O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Bankrotlik tartib-taomilini qayta ko‘rib chiqish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirishni nazarda tutuvchi prezident qarorining loyihasi tayyorlandi.
Hukumat qarori bilan Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.N.ning xonadonida 14 million so‘mlik, 3 turdagi tovar noqonuniy saqlayotganligi aniqlandi.
Samarqandda faoliyat yuritayotgan «Azia metall prof» MCHJda metall quvurlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 3 million 300 ming dollar investitsiya kiritildi.
Prezident qarori bilan Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashiga O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri raislik qiladi.
Prezident farmoniga ko‘ra, endilikda aholi muammolari uyma-uy yurib aniqlanadi.
Hindistonning Gandinagar shahrida «Jo‘shqin Gujarat» sammiti doirasida xalqaro savdo ko‘rgazmasi ochildi.
O‘zbekistonda mavjud 10 mingga yaqin maktablarning eng yaxshilari reytingi aniqlanadi.
Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Toshkentning Uchtepa tumanida to‘rtta kvartira balkoni qulab tushdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Buxoro shahridagi 4-son nemis tili faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga Iogann Kristof Fridrix fon Shiller nomi berildi.
Surxondaryoda 396 nafar jismoniy shaxsning 2 mlrd. 66 mln. so‘mlik soliq qarzdorligi hisobdan chiqarildi.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan ov quroli patronlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi.
Metrotelecom yil o‘rtasiga qadar poytaxt metropolitenining barcha stansiyalarini Wi-Fi bilan qamrab olishni rejalashtirmoqda. Boshlanishiga foydalanuvchilar faqat mediaportalga kira oladi.
Milliy gvardiyaning Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
BAAda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti «Jo‘shqin Gujarat» sammitida ishtirok etish uchun Hindistonga yetib keldi.
Iqtisodiy sudlar yil davomida da’vogarlar foydasiga 12,6 trln so‘m undirish haqida sud qarorlari qabul qildi. Ularning 1 trln so‘mi — kichik biznes foydasiga.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting