1 iyuldan taksi avtomobillarini bo‘yash o‘rniga maxsus yopishtiriladigan materiallardan foydalanishga ruxsat beriladi. Xuddi shu sanadan taksilar «To‘xtash taqiqlanadi» belgisi amal qiluvchi hududda to‘xtashi mumkin.
Samarqand viloyati sayyohlik salohiyatini oshirish va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi.
Davlat tibbiyot tashkilotlari hamda aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Moskvadagi yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana bir o‘zbekistonlik jarohatlandi.
«Buyuk bolakaylar», «Tursunboy» va «Qo‘chqorvoy» hamda «Anora» eng yaxshi bolalar qahramonlari sifatida tanlab olindi.
Yanvar oyida Qashqadaryo viloyatida chet el sarmoyasi ishtirokidagi 6 ta yangi korxona tashkil etilishi natijasida hududda bu toifadagi tadbirkorlik sub’ektlari soni 90 taga yetgan.
O‘zbekiston bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari Rashid Rahmatov Namangan prokurori etib tayinlandi. Ulug‘bek Toshev faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan ozod qilindi.
Buxorodagi «Jo‘ybori Kalon» o‘rta maxsus islom bilim yurti kirish qismi, darvozaxonasi va peshtoqi XVII asr holatiga qaytarildi.
O‘zbekistonga noqonuniy ravishda 968 million so‘mdan ziyod bo‘lgan tovar moddiy boyliklarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatildi.
Sho‘rlangan tuproq tarkibidagi tuzni 70 foizgacha yuvish xususiyatiga ega bo‘lgan biosolvent preparati yaratildi.
Samarqandda ikki fuqaro qo‘lbola usulda yasalgan 255 dona aroqni 2.272.500 so‘mga sotgan vaqtda ushlandi.
Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev XMTning 144-Konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Prezident imzolagan qonun bilan yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi belgilandi.
Toshkentning «Lokomotiv» klubi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvda BAAning «Al-Vahda» klubi ustidan g‘alaba qozondi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Rossiya harbiy havo kemalarining ikki davlat havo hududidan foydalanishi to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Doxada Qatardagi «Tolibon» harakati siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Axund bilan uchrashdi.
Hafta boshida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor, ammo 8-mart kuni quruq va iliq ob-havo hukmron bo‘ladi.
Poytaxt hokimiyati huzuridagi jamoatchilik kengashi Toshkentdagi himoyaga muhtoj 100 obyekt ro‘yxatini tuzdi.
Humo Arena muz saroyi ochilishi 15-mart kuni prezident, parlament va hukumat a’zolari hamda taniqli sportchilar ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting