Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, ma’lum turdagi ob’ektlarni qayta ixtisoslashtirish mumkinligi belgilandi.
2019 yilning 24 mart kuni I Toshkent xalqaro marafoni tashkil etiladi.
«Raqamli ishonch» jamg‘armasi «O‘zbekgidroenergo» ustav kapitalidagi davlat ulushiga ega bo‘ldi.
Prezident qarori bilan «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasi tashkil etildi va 2022 yil 1 yanvargacha mol-mulk va foyda solig‘idan ozod etildi.
Marg‘ilonda ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmasdan, unga tan jarohati yetkazgan shaxs ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Chet el OTM diplomlarini tan olish va nostrifikatsiya qilishning yangi tartiblari joriy etiladi.
Toshkentning Yunusobod tumanida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining to‘rtinchi bosqich talabasi osilgan holatda topildi.
San’at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, bastakor Anor Nazarov 68 yoshida vafot etdi.
Prezident «Andijon-farm» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva Oqdaryoda ayol kishiga zo‘ravonlik qilganlar bosh prokuror nazoratida qaytadan tergov qilinayotganini bildirdi.
«Lokomotiv» klubi safida faoliyat yuritgan Sardor Rashidov keyingi faoliyatini Portugaliyaning «Nasonal» klubi safida davom ettiradi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari tasdiqlandi.
Andijonda Sharda universitetining filialini tashkil etish uchun 100 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritiladigan bo‘ldi.
Samarqand shahridagi 51-sonli nemis tiliga ixtisoslashtirilgan maktabga nemis faylasufi Vilgelm fon Humboldt nomi berilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Osiyo Kubogi doirasida o‘tkaziladigan Yaponiya hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs oldidan Ektor Kuper matbuot anjumanida qatnashdi.
Prezident farmoniga asosan Dilshod Rahimov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
DSQ tomonidan 2019 yilgi soliq siyosatidagi yangiliklarni soliq to‘lovchilariga yetkazish maqsadida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Xo‘jaobod tumanida yashagan D.S. mast holda yonib turgan shamning ustiga yiqilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan va uy egasi vafot etgan.
«Alp Jamol» banki kuzatuv kengashining sobiq raisi Muhiddin Asomiddinov ishi bo‘yicha tergov tiklandi. U O‘zbekistonga qaytib keldi va yetkazilgan zararni qopladi.
Endilikda noqonuniy valyuta savdosi ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting