Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasi sobiq xodimi va tuman prokurori o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan ushlangandi. Ular sud hukmi bilan 6 yil 1 oy va 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Baliqchi tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Nexia 2 avtomobilining 61 yoshli haydovchisi vafot etdi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov AQShda Migel Parra ustidan g‘alaba qozondi. Yettinchi raundda G‘iyosov jigarga aniq zarba berdi, biroq hakam buni kamardan pastroqqa berilgan zarba deb hisobladi va undan ochko olib qo‘ydi.
O‘zbekistonda yengil avtomobillar uchun metanning 1-avgustgacha belgilangan 3750 so‘m miqdoridagi chakana narx cheklovi to‘xtatildi. Endi yonilg‘i quyish shoxobchalari narxni o‘zlari belgilaydi, u o‘rtacha 200−500 so‘mga ko‘tarildi. Propan narxi keskin oshib, ikki oy ichida 44 foizga yuqoriladi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida Nexia mashinasining mast haydovchi velosipedda 4 va 7 yoshli qizlari bilan ketayotgan yo‘lovchini urib yubordi. Oqibatda ota va kichik qiz voqea joyida halok bo‘ldi, haydovchi qamoqqa olindi.
Tashabbusli budjetda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi. Ovoz berishdan avval 7 kunlik targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi. Ovoz berish bosqichi 20 kundan 10 kunga qisqartirildi.
Toshkentda YPX inspektorini avtomashinasi kapotida sudragan haydovchi 15 sutkaga qamaldi. U xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirib, bir necha qoidabuzarliklar sodir etgan.
Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining 6-kunida akademik eshkak eshuvchi Anna Prakaten yarim finalda qatnashadi. Dzyudochilar Muzaffarbek To‘raboyev va Irisxon Qurbonboyeva o‘z yurishini boshlaydi. Bokschilardan Lazizbek Mullojonov va Ruslan Abdullayev chorak, Sabina Boboqulova va Navbahor Hamidova 1/16 finalda bellashadi.
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ldi va qaytayotib, Toshkentga qisqa muddatga to‘xtab o‘tdi. U bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov uchrashdi.
Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan Royal anor sharbati tarkibidagi E122 azorubin bo‘yog‘i me’yordan oshib ketgan, deb xabar qildi Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasi. Ushbu bo‘yoq bolalarning faolligi va diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Yaponiyada guruch zaxiralari hosil kamayishiga olib kelgan turizm bumi va jazirama tufayli so‘nggi o‘nyilliklardagi eng past darajaga tushdi. Tanqislik sharoitida ekin narxi 30 yillik maksimumga yetdi.
Janubiy Koreya razvedkasi KXDR yetakchisi qizi Kim Ju Eyni vorislikka tayyorlashni boshlagan, deb hisoblamoqda. Yosh bo‘lishiga qaramay (taxminan 11 yoshda), u barcha muhim tadbirlarda, jumladan, raketa sinovlarida otasiga hamroh bo‘lmoqda.
Bokschilar Abdumalik Xalokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Parij Olimpiadasidagi debyutini g‘alaba bilan boshlab, chorak finalga yo‘l oldi. 31-iyul kungi bahslarda qatnashgan kamonchilar va dzyudochilar musobaqani medallarsiz yakunladi.
Rossiyada YouTube videohosting xizmatining sekinlashishi ushbu xizmatning O‘zbekistondagi faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, deb xabar qildi Raqamli texnologiyalar vazirligi.
O‘zbekistondagi do‘konlarda sotilayotgan beshta savdo belgisining gugurt mahsulotlari sifat standarti talablariga nomuvofiq ekani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasining yozishicha, ularning qutilariga me’yordan kam gugurt cho‘pi solinadi. Ularga nisbatan chora ko‘riladi.
Parij Olimpiadasining 1/8 finaliga yetib kelgan bokschi Hasanboy Do‘smatov 3-avgustda qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi ringga chiqadi. 31 yoshli Do‘smatov raqibi bilan tanish ekani, u bilan ringda ko‘p to‘qnash kelganini aytdi. Kim kuchli, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, o‘sha yutadi, dedi sportchi.
Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova so‘nggi 5 yil ichida ilk bor mag‘lub bo‘lgan raqibi Uta Abening o‘rnida o‘zi ham yig‘lagan bo‘lishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dzyudochilar Olimpiadaga chiqish va g‘alaba qozonish uchun katta kuch sarflaydi, ertalabdan kechgacha mashq qiladi, shaxsiy hayotini unutadi.
Chust tumanidagi istiroxat bog‘ida attroksion texnik nosozlik sabab daraxt shoxiga urildi. Oqibatda 3 kishi yengil jaroxat oldi, 1 kishining oyog‘i sindi.
Yangi Samsung qurilmalari Parijdagi Galaxy Unpacked ko‘rgazmasida taqdim etildi va endilikda jahon bo‘ylab sotuvga chiqdi.
BI Group developerlik kompaniyasi uy-joyni onlayn sotib olish imkoniyatini taqdim etadi. Mijozlar, shuningdek, real vaqt rejimida qurilishning borishini kuzatishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting