Tojikistonda bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi
30 noyabr 2023, 09:42

Tojikistonda bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi

Tojikistonda mamlakat Jinoyat kodeksiga voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi o‘zgartirishlar kiritdi.

Karomidin Gadoyev O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi bo‘ldi
30 noyabr 2023, 09:37

Karomidin Gadoyev O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi bo‘ldi

Karomidin Gadoyev O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi bo‘ldi. U shu paytga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shavkat Mirziyoyev iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyada qatnashish uchun Dubayga boradi
30 noyabr 2023, 09:19

Shavkat Mirziyoyev iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyada qatnashish uchun Dubayga boradi

Shavkat Mirziyoyev 30-noyabr — 2-dekabr kunlari BMTning Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubayda bo‘ladi. Davlat rahbari yalpi sessiyada nutq so‘zlashi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

Dekabr oyida qanday ob-havo kuzatiladi?
29 noyabr 2023, 19:29

Dekabr oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda dekabr oyi qish uchun xos bo‘lmagan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oy oxirigacha harorat kechasi −6…+8 daraja, kunduzi +2…+18 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.

Toshkentda chiqindi xizmati narxi 1,5 barobarga qimmatlashadi
29 noyabr 2023, 17:54

Toshkentda chiqindi xizmati narxi 1,5 barobarga qimmatlashadi

Toshkent shahridagi aholi va tashkilotlar uchun chiqindi to‘plash va olib chiqib ketish xizmati narxi 1,5−1,6 baravarga — uyda yashovchi har bir kishi uchun oyiga 4500 so‘mdan 7500 so‘mga, budjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 53 986 so‘mdan 89 966 so‘mgacha oshadi.

Toshkent markazidagi ikkita oliygoh Sergeli tumaniga ko‘chirilishi mumkin
29 noyabr 2023, 17:35

Toshkent markazidagi ikkita oliygoh Sergeli tumaniga ko‘chirilishi mumkin

Rasmiylar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutini Sergeli tumaniga ko‘chirish hamda ularni birlashtirish loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Kelgusida boshqa oliygohlarni ham sig‘imi va ilmiy salohiyatidan kelib chiqib, bosqichma-bosqich kattalashtirish (birlashtirish) rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
29 noyabr 2023, 17:02

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Yetakchilar keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojlanib, kengayib borayotganini qayd etdi.

O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib yashil vodoroddan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradi — “O‘zkimyosanoat”
29 noyabr 2023, 16:54

O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib yashil vodoroddan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradi — “O‘zkimyosanoat”

“O‘zkimyosanoat”ning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib yashil vodoroddan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu bilan o‘g‘it ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni qisqartirish va har yili qariyb 33 mln metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish maqsad qilingan.

Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘ndi
29 noyabr 2023, 15:58

Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘ndi

Qanot Sharq aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Qozog‘iston Aqto‘be aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Holatga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘ldi. Samolyot yaqin vaqt ichida yana uchib ketishi kutilmoqda.

O‘zbekiston BMTning Isroilni Golan tepaliklarini ozod qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
29 noyabr 2023, 15:44

O‘zbekiston BMTning Isroilni Golan tepaliklarini ozod qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi

BMT Bosh Assambleyasi Isroilni Suriyadagi Golan tepaliklarini tark etishga chaqiruvchi rezolyutsiyani yana qabul qildi. Hujjatni 91 davlat, jumladan, O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatladi.

Toshkent−Sariosiyo yo‘nalishida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi
29 noyabr 2023, 14:18

Toshkent−Sariosiyo yo‘nalishida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi

10-dekabrdan Toshkent−Sariosiyo yo‘nalishida yangi yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Shu paytgacha bo‘lgan Toshkent−Termiz−Sariosiyo yo‘nalishida ham poyezdlar qatnovi davom etadi.

Deputatlar huquq-tartibot xodimlari tasvirlarini “obro‘sizlantirish maqsadida” e’lon qilganlik uchun jazolash ko‘zda tutilgan qonunni qabul qildi
29 noyabr 2023, 13:15

Deputatlar huquq-tartibot xodimlari tasvirlarini “obro‘sizlantirish maqsadida” e’lon qilganlik uchun jazolash ko‘zda tutilgan qonunni qabul qildi

Qonunchilik palatasi yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun qabul qildi. Hujjatda, shuningdek, O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlarini “obro‘sizlantirish maqsadida” surat va videolarini internetga joylaganlik uchun jazolash to‘g‘risidagi band ham o‘rin olgan.

O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar yo‘naltiriladi
29 noyabr 2023, 11:41

O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar yo‘naltiriladi

2023-yilda 2 GVt, 2024-yilda esa yana 4 GVt quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Prezident ular uchun kabel, generator, invertor, transformatorlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi va elektrotexnika tarmog‘iga 100 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi.

Toshkentda yo‘lovchi avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, 3 kishi jarohatlandi
29 noyabr 2023, 11:25

Toshkentda yo‘lovchi avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, 3 kishi jarohatlandi

Chorshanba tongida Yangihayot tumanida 132-sonli avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Dastabki ma’lumotga ko‘ra, YTH oqibatida 3 nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan. Avtobus va yuk avtomobili texnik shikastlangan.

O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ini qanday rivojlantirish rejalashtirilmoqda?
29 noyabr 2023, 11:16

O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ini qanday rivojlantirish rejalashtirilmoqda?

Prezident eng ko‘p iste’mol qilinadigan 50 ta dorini O‘zbekistonda ishlab chiqarish orqali farmatsevtika sohasida mahalliylashtirish ulushini 35 foizga yetkazish topshirig‘ini berdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozordagi ulushini 40 foizga oshirish, shuningdek, original dorilar yaratishni boshlash rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda AES qurish yuzasidan shartnoma bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda — “Rosatom” bosh direktori
29 noyabr 2023, 11:08

O‘zbekistonda AES qurish yuzasidan shartnoma bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda — “Rosatom” bosh direktori

Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish yuzasidan shartnoma bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda ekanini ta’kidladi. “Shartnoma yuzasidan ishlar ancha qizg‘in davom etmoqda, umuman olganda, biz shartnoma imzolashdan yiroqda emasmiz”, — dedi u.

“Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasida dunyoda mashhur bo‘lgan 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinadi
29 noyabr 2023, 10:37

“Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasida dunyoda mashhur bo‘lgan 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinadi

O‘zbekistonda “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirilib, uning doirasida jahonda mashhur 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinadi. Ekspertlar kengashi har yili kitoblarning dastlabki ro‘yxatini shakllantiradi, aholi bu ro‘yxatdan ovoz berish yo‘li orqali yakuniy ro‘yxatni shakllantirib beradi.

Samarqandda 50 sotix yerni $97 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
29 noyabr 2023, 10:24

Samarqandda 50 sotix yerni $97 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Urgut tumanida fuqaro 50 sotix yerni 97 ming dollarga noqonuniy sotishda gumonlanib ushlandi. Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali xodimi esa ushbu yer uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 500 dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.

Toshkentda avtobus avtomobilga nisbatan 135 barobar samaraliroq — Transport vazirligi
29 noyabr 2023, 10:22

Toshkentda avtobus avtomobilga nisbatan 135 barobar samaraliroq — Transport vazirligi

Transport vazirligi poytaxtda avtobusning yengil transportga nisbatan samaradorligi 135 barobarni tashkil etayotganini ma’lum qildi. Tahlillarga ko‘ra bitta yengil avtotransport vositasida bir kunda o‘rtacha 4,3 nafar, bitta avtobusda esa o‘rtacha 580 nafar yo‘lovchi tashilmoqda.

Uchtepa, Yakkasaroy, Bektemir tumanlaridagi ba’zi hududlarda gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi
29 noyabr 2023, 10:02

Uchtepa, Yakkasaroy, Bektemir tumanlaridagi ba’zi hududlarda gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi

Poytaxtning Uchtepa, Yakkasaroy, Bektemir tumanlaridagi arim hududlarda gaz ta’minoti 29 va 30-noyabr kunlari 6−8 soatga to‘xtatiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting