Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Qibray, Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida sanoat sohasidagi investitsiya loyihalarining borishiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar o‘tkazdi.
Jahon banki iqtisodchisi Eskender Trushin O‘zbekiston iqtisodiyotining qaysi tarmoqlari jahon bozorida raqobatbardosh ekani va qanday yordamga muhtojligini tahlil qildi.
Qozog‘istonda o‘tkazilgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari orqali yagona maktab formasi savdosini tashkil etish taqiqlanganligi haqida eslatib o‘tdi.
Jazirama issiq tufayli ayrim temir yo‘l uchastkalarida tezlikka cheklov joriy etildi.
Mustaqillikning 28 yilligi «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» shiori ostida o‘tkaziladi.
Irina Sayfutdinova Toshkent IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yilgacha avtomobil ishlab chiqarish hajmini 250 mingdan 350 ming donaga, eksport hajmini kamida 100 ming donaga yetkazish vazifasini qo‘ydi.
10 iyuldan Toshkentdagi «Abu-Saxiy», «Bek Topi», «Ippodrom» va «O‘rikzor» bozorlari yaqinida to‘xtash va to‘xtab turish qoidalari buzilishini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto- va videokameralar ish boshlaydi.
«Lukoyl» Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida reabilitatsiya markazlarini o‘z ichiga olgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini quradi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida inson o‘zak hujayralari banki tashkil etiladi. Ulardan saraton va yurak qon-tomir kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
SMS-xabarnoma xizmati narxining 15 iyuldan oshirilishi qimmat uskunalar sotib olingani bilan izohlanmoqda.
Yaqin bir yarim hafta ichida jazirama issiq bo‘lishi kutilmoqda. 10 iyuldan so‘ng harorat yoz o‘rtasi uchun ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 5−7 daraja yuqori harorat qayd etiladi.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida o‘qituvchilarni beton quyishga majburlagan XTB mudiri ishdan bo‘shatildi, boshqa mansabdor shaxslarga chora ko‘rilishi uchun bosh prokurorga xat yuborildi.
Surxondaryoda yangi tug‘ilgan qiz bola chaqalog‘ini mahalladagi hojatxonaga tashlab ketgan 20 yoshli ayol qo‘lga olindi.
G‘ijduvon tumanida «Lacceti» va «Cobalt» avtomashinalarining to‘qnashuvi natijasida uch kishi vafot etdi, uch kishi kasalxonaga yotqizildi.
Italiyaning Neapol shahrida o‘tkazilayotgan yozgi universiada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi medallari to‘rttaga yetdi.
Hukumat qarori bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali tashkil etildi.
Toshkentning Yunusobod tumanida noqonuniy ravishda 5 tup chinor kesildi, yana 11 tup chinor qisman shikastlandi. Umumiy zarar 163,6 mln so‘mga baholanmoqda.
«O‘zeltexsanoat» uyushmasiga avval Artel Engineering and Management kompaniyasida faoliyat ko‘rsatgan Mirziyod Yunusov rahbar bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting