Qirg‘izistonda soat 01:33 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘ona viloyati hududlarida ham sezildi (2−3 ball).
Mahallalarni toza, chiqindilardan xoli hududga aylantirish maqsadida har yili “Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” va “Eng toza mahalla” tanlovlarini o‘tkazib borish rejalashtirilmoqda. G‘oliblarga pul, elektromobillar, velosipedlar va boshqa mukofotlar beriladi.
Qozog‘iston sudi birinchi marta egalari qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritganini isbotlay olmagan aktivlarni davlat hisobiga o‘tkazdi. 10 million dollardan ortiq mablag‘, xususan, qimmatbaho zargarlik buyumlari va tarixiy buyumlar musodara qilindi.
Tolibon Afg‘onistonda ayollarga “vasvasaga tushmaslik va boshqalarni ham vasvasaga solmaslik” uchun yuzlari ochiq holda sahnada ko‘rinishni, shuningdek, jamoat joylariga chiqishni rasman taqiqladi. Taqiqlar Illatlar va fazilatlar to‘g‘risidagi qonunlarning birinchi deklaratsiyasiga kiritildi.
Rossiya sanksiyalar tufayli importi taqiqlangan Amerika mikrosxemalarini Ukrainaga muntazam zarba berishda qo‘llash uchun sotib olishda davom etmoqda. Bunda yakuniy oluvchi sifatida boshqa davlatdagi kompaniyani ko‘rsatish kifoya qilmoqda, xususan, O‘zbekiston yangi tranzit nuqtasiga aylandi, deb yozdi The Insider.
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Toshkentda ikki mamlakat san’atkorlari konsertida qatnashdi. Farrux Zokirov va Po‘lat Bulbul o‘g‘liga “xalq artisti” faxriy unvonlari berildi. Foto, video.
O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentabr, dushanba kunidan boshlanadi. Akademik litseylarda esa — 4-sentabrdan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga gaz importi 983,7 mln dollarni tashkil etgan, bu 2023-yil yetti oyiga nisbatan qariyb 5 barobar ko‘p. Yil boshidan buyon “ko‘k yoqilg‘i” eksporti 323 mln dollardan oshdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan biroz kamroq.
O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida sudlar erkaklarni “shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan” soqol qo‘ygani uchun jarimaga tortdi. Bu modda bilan asosan yuzini to‘liq yopadigan kiyim kiygan ayollar javobgarlikka tortiladi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev biznes ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning asosiy omiliga aylanishi kerakligini ta’kidladi. Davlat rahbarlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishda ham ishtirok etdi.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Uning tarkibida Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi ham tashkil etiladi.
“Yalla” ansambli badiiy rahbari Farrux Zokirov Ozarbayjon xalq artisti bo‘ldi. Madaniyat vazirligiga ko‘ra, ozarbayjonlik san’atkor Po‘lat Bulbul o‘g‘li esa “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi. “Buni nafaqat menga, balki xalqimizga ham ko‘rsatilgan hurmat deb bilaman”, — dedi Farrux Zokirov.
Zangiota tumanida ro‘mol o‘ragan va matodan niqob taqib yurgan ayol jamoat joyida yuzini berkitib yurganlik moddasi bilan jarimaga tortildi. U sudda mebel sexida ishlashini va changga allergiyasi borligi uchun niqob taqishini aytdi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari 2025-yilni ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy kooperatsiya yili deb e’lon qilish hamda 20 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha dastur qabul qilishga kelishib oldi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida qator hujjatlar, jumladan, Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish rejasi va boshqalar imzolandi.
Oltita yangi film premyerasi, ochiq havoda kino namoyishlari, Mocfest festivali, ko‘rgazmalar, kattalar va bolalar uchun ijodiy mahorat darslari, Respublika bolalar kutubxonasidagi ma’rifiy dasturlar, teatr tomoshalari va boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Harorat shanbada +34…+37, yakshanba kuni esa +30…+33 daraja atrofida bo‘ladi. Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazildi. Shavkat Mirziyoyev Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi haqida gapirib, bu galgi tashrif tarixiy voqea ekanini ta’kidladi.
Shahrisabz shahrida hokim yordamchisi kompaniyalar rahbarlari bilan birga fuqarolar nomiga 1 mlrd 173,6 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, ularni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Prezident yaqinda tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazgan Nukus shahri “Oq qush” majmuasidagi o‘tov dunyodagi eng katta o‘tov sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Uning diametri 40,5 metrni tashkil qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting