Davlat banklariga so‘m devalvatsiyasi sababli kreditlarini qaytara olmayotgan tadbirkorlarga shartlarni yumshatish tavsiya qilinmoqda. Valyutada kredit olgan tadbirkorlar uchun to‘lov jadvallari va imtiyozli davrlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
3 avgustidan 17 avgustgacha davom etgan «ArMI — 2019» xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 14 yo‘nalishda ishtirok etdi.
Samarqand shahrida yo‘lkira narxini o‘zboshimchalik bilan 1200 so‘mdan 1500 so‘mga oshirgan haydovchi kechirim so‘radi.
Kinematografiya sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istondagi Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksini qurish loyihasi bilan tanishdi. Bu yerda yiliga 33 million tonna ruda qazib olinib, undan 1,5 million tonna temir olish rejalashtirilmoqda.
Severodvinsk yaqinidagi poligonda sodir bo‘lgan portlashdan keyin O‘zbekistondagi radiatsion vaziyat o‘zgaradi.
Noyabrdan hisoblagichlarni tekshirish xizmatlari faqatgina davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP orqali amalga oshiriladi.
Olmaliqda telefon talashib qolgan aka-ukalar janjali ukaning pichoqlanishi bilan tugadi.
Bankrotlik va korxonalarni sog‘lomlashtirishning sanatsiya usuli qanday amalga oshiriladi?
«Toshkent-Termiz» yo‘lida Kitob tumanida yashovchi ayolni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda.
Ichki ishlar xodimi zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni kuch ishlatmasdan turib bajarishining iloji bo‘lmasa, qanday holatlarda bu ishni qilishi mumkinligi eslatildi.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga qarashli binoda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa sababi qisqa tutashuv. Jabrlanganlar yo‘q.
Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumanidagi madaniyat markazida qoraqalpog‘istonlik faollar bilan muloqot qildi.
«ArMI — 2019» musobaqalarining Hindistonda o‘tkazilgan «Qo‘shin razvedkasi a’lochilari» bahsida muvaffaqiyatli harakat qilgan o‘zbekistonlik harbiylar kutib olindi.
Xalqaro atom energiyasi agentligi 2020 yilda O‘zbekistonga yadro infratuzilmalarini kompleks o‘rganish uchun vakillarini yuboradi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq rahbarlari qator jinoyatlarda aybdor deb topilib, uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.
Inflyatsiyani pasaytirish uchun kursni o‘zgartirmasdan ushlab turish kelajakda bugungidan-da og‘irroq oqibatlarga olib kelishi mumkin — Markaziy bank raisi so‘m almashuv kursi pasayganiga izoh berdi.
Toshkentda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam va gaz tizimi shoshilinch tezkor xizmatlari bo‘yicha yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati (112) tashkil etiladi.
Moskvadan Dushanbega O‘zbekiston orqali qaytayotgan tojikistonliklar Buxoro viloyatida YTHga uchradi. To‘qqiz kishi jarohatlandi.
Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov so‘m kursining keskin tebranishiga barham berish choralari to‘g‘risida ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting