AQShda o‘zbekistonlik talabalar soni 1200 nafardan oshdi
19 noyabr 2024, 17:59

AQShda o‘zbekistonlik talabalar soni 1200 nafardan oshdi

2023−2024 o‘quv yilida AQSh oliygohlarida o‘zbekistonlik talabalar soni qariyb 12 foizga oshib, 1219 nafarga yetdi. Xalqaro ta’lim instituti hisobotida aytilishicha, ularning yarmidan ko‘pi bakalavriat talabalari hisoblanadi.

Narzullo Oblomuradov Agrar universitetiga rektor bo‘ldi
19 noyabr 2024, 17:17

Narzullo Oblomuradov Agrar universitetiga rektor bo‘ldi

Shu vaqtgacha Toshkent davlat agrar universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori bo‘lib ishlagan Narzullo Oblomuradov mazkur oliygohga rektor bo‘ldi.

Toshkentda Lacetti avtobus bilan to‘qnashdi, bir kishi jarohatlandi
19 noyabr 2024, 16:06

Toshkentda Lacetti avtobus bilan to‘qnashdi, bir kishi jarohatlandi

Chilonzor tumanida Lacetti avtomobili 171-sonli avtobus bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida mashinada bo‘lgan yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilgan, avtobusda bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchiga jarohat yetmagan.

Dehlini zaharli smog qopladi, havo ifloslanishi rekord darajaga yetdi
19 noyabr 2024, 15:44

Dehlini zaharli smog qopladi, havo ifloslanishi rekord darajaga yetdi

Hindiston poytaxti Dehlida havoning ifloslanishi yuqori darajaga yetdi, shaharni zaharli smog qopladi. Zararli moddalar konsentratsiyasi JSST tavsiyalaridan 50 baravar oshdi. Megapolisda maktablar va qurilish maydonlari yopildi, yuk mashinalarining kirishi taqiqlandi va aholi ko‘chaga kamroq chiqishga chaqirildi.

Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Nimalar o‘zgaradi?
19 noyabr 2024, 15:30

Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Nimalar o‘zgaradi?

Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunda zo‘ravonlik turlari aniq belgilab berildi. Hujjat jabrlanuvchi bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash hamda maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish choralarini ko‘zda tutadi. Batafsil “Gazeta.uz” sharhida.

O‘zbekiston hukumati iste’foga chiqdi
19 noyabr 2024, 15:25

O‘zbekiston hukumati iste’foga chiqdi

19-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan amaldagi hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi. Amaldagi hukumat yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.

OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi
19 noyabr 2024, 15:05

OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 250 million dollar kredit ajratdi. Mablag‘ transport va energetika kabi tarmoqlarda kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tish, suv resurslari va qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘quvchilar o‘rtasida kibersport, dron, robototexnika va kelajak o‘yinlari bo‘yicha alohida tanlovlar o‘tkaziladi
19 noyabr 2024, 14:50

O‘quvchilar o‘rtasida kibersport, dron, robototexnika va kelajak o‘yinlari bo‘yicha alohida tanlovlar o‘tkaziladi

O‘zbekistondagi ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar o‘rtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak o‘yinlari bo‘yicha alohida tanlovlar hamda harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi. Har bir tuman (shahar)da bitta umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

“Toshkentda o‘quvchilar orasida sintetik narkotik iste’mol qilish ko‘payyapti” — Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari
19 noyabr 2024, 14:20

“Toshkentda o‘quvchilar orasida sintetik narkotik iste’mol qilish ko‘payyapti” — Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari

O‘zbekistonda yoshlarning narkomaniyaga ruju qo‘yishi bo‘yicha eng ko‘p holat Toshkent shahrida qayd etilmoqda. Poytaxtda, shuningdek, o‘quvchilar orasida sintetik narkotiklar iste’moli qilish holatlari ham ko‘payib boryapti. “Buni inkor qilib bo‘lmaydi”, — dedi Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova.

Tanzila Narbayeva Senat raisi etib qayta saylandi
19 noyabr 2024, 13:56

Tanzila Narbayeva Senat raisi etib qayta saylandi

Prezident taklifiga binoan Tanzila Narbayeva uchinchi bor Oliy Majlis Senati raisi etib saylandi. Sodiq Safoyev esa uning birinchi o‘rinbosari, Amanbay Orinbayev o‘rinbosari bo‘ldi.

JCH-2026 saralashi: KXDR — O‘zbekiston uchrashuvi prevyusi
19 noyabr 2024, 13:24

JCH-2026 saralashi: KXDR — O‘zbekiston uchrashuvi prevyusi

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida KXDRga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Terma jamoa 2015-yildan buyon Shimoliy Koreyaga yutqazmagan va bo‘lajak uchrashuvda ham uch ochko olish niyatida. KXDR bosh murabbiyi esa jamoasining O‘zbekistonga qarshi “maxsus strategiyasi” borligini ta’kidladi.

“Xalq bizga ishondimi, mana shu ishonchni oqlaylik”. Prezident — yangi deputatlarga
19 noyabr 2024, 13:09

“Xalq bizga ishondimi, mana shu ishonchni oqlaylik”. Prezident — yangi deputatlarga

O‘zbekiston prezidenti Qonunchilik palatasi deputatlarining yangi tarkibi oldida chiqish qilib, parlamentda muhokama va muxolifat bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu buyuk xalq bizga ishondimi, mana shu ishonchni oqlaylik, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Senatda mansabdor shaxslarning hisobotlari chuqur tahlillar o‘tkazmasdan ko‘rib chiqilyapti — prezident
19 noyabr 2024, 12:05

Senatda mansabdor shaxslarning hisobotlari chuqur tahlillar o‘tkazmasdan ko‘rib chiqilyapti — prezident

Shavkat Mirziyoyev Senatda yuqori martabali mansabdor shaxslarning hisobotlari ko‘p hollarda chuqur tahlillar o‘tkazmasdan ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Senat oldida qanday dolzarb vazifalar turgani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Qoraqalpog‘iston va Buxoroda imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan hokim yordamchilariga jinoyat ishi ochildi
19 noyabr 2024, 11:51

Qoraqalpog‘iston va Buxoroda imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan hokim yordamchilariga jinoyat ishi ochildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida hokim yordamchisi 33 kishiga 1 mlrd 88 mln so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishib, ularni o‘zlashtirgan. Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida ham hokim yordamchisi 26 kishiga chiqarilgan 821 mln so‘m kreditni talon-toroj qildi. Ularga jinoyat ishi ochildi.

TBC Uzbekistan o‘z protsessing markazini ishga tushirishini ma’lum qildi
19 noyabr 2024, 11:30

TBC Uzbekistan o‘z protsessing markazini ishga tushirishini ma’lum qildi

TBC Uzbekistan asosiy infratuzilmaga sarmoya kiritayotgani va o‘z protsessing markazini ishga tushirayotganini ma’lum qildi. Kompaniya ekotizim ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratilgan protsessing markazi yangi mahsulotlarni bozorga chiqarishni tezlashtirishi va o‘zgarishlarga moslashuvchanlikni oshirishini kutmoqda.

Andijondagi Bobur haykali o‘rnida biznes markazi qurilishi reja qilinmoqda. Munosabatlar
19 noyabr 2024, 11:09

Andijondagi Bobur haykali o‘rnida biznes markazi qurilishi reja qilinmoqda. Munosabatlar

Andijondagi Bobur haykali joylashgan maydon o‘rnida biznes markazi qurilishi, haykal eski shahar hududiga ko‘chirilishi reja qilinmoqda. Hokimlik buni ko‘prik qurilishi sababli maydon yopiq ko‘rinishga kelib qolishi bilan izohladi. Loyiha ilmiy kengash vakillari hamda boburshunoslar bilan kelishilgan. Munosabatlar.

Bank kreditlari tavakkalchiligiga qo‘yiladigan talablar o‘zgartirildi
19 noyabr 2024, 10:36

Bank kreditlari tavakkalchiligiga qo‘yiladigan talablar o‘zgartirildi

Markaziy bank qarz oluvchilar va bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritdi.

Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
19 noyabr 2024, 10:29

Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Yashnobod tumanida joylashgan MCHJ mas’ullari elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Buning oqibatida 7 mlrd 528 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Tramp AQShdagi ommaviy deportatsiyalarda harbiylardan foydalanmoqchi
19 noyabr 2024, 08:49

Tramp AQShdagi ommaviy deportatsiyalarda harbiylardan foydalanmoqchi

Donald Tramp AQShda favqulodda holat joriy etish va migratsiyaga qarshi kurashish uchun harbiylardan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. U “deportatsiya qilishda eng yirik operatsiyani o‘tkazish uchun federal va shtat darajasidagi barcha vakolatlardan foydalanmoqchi” ekani aytiladi.

“Hizbulloh” Tel-Avivga raketa uchirdi, Isroil Livan poytaxtiga zarba berdi
19 noyabr 2024, 07:57

“Hizbulloh” Tel-Avivga raketa uchirdi, Isroil Livan poytaxtiga zarba berdi

“Hizbulloh”ning Isroil poytaxti Tel-Avivga yo‘llagan raketa zarbasi oqibatida besh kishi jarohatlandi. Shfaram shahrida uch qavatli turar joy binosiga raketa tushib, 41 yoshli ayol halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi. O‘z navbatida, Isroilning Livan poytaxtiga bergan zarbalari tufayli 5 kishi halok bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting