Rustam Toshpo‘latov Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekistonda har yili 700 dan ortiq erkak va 600 ga yaqin ayol o‘z joniga qasd qilmoqda. Suitsid bo‘yicha yiliga har 100 ming kishiga 5,2 ta holat to‘g‘ri kelmoqda.
Poytaxtning Sergeli tumanida avtokranning yuqori voltli liniya bilan to‘qnashuvi natijasida haydovchi halok bo‘ldi.
«Jizzax — Toshkent» trassasida avtobus ag‘darilib ketishi natijasida 20 kishi jarohatlandi. Haydovchi YTH avtobusni qizil Spark «siqib ketgani» sababli sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
2020-yildan O‘zbekiston universitet va institutlari bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.
Hukumat qarori bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi.
Yunusobod tumanida o‘tkazilgan gaz va elektr energiyasi uchun bazaviy normalarni belgilash tajribasi o‘zini oqladi, deb hisoblandi. Yil oxirigacha tajriba butun Toshkent hamda qisman Samarqand, Buxoro va Jizzax shaharlarida amalga oshiriladi.
Proteksionizmning tariflar, kvotalar, subsidiyalar, sertifikatlash, milliy mahsulotlardan foydalanish talablarini joriy qilish, ma’muriy to‘siqlar, antidemping va valyuta kurslarini boshqarish kabi usullari keng qo‘llaniladi.
Energetika vaziri Alisher Sultonov energiya resurslari tariflarida u qadar katta o‘zgarishlar bo‘lmasligini ma’lum qildi. Narxlar o‘zgarishi inflyatsiya darajasida bo‘ladi.
“UzHD” telekanali bazasida raqamli ko‘rsatuvning hammabop ijtimoiy paketi tarkibiga bo‘lgan “O‘zbekiston tarixi” kanali tashkil etilmoqda.
«O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasiga Yevgeniy Birger o‘rniga Alisher Fayzullayev rahbar bo‘ldi. O‘tgan yili kompaniya 27,8 mlrd so‘m zarar ko‘rdi, 2017 yildagi sof foydasi esa 274,3 mln so‘mni tashkil etgan edi.
Moddiy madaniy meros ob’ektlarini nobud qilish va ularga shikast yetkazganlik uchun EKIHning 100 baravaridan boshlab jarima, uch yilgacha qamoq jazosini joriy etish rejalashtirilmoqda.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti va «Navoiy» chegara bojxona posti orqali umumiy qiymatda 30 ming dollardan ko‘proq naqd pulni olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatib qolindi.
AQSHning «Alfa Eco Corporation» MCHJ kompaniyasi Jizzax viloyati Zafarobod, Forish, Baxmal tumanlarining birida sement zavodi qurmoqchi.
«Paxtakor» metro bekatida 1961 yilda tug‘ilgan fuqaro K.V. temir yo‘l izlariga yiqilib tushgan. U hech qanday jarohatlarsiz platformaga olib chiqildi.
Sirdaryoda farzandi vafot etgan ota ikki nafar shifokorga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Poytaxtdagi to‘rtta bozor yaqiniga o‘rnatilgan kameralar birinchi kunda to‘xtash va to‘xtab turish qoidalari buzilgan 782 ta holatni qayd etdi.
«O‘zbekneftgaz» Qoraqalpog‘istonda ikkita, Farg‘ona vodiysida bitta konda sanoat miqyosidagi gaz oqimlari olinganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda energiyadan ratsional foydalanish, issiqxona gazlarini chiqarishni kamaytirish va ifloslanish darajasini minimallashtirish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinadi.
Qutqaruvchilar Qamchiqda sel oqibatlarini bartaraf etdi — 200 metrlik tosh-qum uyumi 27 ta xo‘jalikka eltuvchi yo‘lni to‘sib qo‘ydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting