Prezident tomonidan imzolangan qonunga muvofiq, banklar endilikda mikroqarz berish bank operatsiyasini amalga oshiradigan bo‘ldi.
Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida yuz bergan sel-toshqin oqibatlarini bartaraf etish hamda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori imzolandi.
AES qurilishi uchun 8−10 yil kerak, shuning uchun energetika sohasidagi muammolarni tezroq bartaraf etish lozim, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Buyuk Britaniya Gulnora Karimovaga tegishli ekani taxmin qilinayotgan daromadlarni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida ekanini ma’lum qildi.
Qabul qilingan farmon bilan faqat ko‘mir bo‘yicha imtiyoz 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Shayxontohur tumanida yashovchi B.P. Olmazor tumanida yashovchi N.R.dan aldov yo‘li bilan 200 ming AQSH dollarini olgan.
3 oktyabr kuni tunda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi.
«Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 4 oktyabrdan boshlab kuchga kirdi.
Toshkent hokimiga ikki nafar birinchi o‘rinbosar hamda bir o‘rinbosar tayinlandi.
Komil Allamjonov prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi lavozimidan ozod qilindi.
Kasb-hunar kollejlariga ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish bo‘yicha xujjatlar qabul qilish boshlandi.
«O‘zavtotrans» agentligi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rahmonbek Usmonov poytaxtning Yunusobod tumaniga hokim bo‘ldi.
O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari 1 mlrd dollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondini tuzish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Oksana Chusovitina Parijda bo‘lib o‘tgan jahon kubogida oltin medal sohibiga aylandi.
Davlat soliq qo‘mitasida shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Jahon banki ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yuzdan ortiq qonun tahlil qilinganda ularning qariyb chorak qismida mahalliy hokimiyatning asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan yoxud takrorlovchi talablar borligini aniqlandi.
Narpay tumanidagi xalqaro avtomagistral yo‘lida harakatlanib ketayotgan «Mercedens-Bens» yuk mashinasida yong‘in kelib chiqishi oqibatida 20 ta toy paxta yonib ketgan.
O‘zbekiston va AQSH ta’lim mahkamalari tashabbusi bilan barcha fanlar ingliz tilida o‘qitiladigan maktablar ochiladi.
GM Uzbekistan faoliyatidagi tizimli xato va kamchiliklar sababli Xorazm viloyatidagi filialining qator xodimlarini ishdan bo‘shatdi.
O‘zbekiston Iqlim bo‘yicha Parij bitimi hamda Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti ustavi va tartib-qoidalarini ratifikatsiya qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting