Davlat xizmatlari sohasida sentyabr oyidan hujjatlarni nostrifikatsiya qilish, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish, quduqlarni burg‘ulashga ruxsatnoma olish bo‘yicha yengilliklar yaratiladi.
XTV va DTMning qo‘shma qarori bilan Prezident maktablarining imtihonlarida yuqori ball yig‘ib, o‘qishga qabul qilinmagan nomzodlarni imtihonsiz, qo‘shimcha kvota asosida qabul qiluvchi ta’lim muassasalari ro‘yxatini tasdiqlandi.
Shavkat Mirziyoyev «Sharq taronalari» o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi.
Yaqin kunlarda havo issiq bo‘ladi, biroq dam olish kunlari haroratning 34 darajagacha tushishi kutilmoqda.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Bektemir tumani, Ohangaron shox ko‘chasida joylashgan AGTKSda «ZIL» rusumli yuk avtomashinasini motor va kabina qismlari yongan. Jabrlanganlar yo‘q.
Samarqandda YUNESKO shafeligidagi «Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi» nomli xalqaro konferensiya ishtirokchilariga prezident tabrik yo‘lladi.
Prezident qarori bilan mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish belgilandi.
Xalq deputatlari Andijon shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Bahromjon Haydarov vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirildi.
«Kattaqo‘rg‘on» poligonida doimiy jangovar shaylikdagi harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan katta masshtabdagi amaliy otish mashg‘uloti o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumani tarkibida yana bir tuman tashkil etiladi.
Andijon viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov kolumbiyalik raqibi Darli Peresni 30 soniya ichida mag‘lubiyatga uchratdi (+video).
«Sharg‘unko‘mir» korxonasining 200 ga yaqin konchisi ish tashladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» 9 nafar mutasaddi rahbarning lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi.
Sherzod Qudratxo‘jayev, Adham Ibodullayev va boshqalar Markaziy saylov komissiyasining yangi a’zolari etib saylandi.
Prezident, uning oila a’zolari hamda xorijiy davlatlar rahbarlarini qo‘riqlash Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga o‘tkazilmoqda. Bu vazifalarni DXX bajarib kelayotgan edi.
2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.
«Maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi», — dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
«Investorlarga palov bilan mehmon qilish emas, aniq qonun va imkoniyatlar kerak». Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishlamayotgan qonunlar, investitsiyalar bilan bog‘liq muammolarni sanab o‘tdi.
Atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting