yan Szechi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga borishni ham rejalashtirgan.

Abdulaziz Kamilov Dohadagi Afg‘oniston tinchlik muzokarasida ishtirok etmoqda
28 fevral 2020, 16:40

Abdulaziz Kamilov Dohadagi Afg‘oniston tinchlik muzokarasida ishtirok etmoqda

Abdulaziz Kamilov Dohada boshlagan Afg‘oniston tinchlik muzokarasida ishtirok etmoqda. Uning aytishicha, afg‘on muammosi mintaqa davlatlarining qayg‘usi. Vazir o‘rinbosari Ilhom Ne’matov muzokaradan so‘ng O‘zbekistonda uchrashuv tashkil etish bo‘yicha fikrini bildirdi.

Prezident Yashnobod texnoparkiga tashrif buyurdi
28 fevral 2020, 16:33

Prezident Yashnobod texnoparkiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yashnobod tumanidagi texnoparkka, jumladan «aqlli» gaz hisoblagich ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi. Prezident korxona ishlab chiqarish bilan cheklanmay, ularni o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish bilan ham shug‘ullanishi kerakligini ta’kidladi.

Viloyatlarda beshta yangi pedagogika instituti ochiladi
28 fevral 2020, 13:12

Viloyatlarda beshta yangi pedagogika instituti ochiladi

Beshta hududiy universitet negizida pedagogika institutlari tashkil etilmoqda. Bir qator pedagogik yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim uch yilga qisqartiriladi.

Fuqarolikka qabul qilishda davlat tilini yetarlicha bilish asosiy shartlardan biri bo‘ladi
28 fevral 2020, 12:22

Fuqarolikka qabul qilishda davlat tilini yetarlicha bilish asosiy shartlardan biri bo‘ladi

Senat O‘zbekiston fuqaroligini olishning yangi tartib va talablarini ma’qulladi. Fuqarolikka qabul qilishning asosiy shartlaridan biri sifatida davlat tilini yetarli darajada bilish talabi joriy etildi.

Bahorning ilk kunlari ob-havo iliq, biroq beqaror bo‘ladi
28 fevral 2020, 12:14

Bahorning ilk kunlari ob-havo iliq, biroq beqaror bo‘ladi

Martning ilk kunlari quyoshli va iliq bo‘ladi — havo +23 darajagacha iliydi, biroq so‘ngra harorat pasayadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Turkiya Idlibda Suriya armiyasi hujumidan so‘ng javob zarbalarini berdi
28 fevral 2020, 12:05

Turkiya Idlibda Suriya armiyasi hujumidan so‘ng javob zarbalarini berdi

Turkiya armiyasi Idlibda o‘z harbiylarining halok bo‘lishi ortidan Suriya qo‘shinlari pozitsiyalariga javob zarbalarini berdi. Turkiyada mojarolar manzarasida ijtimoiy tarmoqlarga va YouTube videoxostingiga kirish cheklangan.

«Gazeta.uz» sudda DTM ustidan g‘alaba qozondi
28 fevral 2020, 11:44 1

«Gazeta.uz» sudda DTM ustidan g‘alaba qozondi

Sud Davlat test markazining «Gazeta.uz» va uning muallifi Komil Jalilovga qarshi sha’ni, qadr-qimmati va obro‘sini himoya qilish hamda 200 mln so‘m miqdorida ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi da’vosini qanoatlantirmadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting