Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis a’zolariga an’anaviy murojaatnomani o‘qib eshittirdi. «Gazeta.uz» davlat rahbari bildirgan fikr va vazifalarni qisqacha mazmunda bayon etadi.
Prezident parlamentga murojaatida tadbirkorlarni ko‘p qiynaydigan soha — litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartiblarini jiddiy o‘zgartirilishi ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash — iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifa ekanini aytdi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish uchun joriy yilda byudjetdan qariyb 2 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi."Raqamli O‘zbekiston — 2030″ dasturini ishlab chiqish ikki oyda yakunlanishi zarur.
Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida virtual va Xalq qabulxonalariga yiliga 1 milliondan ziyod murojaat kelib tushayotgani, xalq bilan muloqotni yangi bosqichga olib chiqishni talab etishini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘llayotgan murojaatnomasida O‘zbekistonda o‘tgan yili iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etganini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasida islohotlar natijasida xalq uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berish kerakligini aytdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yilga Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb nom berishni taklif qildi.
O‘zbekiston Transparency International xalqaro tashkilotining korrupsiyani qabul qilish reytingida 5 pog‘ona yuqorilab, 153-o‘rinni egalladi.
2018-yil oktyabridan boshlab O‘zbekiston 3323 nafar o‘z fuqarosi — Rossiyaning chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazlaridagi mehnat muhojirlarining vatanga qaytishiga yordam berdi.
Vazirlar Mahkamasi yangi Humo Air aviakompaniyani tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Kompaniya muassisi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bo‘ladi.
O‘zbekiston janubidagi Afg‘onistonda 12 ming AQSH harbiy askarlari faoliyat olib boradi. Prezident Ashraf G‘ani ularning 1/3 qismi istalgan paytda Afg‘onistonni tark etishi mumkinligini aytmoqda.
Prezident Abdulla Aripovni 2016 yili davlat xizmatiga qaytishi ijtimoiy adolatni tiklash uchun xizmat qilganini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev u haqda fikr bildirib, ko‘p tuhmatlarga duchor bo‘lgani, ammo hech qachon sinmaganini aytdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Xitoydagi koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyatdan xavotirlanishga asos yo‘qligini ta’kidladi. Mutasaddilar koronavirusga qarshi profilaktik ishlar rejasini ma’lum qildi.
TIVning xabar berishicha, Uxanda 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin. Xitoydagi elchixona ular bilan bog‘lanish uchun ijtimoiy tarmoqlarda guruh ochdi.
Barcha yirik korxonalarning har yili majburiy audit tekshiruvidan o‘tishi belgilandi. Kapital bozorni rivojlantirish agentligi ushbu o‘zgarishdan ko‘zlanayotgan maqsadni ochiqladi.
O‘tgan yili o‘zbekistonliklar tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulda to‘lashni afzal ko‘rishdi. Kartochkalardan yechib olingan mablag‘lar hajmi 36,6 trln. so‘mni tashkil etdi, bu 2018 yilga nisbatan 18,5 foizga ko‘pdir.
Andijonda uy-joy mojarosi tufayli 30 yoshli fuqaro o‘ziga o‘t qo‘ygan. Uning opasi jurnalistga voqeani qisman tushuntirgan. Majburiy ijro byurosi holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Xususiy Human bandlik agentligi faoliyatidan aziyat chekkan fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida chet elga ishga yuborilmoqda. Hozirda 35 kishi Bolgariyada ishlamoqda, ular safiga yana besh kishi qo‘shiladi.
Vazirlar Mahkamasi ijro tuzilmasida ayrim lavozim va kotibiyatlar tugatildi. Shu bilan birga, tuzilmada yangi lavozimlar paydo bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting