«Ijtimoiy fikr» markazi internet orqali ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan blits-so‘rovlar o‘tkazadi.
«Yashil kitob» kartinasi eng yaxshi film nominatsiyasida «Oskar"ni qo‘lga kiritdi, Oliviya Kolman eng yaxshi aktrisa, Rami Malek eng yaxshi aktyor sifatida tan olindi.
Anhor bo‘yidagi 78-uyning eng kamida uchta xonadonida odamlar yashashda davom etmoqda. Hokimiyat bayonotiga qaramasdan buzish ishlari davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati hokimligida Xitoyning «Zhongye Wanda» va Tayvanning «Kai Shing Trading Co Ltd» kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Saudiya Arabistoni ilk bor AQSHdagi elchi lavozimiga ayol kishini — malika Rim bint Bandarni tayinladi.
«Farg‘ona» chegara bojxona postida sifati kafolatlanmagan biologik faol qo‘shimchalar, qovun va tarvuz urug‘i hamda shokolad mahsulotlari to‘xtatildi.
Osiyo olimpiya kengashi prezidenti As-Sabah Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasini muhokama qilish uchun Toshkentga tashrif buyurdi.
Adliya vazirining buyrug‘i bilan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zbekistonning «biznes yuritish» yillik reytingidagi o‘rnini ko‘tarish Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlarida sotilayotgan sun’iy tuxumlar borasida ogohlantirdi.
Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi hamda byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov meksikalik Edgar Puertoni nokautga uchratdi.
Toshkent hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarixiy yoki arxitekturaviy qiymatga ega bo‘lish ehtimoli bor binolarni buzishga moratoriy joriy etilishini taklif qildi.
Davlat test markazi rahbariyati OTMlarga talabalarni qabul qilish jarayonidagi o‘zgarishlar yuzasidan izoh berdi.
«Eri» tomonidan o‘zga mamlakatga jinsiy qullikka sotib yuborilgan ayol hikoyasi. Jamoat tashkilotlari yordami bilan u vatanga qaytarildi.
XTV Toshkentda maktablarni buzish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan maktablar ro‘yxati samarali ta’lim muassasalari reytingidan olingan.
Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi xususiy uyda sodir bo‘lgan yong‘inda besh kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari yosh bolalar.
Innovatsiya vazirligi amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirishni boshladi.
Shayxontohur tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikkita sher bolasini sotayotgan fuqarolarning ishi fosh etildi.
Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting