Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 2020 yil uchun Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlari reytingiga kirdi.
Hukumat un narxini boshqarish amaliyotiga barham berishga qaror qildi. Davlat tomonidan don yetishtirish, un va non ishlab chiqarish sohalariga berilayotgan imtiyozlar kutilgan natijani bermayotganini ko‘rsatdi.
Bojxonachilar Toshkent aeroportida 213 gr quyma oltinlarni og‘zida mamlakatdan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan erkakni qo‘lga oldi.
Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga olib kirilayotgan 323 tonna, 10,25 mln dona va 1317 metr kub o‘simlik mahsulotlarida zararli organizmlar aniqlangani sababli chegaradan qaytarib yuborildi.
O‘zbekiston futbolchilari 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida Singapur jamoasi ustidan g‘alabaga erishdi. Eldor Shomurodov dubl qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash sammitida ishtirok etdi. U turkiy tilli davlatlarning qo‘shma investitsiya fondini tashkil etish va Yosh tadbirkorlar forumini ta’sis qilishni taklif etdi.
O‘zini tanishtirmasdan turib yo‘lovchilarni qo‘pol tarzda so‘roqqa tutgan Transport vazirligi inspektoriga chora ko‘rildi.
IIV JIEBB Navoiy viloyatidagi koloniyada mahbuslar qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni rad etib, ochlik e’lon qilinishi bilan bog‘liq masala hal bo‘lganini ma’lum qildi.
Bojxonadan orangutan turiga mansub maymun bolasini olib chiqishga uringan shaxslarni qo‘lga olindi.
Asossiz to‘langan pensiya faqat pensioner aybdor bo‘lgan taqdirda undan undirib olinadi.
«O‘zbekkonsert» Jahongir Otajonovning litsenziyasini to‘xtatdi. AOKA rahbari Komil Allamjonov uning qo‘shiqlarini litsenziyasiz ham eshitish mumkinligini ta’kidladi. Xonandani qator jamoatchilik vakillari ham qo‘llab-quvvatlab chiqdi.
«Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Ohangaron tumanidan o‘tgan qismida Mercedes-Benz rusumli yuk mashinasi yonib ketdi.
Avto oltmish oy kompaniyasiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Uning rahbarlari pul va mol-mulkni jalb qilish bo‘yicha noqonuniy faoliyatda gumon qilinmoqda. Kompaniya faoliyati to‘xtatilmaydi.
3 mln dollar miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosiga 10 yil muddatga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi beriladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.
Senatorlar O‘zbekiston sudyalarining maxsus kiyimlari namunalarini ma’qulladi. Konstitutsion sud sudyalari olcha rangdagi, qolganlar — to‘q ko‘k rangdagi mantiyalarni kiyishadi.
XTV O‘zbekiston maktablarida rus tilini o‘rgatish darajasini yaxshilash borasida Rossiya bilan hamkorlik qilmoqchi.
Yaponiyadagi «Xagibis» to‘foni natijasida 40 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. O‘zbekiston prezidenti Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik yo‘lladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash sammitida ishtirok etish uchun Bokuga keldi.
Seshanba kunidan quruq va mo‘’tadil iliq ob-havo kuzatiladi. Kunduzgi harorat +25 darajagacha ko‘tariladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting