Toshkent hokimligi “Buvijonlar maktabi” va “Uch avlod” tadbirlarini o‘tkazishga salkam 12 mlrd so‘m ajratdi
24 noyabr 2023, 17:36

Toshkent hokimligi “Buvijonlar maktabi” va “Uch avlod” tadbirlarini o‘tkazishga salkam 12 mlrd so‘m ajratdi

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi va poytaxt xalq deputatlari kengashi tomonidan “Nuroniy” jamg‘armasiga har oyda “Otalar choyxonasi”, “Uch avlod uchrashuvi” va “Buvijonlar maktabi” tadbirlarini o‘tkazish uchun jami 11,5 mlrd so‘m ajratildi.

Surxondaryo viloyatida yana zilzila yuz berdi
24 noyabr 2023, 17:00

Surxondaryo viloyatida yana zilzila yuz berdi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,8 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. E’tiborlisi, ayni shu hududda kechadan beri ketma-ket zilzilalar kuzatilmoqda va bu safargisi beshinchisi hisoblanadi.

“Hatto bolalar ovqatlarining ham muddati o‘tgan”. Erkinjon Turdimov — do‘konlardagi muddati o‘tgan mahsulotlar haqida
24 noyabr 2023, 16:41

“Hatto bolalar ovqatlarining ham muddati o‘tgan”. Erkinjon Turdimov — do‘konlardagi muddati o‘tgan mahsulotlar haqida

Samarqand viloyati hokimi do‘konlarida yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar sotilayotgani yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Ishchi guruh tomonidan 4 kun davomida 41 ta savdo shoxobchasi tekshirilib, 1736 dona yaroqsiz tovar aniqlangan.

YIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili 29−30-noyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi
24 noyabr 2023, 15:22

YIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili 29−30-noyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan 29−30-noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu uning so‘nggi yetti oy ichida Toshkentga qilgan ikkinchi tashrifi sanaladi.

Shaxmatchi Afruza Hamdamova O‘zbekiston tarixida qizlar orasidagi ilk jahon chempioni bo‘ldi
24 noyabr 2023, 15:11

Shaxmatchi Afruza Hamdamova O‘zbekiston tarixida qizlar orasidagi ilk jahon chempioni bo‘ldi

Shaxmatchi Afruza Hamdamova Italiyada o‘tgan U-14 JCHda muddatidan avval g‘alaba qozonib, O‘zbekiston tarixida qizlar orasidagi ilk jahon chempioni bo‘ldi. E’tiborli jihati, u Shengen vizasini rasmiylashtirish kechikkani uchun birinchi raundni o‘tkazib yubordi, ammo texnik mag‘lubiyatga qaramay, 9 ta g‘alabaga erishdi.

Toshkent metrosida 2 ta bekatning ish tartibi vaqtincha qisqaradi
24 noyabr 2023, 15:00

Toshkent metrosida 2 ta bekatning ish tartibi vaqtincha qisqaradi

25-noyabrdan Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi “Texnopark” va “Yashnobod” bekatlarining ish vaqti vaqtincha soat 06:00 dan 22:00 gacha qisqartiriladi. “Tuzel"-"Quruvchilar” bekatlari oralig‘ida esa poyezdlar harakati ma’lum soatlarda bir tomonlama tashkil etiladi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Bokuda muzokara o‘tkazdi
24 noyabr 2023, 14:32

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Bokuda muzokara o‘tkazdi

BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi birinchi sammitida qatnashish uchun Bokuga borgan Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara olib bordi. 2024-yilni mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni jadal rivojlantirish yili deb e’lon qilish taklif etildi.

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 35,7 mlrd so‘m zarar yetdi
24 noyabr 2023, 14:25

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 35,7 mlrd so‘m zarar yetdi

Toshkentdagi Chirchiq daryosining muhofaza mintaqasida 57,8 ming kub metr qum-shag‘al noqonuniy qazilgani aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zarar 34,7 mlrd so‘mni tashkil etdi, biroq ekspertizadan so‘ng bu miqdor oshishi mumkin.

Toshkentdagi 4 ta tumanning ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
24 noyabr 2023, 12:40

Toshkentdagi 4 ta tumanning ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Toshkentning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi ayrim hududlarida 24-noyabr kuni issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Ta’minot 24-noyabr yarim tungacha tiklanishi aytilgan.

Ukraina O‘zbekistonning ikki kompaniyasi va ikki fuqarosiga qarshi sanksiyalar qo‘lladi
24 noyabr 2023, 12:16

Ukraina O‘zbekistonning ikki kompaniyasi va ikki fuqarosiga qarshi sanksiyalar qo‘lladi

Ukraina O‘zbekistonning “Ohangaronsement” zavodi va uning egasi Akkermann Cement CA kompaniyasini, shuningdek, Alisher Usmonovning jiyani Nasiba Narziyeva va uning turmush o‘rtog‘i Shohrux Nosirxo‘jayevlarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.

Toshkentda avtobusda 9 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor 5 sutkaga qamaldi
24 noyabr 2023, 11:58

Toshkentda avtobusda 9 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda 115-sonli avtobusning 32 yoshli konduktori 9 yoshli qizga shilqimlik qildi. U qizning qo‘lidan ushlab, bir o‘pishni so‘ragan. Sud erkakka nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Jasur Po‘latov Toshkent xalqaro aeroporti direktori v.b. etib tayinlandi
24 noyabr 2023, 11:49

Jasur Po‘latov Toshkent xalqaro aeroporti direktori v.b. etib tayinlandi

Toshkent xalqaro aeroportiga Jasur Po‘latov direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bunga qadar Buxoro aeroporti direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi bo‘lib ishlagan.

Dam olish kunlari havo isiydi
24 noyabr 2023, 11:37

Dam olish kunlari havo isiydi

O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, shanba kuni +17…+20, yakshanba kuni +20…+23 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda shamol kuchayishi mumkin.

“Yashil makon” mablag‘larining kamida yarmi jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarga yo‘naltiriladi
24 noyabr 2023, 11:15

“Yashil makon” mablag‘larining kamida yarmi jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarga yo‘naltiriladi

Budjetdan “Yashil makon” loyihasiga ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “Ochiq budjet” portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bunda “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish rejalashtirilgan.

Energetika vaziri — yangi binolarning elektr tarmoqlariga bo‘ladigan yuklamasi haqida
24 noyabr 2023, 11:08

Energetika vaziri — yangi binolarning elektr tarmoqlariga bo‘ladigan yuklamasi haqida

Qonunchilik palatasida energetika vaziri deputatning Toshkentda ko‘p qavatli uylar qurilishining oshishi energetika tarmog‘iga qanday ta’sir qilayotgani haqidagi savoliga javob berdi. Uning aytishicha, hozirda yangi texnik shartlar joriy qilingan, avvalgidek yagona darcha orqali ruxsatnoma olish taqiqlangan.

Oltiariqdagi adirlikda barpo qilingan tokzordan yer olgan aholi nimadan shikoyat qilmoqda?
24 noyabr 2023, 11:01

Oltiariqdagi adirlikda barpo qilingan tokzordan yer olgan aholi nimadan shikoyat qilmoqda?

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida qariyb 1000 gektar maydonda tokzor barpo etilgan. Undan yer uchastkalarini olgan ayrim aholi suv muammosi va ko‘chatlar qurib ketayotganidan shikoyat qildi. Mas’ullar muammolarda fermerlarning o‘zlarini ayblamoqda.

Bag‘dod tumanida kollej direktorini kaltaklagan hokim o‘rinbosariga hayfsan berildi
24 noyabr 2023, 10:48

Bag‘dod tumanida kollej direktorini kaltaklagan hokim o‘rinbosariga hayfsan berildi

Farg‘onaning Bag‘dod tumanida pedagogika kolleji direktorini 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagani uchun kaltaklagan hokim o‘rinbosariga hayfsan berildi. Avvalroq Oliy ta’lim vazirligi holatni qoralagandi. Prokuratura surishtiruv ishlarini boshlagan.

JSST Xitoydan bolalarda pnevmoniya avj olayotgani bo‘yicha ma’lumot so‘radi
24 noyabr 2023, 09:54

JSST Xitoydan bolalarda pnevmoniya avj olayotgani bo‘yicha ma’lumot so‘radi

JSST Xitoy rasmiylaridan nafas olish yo‘llari kasalliklari va bolalarda pnevmoniya avj olayotgani haqida ma’lumot so‘radi. Xitoydagi vaziyat kovidga qarshi cheklovlar olib tashlanishi bilan izohlanmoqda.

Jizzaxda yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigining bir qismini shikastladi
24 noyabr 2023, 09:52

Jizzaxda yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigining bir qismini shikastladi

Zomin tumani va Jizzax shahri o‘rtasida Howo yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigi ostidan o‘tayotganda uning bir qismini shikastladi. Ta’mirlash ishlari yakunlangunicha ko‘prik bir muddatga yopildi. Hozirda poyezdlar ushbu yo‘nalishda harakatini davom ettirmoqda.

Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida harakatlanish qisman cheklandi
24 noyabr 2023, 09:29

Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida harakatlanish qisman cheklandi

Ta’mirlash ishlari sabab poytaxtdagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati qisman cheklandi. Bunda yo‘lning bir tarafi yopilib, ikkinchi qismida ikki tomonlama harakat yo‘lga qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting