Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini orden va faxriy unvonlar bilan mukofotladi. Ro‘yxat.
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov rossiyalik tadbirkorlarga qarshi sanksiyalarni “ulkan xato” deb atadi. Uning aytishicha, u sanksiyalarga qarshi kurashishda davom etmoqda va sanksiyalarga uchragan oilasini himoya qilmoqda.
Poytaxtda asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlari, oliy, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash idoralarida ishlovchi shaxslar korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan. Jinoyat ishlari tergovi doirasida 93 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Dzyudo bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.
Raqobat qo‘mitasi “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablarini buzgani haqida xabar berdi. Korxonaning 2,8 mlrd so‘mdan ortiq tender savdolari yuzasidan o‘rganish olib borilgan.
24-sentabrdan Toshkentdan Moskvaga temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Qatnov 77 soatni tashkil qiladi, chiptalar reys sanasidan qancha ko‘p kun oldin xarid qilinsa, chegirma qo‘llanadi.
O‘zA axborot agentligi sun’iy intellektga asoslangan virtual suxandon Sobira Xoldarovani taqdim etdi. U yangiliklarni to‘qqizta tilda yetkazadi. Uni yaratish uchun jurnalist Dildora Abduxalilovaning prototipidan foydalanilgan.
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Pokrovsk shahrini — boshqa yirik shaharlarga yo‘l ochadigan muhim strategik maqsadni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi, deb yozadi Economist. Rasmiylar mahalliy aholini evakuatsiya qilishni boshladi.
Ostonada Qozog‘istondagi birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha so‘nggi ommaviy eshituvlar bo‘lib o‘tdi. Avvalroq prezident Qosim-Jomart Toqayev AES bo‘yicha referendum kuzda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov So‘g‘diyona va Jaloyir ko‘chalari kesishmasida 1,2 km uzunlikdagi gastronomik ko‘cha loyihasini taqdim etdi. Ustuvorlik piyodalarga beriladi, avtobuslar bo‘ladi, qulay mikroiqlim yaratiladi. “Ushbu ko‘cha misolida boshqa ko‘chalar ham tartibga keltiriladi”, — dedi u.
Raqobat qo‘mitasining maxsus komissiyasi korzinka supermarketlar tarmog‘iga talablarini bajarish uchun muhlat berdi. “Korzinka” allaqachon ommaviy oferta va “Eng arzon narx” dasturining aloqa materiallariga o‘zgartirishlar kiritdi, shuningdek, jarima to‘ladi.
O‘rta Chirchiqda fuqaro obodonlashtirish uchun ajratilgan 2 ga yerni 560 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlandi. Boshqa holatda Farg‘onada tuman hokimligining yeri 410 ming dollarga sotilishining oldi olindi. DXX jami 5 ta holatda noqonuniy yer savdosini to‘xtatib qoldi.
Statagentlik iyul uchun energoresurslar ishlab chiqarish ma’lumotlarini e’lon qildi. Gaz qazib olish 3,79 mlrd kub metrni tashkil etdi. Ko‘mir qazib olish yana rekord o‘rnatdi, dizel ishlab chiqarish ko‘paydi. Yirik korxonalarda elektr ishlab chiqarish 17 foizga, neft — 7 foizga, benzin — 13,7 foizga kamaydi.
Toshkentning qator tumanlarida 5-sentabr-3-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi. Ro‘yxat.
Andijon viloyati Baliqchi tumanida hokim o‘rinbosari va tuman uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi qamoqqa olindi. Ular tuman hokimligi zaxirasidagi yerni xaridor nomiga rasmiylashtirib berishga kelishgan.
Aleksandr Lukashenko MDHning ba’zi davlatlari Rossiyadan faqat foyda olishga intilayotgani haqida gapirgandi. U misol sifatida KXSHTning Qozog‘istondagi yanvar voqealaridagi harakatini eslatdi. Bayonotdan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga taklif etildi va Ostona pozitsiyasini xolisona baholash so‘raldi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Uni aeroportda bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Hindistonning Avee Broilers genetik kompaniyasi Jizzax va Samarqand viloyatlarida parrandachilik korxonasi barpo etishni rejalashtirmoqda. Ushbu korxona ishga tushirilgach, O‘zbekiston go‘sht importidan voz kechib, uni eksport qila boshlashi kutilmoqda.
Qonunchilik palatasi 1993-yilda qabul qilingan amaldagi “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonun o‘rniga “Davlat siri to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Hujjatda maxfiylashtirilmaydigan ma’lumotlar ro‘yxati kengaytirilmoqda.
Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona postida Sankt-Peterburgdan uchib kelgan shaxs pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgani aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting