Ichki ishlar vaziri qabuliga kirish uchun Xorazm viloyatidan Toshkentga piyoda yo‘l olgan jurnalist Mahmud Rajabga besh yarim yil muddatga shartli jazo tayinlandi.
Nyu-York-Toshkent reysining mast ekani taxmin qilinayotgan yo‘lovchisi bortda to‘palon ko‘tardi. Samolyot aeroportga qo‘nishi bilan qoidabuzar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga topshirildi.
Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish, tutingan ota-onalar uchun maxsus kurslar, turistik salohiyatli mahallar ro‘yxati — 1-noyabrdan kuchga kirishi kutilayotgan muhim o‘zgarishlar.
Prezident «Metsenatlik to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, davlat metsenatlarni soliqlar bo‘yicha imtiyoz va preferensiyalar bilan qo‘llab-quvvatlashi, ularga mukofotlar taqdim etishi va nomlarini abadiylashtirishi mumkin.
«O‘zbekiston 24» telekanalida siyosiy sharhlovchi bo‘lib ishlagan Murod Sodiqov Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga rahbar bo‘ldi.
Toshkentning Uchtepa tumanida 15 yoshli o‘smir qarindoshining avtomobilini boshqarar ekan, elektr uzatish tarmoqlarining metall tirgagichiga borib urildi.
Qo‘qondan Tojikistonning Shaydon shahriga avtobus va mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
IIV Bekoboddagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabining 4 qiz va 1 yigit talabasi ishtirokidagi janjalga izoh berdi.
Qudratullo Abduqahhorov amerikalik Luis Kollatsoni mag‘lubiyatga uchratdi. O‘zbekistonlik bokschi IBF talqini bo‘yicha jahon chempionligiga da’vogarlik qilmoqda.
Byudjet tashkilotlarida homiladorlik va tug‘uruq bo‘yicha asossiz to‘lovlar sababli 3,1 mlrd so‘m noqonuniy sarflab yuborilgan. Erkaklarga ham nafaqa to‘langan holatlar aniqlandi.
Karate bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida hakami, sport klubi va milliy federatsiya murabbiylari o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘ldi. Har uchchalasi ham muayyan muddatga vazifasidan chetlashtirildi.
Navoiyda Nexia avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi natijasida ikki kishi vafot etdi, bir kishi jarohatlandi.
100 dollargacha bo‘lgan xorijiy valyutani pasport taqdim etmasdan sotib olishga ruxsat berildi.
Musulmonlar idorasida bezorilik qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingan blogerlar Rustam Karim va To‘lqin Astanov sudi yakunlandi.
Khan Academy Oʻzbek — o‘zbek tilidagi birinchi ommaviy bepul onlayn platformasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Yakkabog‘ tuman hokimining sobiq o‘rinbosari Mansur Tuymayev va uning ustiga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isamov ustidan ochiq sud jarayoni yakuniga yetdi.
«Qoraqalpoq Don mahsulotlari» mansabdor shaxslari 6,1 ming qop unni 87,5 ming so‘m o‘rniga 110 mingdan sotgani aniqlandi.
Ispaniyaning Toledo shahrida o‘zbekistonlik fotorassom Xusniddin Atoning ko‘rgazmasi ochildi.
Prezident yadro energetikasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha strategiyani tasdiqladi.
Toshkentning Shayxontohur tumanida Lacetti haydovchisi YPX inspektorini urib yubordi. Jabrlangan xodim shifoxonaga yotqizildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting