Umraga borishni xohlovchilarning ko‘pligi va ular oldida qator to‘siqlar borligi sababli fuqarolar boshqa yo‘llarni topish, jumladan o‘zga davlatlar orqali muqaddas ziyoratlarni amalga oshirishga majbur bo‘lmoqda, deya ma’lum qildi Turizm qo‘mitasi.
Buxoro viloyatida temir yo‘ldan o‘tayotgan erkakni yuk poyezdi bosib ketdi.
O‘zbekiston prezidenti 2021 yildan bukmekerlik idoralarini ochishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.
Toshkentda Islom sivilizatsiya markazining yangi qurilayotgan binosi yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi (video, foto).
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-19 terma jamoasi murabbiylari Saudiya Arabistoni bilan uchrashuvdagi janjal sababli lavozimidan chetlashtirildi. Jamoani Osiyo chempionati finaliga yangi murabbiy — Timur Kapadze tayyorlaydi.
O‘qituvchilar malakasini oshirishda metodistlar o‘rnini mentorlar egallaydi. Malaka oshirish instituti negizida Xalq ta’limi akademiyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
1 yanvardan boshlab O‘zbekistondagi 10 ta oliy ta’lim muassasasi tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilmoqda.
OTM talabalari hamda litsey va kollej o‘quvchilari o‘z yashash joylarida parlament saylovlarida ovoz berishlari uchun odatdagidan barvaqtroq qishki ta’tilga chiqadi.
Toshkentda sovuq kunlarda gaz taqchilligiga sabab bo‘lgan 1,5 kilometrlik gaz quvurini qayta tiklash ishlari boshlandi.
Andijonda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash sabablari va tafsilotlari ma’lum qilindi. Hodisada natijasida sakkiz kishi jarohatlandi, qurbonlar yo‘q.
Andijondagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash va yong‘inda oltita xonadon zarar ko‘rdi. Kuyish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
O‘zbekistonlik haydovchi Sankt-Peterburgda 50 nafar yo‘lovchini yonayotgan avtobusdan evakuatsiya qildi. Jabrlanganlar yo‘q.
Farg‘ona viloyatida uchinchi sinf o‘quvchisi o‘n birinchi sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlandi.
Adliya vazirligi Farg‘ona hokimining bir nechta xususiy mulkni hokimiyat zaxirasiga olish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritdi.
Toshkentda «Umid» jamg‘armasi bitiruvchilarining birinchi xalqaro anjumani o‘tkaziladi. Ular mamlakatni demokratlashtirish, ta’lim, sarmoyaviy iqlim va boshqa masalalarni muhokama qiladi. So‘ngra takliflar tegishli davlat organlariga taqdim etiladi.
Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida gaz hisoblash uskunalariga ta’sir ko‘rsatish orqali 30,4 mlrd so‘mlik gaz talon-taroj qilingani aniqlandi.
Prezident imzolagan qarorga ko‘ra, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimi 2019−2024 yillarda bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkaziladi.
«Toshkent-Olmaliq» yo‘lida urib yuborilgan piyoda vafot etdi, haydovchi qidirilmoqda. Avvalroq Jizzax viloyatida yo‘lda yotgan ayolni mashinalar bosib ketgan edi.
Ertalab Jizzax viloyatida kichik zilzila sodir bo‘ldi. Yerosti silkinishlari Jizzax, Samarqand va Gulistonda sezildi.
Dekabrdan Mastercard kartalari egalari Humo terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting