Toshkent va Navoiy shaharlari o‘rtasida muntazam avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishda chipta narxi 50 000 so‘m etib belgilangan.
Iordaniyada o‘tkazilgan taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg‘ardi.
Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
383 ta kollej binosi maktablarga berilishi natijasida ta’lim muassasalari qo‘shimcha 224 ming o‘quvchi o‘rniga ega bo‘ladi.
Mehnat vazirligi Samarqandda mehnat inspektorlarining ko‘chalarda beton quyishga majburlanganini o‘rgandi. Viloyat bandlik boshqarmasi rahbari hayfsan oldi, besh mutasaddi ishdan bo‘shatildi.
Shavkat Mirziyoyev XAEA bosh direktori Yukiya Amanoning vafoti munosabati bilan agentlik rahbariyatiga hamdardlik yo‘lladi.
Markaziy harbiy okrug ogohlantiradi: Navoiy shahri markazida harbiy tuzilmalarning tungi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Yarim yilda 133,3 ming kishiga nisbatan jarima, maxsus huquqdan mahrum etish, ma’muriy qamoq va O‘zbekiston hududidan chiqarib yuborish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanildi.
Samarqand viloyatida erkak kishi rashk tufayli shar’iy nikohdagi xotiniga bolta bilan hujum qilib, og‘ir tan jarohatlari yetkazdi.
Kasbi tuman IIB boshlig‘i yerni ortiqcha sug‘orib yuborgani uchun jazirama issiqda fermerlarni avtobusga qamab qo‘ydi. Xuddi shu IIB xodimlari dala seminariga bormagan fermerning tanobini tortib qo‘ymoqchi bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash vaziri klinik o‘lim holatidagi bolani qutqarib qolgan shifokorni mukofotladi.
O‘zbekistonda 1 oktyabrdan mashina boshqarish uchun yaqin qarindoshlar o‘rtasida ishonchnoma berish tartibi bekor qilinishi mumkin.
Adliya vazirligi mulkka egalik huquqi sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida ma’lum qildi. Respublika bo‘yicha buzish ishlarini amalga oshirishda 600 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiyalar to‘langan, 300 mlrd so‘mga yaqin qarzdorlik mavjud.
Yil boshidan buyon O‘zbekiston aholisi soni 0,8 foizga o‘sib, 1- iyul holatida 33,52 million kishiga yetdi.
Toshkent IIBB baland musiqasi aholiga tinchlik bermayotgan tungi klubga nisbatan IIO xodimlari tomonidan chora ko‘rilmayotganini o‘rganadi.
«Gazeta uz» muallifi Nikita Makarenko besh oydan buyon o‘z mavzesi aholisining kechasi dam olishga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishga behuda urinmoqda, huquqni muhofaza qilish organlari qonunni himoya qilishga shoshilayotgani yo‘q.
Toshkentda QQS to‘lovchilari soni 2018 yildagi 1,6 mingtadan 13,2 mingtaga oshdi.
O‘zbekistonda Nobel mukofoti laureatlari amerikalik iqtisodchi Richard Taler va huquqshunos Kass Sansteynining iqtisod bo‘yicha nazariyasi sinovdan o‘tkaziladi.
«Gazli-Chimkent» magistral gaz quvurida avariya sodir bo‘ldi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
O‘zbekistonda elektromobillarni olib kirganlik uchun aksiz solig‘i bekor qilindi. Yanvardan bojxona bojining nol stavkasi ham kuchga kiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting