Tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi
22 avgust 2022, 16:04

Tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi

Tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi. Ularning mulk huquqi faqat sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. Qolaversa, savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘liq bekor qilinadi, jarimalar esa to‘lanayotgan soliqdan oshirilmaydi.

Davlat Uzcard`dagi 75% ulushini sotadi
22 avgust 2022, 15:59

Davlat Uzcard`dagi 75% ulushini sotadi

Davaktiv Uzcard`dagi davlat ulushlarining 75 foizi sotilishi to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi. Jamiyat ishtirokchilari mazkur ulushni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanishlari mumkin.

«2023 yildan QQSni 12 foizga tushiramiz» — Shavkat Mirziyoyev
22 avgust 2022, 15:26

«2023 yildan QQSni 12 foizga tushiramiz» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident pandemiya va jahondagi vaziyatga ro‘kach qilib, unga QQSni keyinga qoldirishni taklif qilishganini ta’kidladi. «Biz islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz va 2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiramiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident kichik biznes uchun aylanma solig‘ini yagona 4% stavkada belgilashni taklif qildi
22 avgust 2022, 15:17

Prezident kichik biznes uchun aylanma solig‘ini yagona 4% stavkada belgilashni taklif qildi

Prezident korxonalarni yillik aylanmasiga qarab, 1 mlrd so‘mgacha — mikro, 10 mlrd so‘mchaga — kichik hamda 100 mlrd so‘mgacha bo‘lganini — o‘rta biznes sifatida toifalarga ajratish taklifini ilgari surdi. Shundan kelib chiqib, ishbilarmonlarga bir qator imtiyozlar taqdim etiladi.

«Bu joylardagi tashabbus bo‘lishi mumkin». IIV — YPX xodimlariga telefon olib yurish taqiqlangani haqida
22 avgust 2022, 15:07

«Bu joylardagi tashabbus bo‘lishi mumkin». IIV — YPX xodimlariga telefon olib yurish taqiqlangani haqida

IIV rahbariyati YPX xodimlariga mobil telefonlarni topshirish, xizmatga telefonsiz chiqish va ish vaqtida undan foydalanmaslik bo‘yicha taqiq qo‘ygani aytilmoqda. Bu vazirlik rahbariyati talabi emas, balki joylardagi ayrim rahbarlarning shaxsiy tashabbusi bo‘lishi mumkin, deya qayd etdi IIV matbuot xizmati.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb $1 mlrdga kamaydi
22 avgust 2022, 15:03

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb $1 mlrdga kamaydi

1 avgust sanasiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari o‘tgan oygiga nisbatan 976,2 mln dollarga kamayib, jami 34,6 mlrd dollarni, shu jumladan valyuta qismi 12,5 mlrd dollarni, oltin qismi esa 21 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

«Men sizlarning birinchi advokatlaringman. Bepul advokat» — Shavkat Mirziyoyev
22 avgust 2022, 14:30

«Men sizlarning birinchi advokatlaringman. Bepul advokat» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan ochiq muloqot avvalida davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi. «Bu kimgadir yoqadi-yoqmaydi, men sizlarning birinchi advokatlaringman. Bepul advokat», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekistonda karlar uchun maxsus ilova jorish etish kutilmoqda
22 avgust 2022, 13:54

O‘zbekistonda karlar uchun maxsus ilova jorish etish kutilmoqda

O‘zbekistonda eshitishda nuqsoni bo‘lgan fuqarolar va sayyohlarning hayotini, qolaversa, davlat va biznes bilan suhbatini osonlashtirish uchun imo-ishorani onlayn tarjima qilish dasturi joriy etilishi kutilmoqda. O‘zbekiston karlar jamiyati faollari buning uchun hukumat va homiylarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda.

Bank xodimi mijoz plastik kartasidagi 8 mln so‘mni o‘g‘rilaganlikda gumonlanmoqda
22 avgust 2022, 13:07

Bank xodimi mijoz plastik kartasidagi 8 mln so‘mni o‘g‘rilaganlikda gumonlanmoqda

Banklardan birida mijozning plastik kartasidan 8 mln so‘m miqdorida mablag‘ yechib olingani aniqlandi, deb xabar qildi Kiberxavfsizlik markazi. Pullarni Telegram orqali texnik yordam ko‘rsatuvchi koll-markaz xodimi o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda.

Andijonda psixotrop dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi
22 avgust 2022, 12:34

Andijonda psixotrop dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Andijon shahrida psixotrop dori vositalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ushlandi. Gumondorlarga tegishli avtoulovda 100 dona “Tropikamid” va 16 dona konvalyutada jami 224 dona “Regapen” dori vositalari borligi aniqlangan.

Hafta davomida qulay ob-havo saqlanib qoladi
22 avgust 2022, 12:10

Hafta davomida qulay ob-havo saqlanib qoladi

O‘zbekistonda mazkur hafta davomida ham qulay ob-havo saqlanib qoladi. Harorat kunduz kunlari +30 daraja, kechalari esa +17 daraja atrofida bo‘ladi. Hafta oxiriga kelib havo biroz isiydi.

Chilonzor tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish Jamoliddin Xodjimanovga yuklatildi
22 avgust 2022, 11:33

Chilonzor tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish Jamoliddin Xodjimanovga yuklatildi

Chilonzor tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish Jamoliddin Xodjimanovga yuklatildi. Tuman sobiq hokimi Shavkat Mavlonov Toshkentda 101 tup daraxtga shikast yetkazilgani ortidan lavozimidan ozod etilgan edi.

1 sentabrdan ichki sayohat harajatlarining bir qismi keshbek sifatida qaytariladi
22 avgust 2022, 11:07

1 sentabrdan ichki sayohat harajatlarining bir qismi keshbek sifatida qaytariladi

Turizm vazirligi DSQ bilan hamkorlikda yangi keshbek tizimini ishga tushirmoqda. Unga muvofiq, 1 sentabrdan boshlab respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan mamlakat fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi.

Shavkat Mirziyoyev shu haftada Samarqandga boradi
22 avgust 2022, 10:48

Shavkat Mirziyoyev shu haftada Samarqandga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni tadbirkorlar bilan uchrashadi. Shuningdek, AQSh Kongressi a’zolari Trent Kelli va Derin Laxudni qabul qilishi kutilmoqda. Hafta davomida davlat rahbari Samarqandga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.

«Tadbirkorga prokuror ham, hokim ham tazyiq o‘tkazmagan». Andijon hokimligi o‘zini osgan tadbirkor haqida
22 avgust 2022, 10:23

«Tadbirkorga prokuror ham, hokim ham tazyiq o‘tkazmagan». Andijon hokimligi o‘zini osgan tadbirkor haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijonda tadbirkor o‘zini osgani bo‘yicha xabarga viloyat hokimligi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, tadbirkorga hokim ham, prokuror ham tazyiq o‘tkazmagan. Xabarda aytilishicha, tashkilot rahbarining o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar kelib chiqmoqda.

Qamchiqdagi avariya oqibatida Isuzu haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi
22 avgust 2022, 09:54

Qamchiqdagi avariya oqibatida Isuzu haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi

«Toshkent-O‘sh» yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida Isuzu yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, oldida harakatlanib ketayotgan ikkita Lacetti bilan to‘qnashib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi. Natijada haydovchi va yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi.

O‘zbekistonda yer qa’ri uchastkalarini sotish, hadya qilish va meros qoldirish ta’qiqlanishi mumkin
22 avgust 2022, 09:16

O‘zbekistonda yer qa’ri uchastkalarini sotish, hadya qilish va meros qoldirish ta’qiqlanishi mumkin

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish tartibi belgilash bo‘yicha qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Unga ko‘ra, kon ochish salohiyati yuqori bo‘lgan maydonlar «E-auksion» orqali, olis joylardagi uchastkalar «birinchi kelgan birinchi oladi» tamoyili asosida berilishi rejalashtirilmoqda.

Ochilboy Ramatov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi
20 avgust 2022, 19:58

Ochilboy Ramatov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotladi. Farmonda u vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi uchun qo‘shgan hissasi hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan taqdirlangani qayd etilgan.

100 nafar ishbilarmon yangi ta’sis etilgan «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
20 avgust 2022, 18:55

100 nafar ishbilarmon yangi ta’sis etilgan «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Prezident qarori bilan «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Shavkat Mirziyoyev ishbilarmon doira vakillari bilan ochiq muloqot oldidan 100 nafar tadbirkorni mazkur mukofot bilan taqdirladi.

UzAuto Motors: Chevrolet Tracker va Onix bu yil Spark va Nexia o‘rnini egallaydi
20 avgust 2022, 12:02

UzAuto Motors: Chevrolet Tracker va Onix bu yil Spark va Nexia o‘rnini egallaydi

Bugun — 20 avgustdan boshlab, Chevrolet Spark va Nexia avtomobillari sotuvga chiqariladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting